Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi


Toros nima? Siljib yuruvchi muzlar C)


Download 0.74 Mb.
bet3/4
Sana30.09.2020
Hajmi0.74 Mb.
#131883
1   2   3   4
Bog'liq
6-синф мавзулашган тест


Toros nima?

  1. Siljib yuruvchi muzlar C) Muz tog`lar

  2. Qalashib ketgan muzlar D) Ko`p yillik muzlar

  1. Qadimiy yunon olimi Pifey Shimoliy Muz okeaniga qanday nom bergan?

  1. Qayrilgan dengiz C) Shimoly Muz okeani

  2. Shimoldagi shamollar xudosi D) Olisdagi suvlik

  1. Qaysi okean maydonining yarmini dengizlar egallaydi?

  1. Tinch okeani C) Hind okeani

  2. Shimoliy Muz okeani D) Atlantika okeani

  1. Norvegiya sohillarida qaysi foydali qazilma mavjud?

  1. Sochma holda Titan C) Temir rudasi

  2. Sochma holda Oltin D) Olmos

  1. Qayrilgan dengiz”, “Shimoldagi shamollar xudosi” deb qaysi okeanni atashgan?

A) Hind B) Atlantika C) Shimoliy muz D) Tinch

17. Bundan 60 million yil avval paydo bo’la boshlagan ocean qaysi?

A) Tinch okean B) Hind okean C) Atlantika okeani D) Shimoliy muz okeani

18. Yunon olimi Piffey qaysi okeanga ”Qayrilgan dengiz” deb nom bergan?

A) Shimoliy muz okeani B) Hind okean C) Atlantika okeani D) Tinch okean

1D, 2C, 3C, 4C, 5A, 6B, 7B, 8A, 9C, 10B, 11A, 12B, 13A, 14B, 15A, 16C, 17D, 18A
Afrika. Geografik o’rni va o’rganish tarixi mavzusiga doir

TESTLAR

  1. 4 ta yarim sharda joylashgan yagona materik?

  1. Afrika B) Yevrosiyo C) Amerika D) Sharqiy

  1. Afrika qirg’oqlarining uzunligi qancha?

  1. 13000 km B) 17500 km C) 30500 km D) 17000 km

  1. Qayer dastlab Liviya deb atalgan?

  1. O’rta dengiz B) Nubiya cho’li C) Sahroi Kabir D) Afrika

  1. Afrika tabiatini, aholisini, urf odatlarini, xo’jaligini o’rganishda qaysi mashhur sayyohning alohida o’rni bor.

  1. Vasko da Gama C) Bartolemey Diash

  2. Devid Livingston D) Ibn Battuta

  1. Qachon va kim tomonidan Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o’rgandi?

  1. Bartolemey Diash 1487 yil C) Livingston 1498 yil

  2. Stenli 1497 yil D) Vasko da Gama 1488 yil

  1. Afrikadagi Kalaxari cho’li Zambezi va Kongo daryolarini o’rgangan tadqiqotchini aniqlang.

  1. Stenli C) Devid Livingston

  2. Bartolemey Diash D) Vasko da Gama

  1. Kim Afrikani janubidan aylanib o’tib Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochgan?

  1. Vasko da Gama C) Bartolemey Diash

  2. Livingston D) Stenli

  1. Afrika ekvatorga nisbatan qanday joylashgan?

  1. Meridional C) Simmetrik

  2. Parallel D) Submeridional

  1. Afrikaning g’arbiy chekka nuqtasini belgilang.

  1. Ras – Xafun B) Almadi C) Ben – Sekka D) Igna

  1. Afrika maydoni qancha?

  1. 30 300 000 km2 C) 32 000 000 km2

  2. 30 000 000 km2 D) 30 100 000 km2

  1. 6000 dan ortiq madaniy o’simliklardan namuna olib, Habashiston qimmatli qattiq bug’doy navining vatani ekanini kim aniqlagan?

  1. Kovalevskiy B) Yeliseyev C) Yunker D) Vavilov

  1. Zanzibar orollarini, Viktoriya ko’lini va Nil daryosining boshlanish irmog’i Kagera ekanligini kim aniqlagan?

  1. Vasko da Gama C) Bartolemey Diash

  2. M. Stenli D) D.Lingviston

  1. Shimoliy va Janubiy chekka nuqtalari ekvatordan teng masofada joylashgan materik.

  1. Janubiy Amerika B) Afrika C) Avstraliya D) Shimoliy Amerika

  1. Niger daryosining yuqori oqimidan o’rta oqimigacha o’rgangan sayohatchi kim?

  1. Vasko da Gama C) Bartolemey Diash

  2. Devid Livingston D) Ibn Battuta

  1. Afrikaga qora kunlarni-qullar savdosini kimlar keltirdi?

  1. Gollandlar B) Inglizlar C) Ispanlar D) Portugallar

  1. Afrikaning sharqiy chekka nuqtasini belgilang.

  1. Ras – Xafun B) Almadi C) Ben – Sekka D) Igna

  1. Afrikaning janubiy chekka nuqtasini belgilang.

  1. Ras – Xafun B) Almadi C) Ben – Sekka D) Igna

  1. Afrikaning shimoliy chekka nuqtasini belgilang.

  1. Ras – Xafun B) Almadi C) Ben – Sekka D) Igna

  1. Afrikadagi eng katta orol?

A) Zanzibar B) Kabo-Verde C) Madakaskar D) Komor

  1. Afrikaning eng baland nuqtasi qayerda joylashgan?

A) Sharqiy Afrika yassi tog’ligida C) Atlas tog’ida

B) Drakon tog’ida D) Habashiston tog’ida
1A, 2C, 3D, 4D, 5A, 6C, 7A, 8C, 9B, 10A, 11D, 12B, 13B, 14D, 15A, 16A, 17D, 18C, 19C, 20A
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi mavzusiga doir

TESTLAR


  1. Afrika qadimgi qaysi quruqlikning bir bo’lagi?

  1. Lavraziya B) Gondvana C) Pangeya D) Pantalassa

  1. Qaysi hududlar kelajakda Afrikadan ajralib ketadi?

  1. Afrika Yer yorig’idan shimoldagi

  2. Afrika Yer yorig’idan janubdagi

  3. Afrika Yer yorig’idan g’arbdagi

  4. Afrika Yer yorig’idan sharqdagi

  1. Mashhur Mis mintaqasi Afrikaning qaysi davlatlari chegara zonasida joylashgan?

  1. Zambiya Kongo B) Misr Efiopiya C) Kongo Angola D) Niger Kongo

  1. Sharqiy Afrika Yer yorig’i qancha masofaga cho’zilgan?

  1. 3500 km B) 6500 km C) 6000 km D) 3000 km

  1. Afrika olmos qazib chiqarish bo’yicha dunyoda nechanchi o’rinda turadi?

  1. 2 B) 3 C) 1 D) 4

  1. Qaysi materik relyef tuzilishiga ko’ra 2 qismga ajratiladi?

  1. Afrika B) Shimoliy Amerika C) Yevrosiyo D) Avstraliya

  1. Past Afrika uchun xos bo’lgan joylar.

  1. Sharqiy va Janubiy Afrika C) G’arbiy va Janubiy Afrika

  2. Shimoliy va G’arbiy Afrika D) Shimoliy va Sharqiy Afrika

  1. Atlas tog’ining eng baland cho’qqisi yozilgan qatorni belgilang.

  1. 5895 m B) 5199 m C) 4165 m D) 4620 m

  1. Afrikaning eng baland nuqtasi.

  1. Keniya 5199 m C) Ras Dashan 4620 m

  2. Kilimanjaro 5895 m D) Tubkal tog’i 4156 m

  1. Afrikaning eng past nuqtasini belgilang.

  1. Assal ko’li B) Kattara botig’i C) Kongo botig’I D) Afar botig’i

  1. Afrika qachon Arabiston yarim oroli bilan birga yahlit platform hosil qilgan?

  1. 65 mln yil avval C) 200 mln yil avval

  2. 180 mln yil avval D) 165 mln yil avval

  1. Baland Afrika uchun xos bo’lgan joylar.

  1. Sharqiy va Janubiy Afrika C) G’arbiy va Janubiy Afrika

  2. Shimoliy va G’arbiy Afrika D) Shimoliy va Sharqiy Afrika

  1. Baland Afrikada joylashgan tog’ni belgilang.

  1. Darfur B) Atlas C) Efiopiya tog’ligi D) Tibesti

14. Afrika qaysi foydali qazilmalarni qazib chiqarishda dunyo 1 o’rinda?

A) Olmos B) Oltin C) Mis D) Neft

15. Afrikaning eng baland nuqtasi qayerda joylashgan?

A) Atlas tog`larida C) Efiopiya tog`larida

B) Sharqiy Afrika yassi tog`ligi D) Kof tog`ligida

16. Afrika platformasi qaysi burmalanish bosqichida shakllangan?

A) Rifey B) Kaledon C) Gersin D) Kimmeriy

17. Gersin bosqichida Afrikaning qaysi qismi ko`tarilgan?

A) Atlas tog`lari C) Drakon tog`lari

B) Gvineya tog`lari D) Sharqiy Afrika

18. Shimoliy Afrikada asosiy relyef shakllari nimalardan iborat?

A) Denudatsion tekisliklar va platolar C) Allyvial tekisliklar

B) Yassi tog`lar D) Tog`lar
1B, 2D, 3A, 4B, 5C, 6A, 7B, 8C, 9B, 10A,11B, 12A, 13C, 14A, 15B, 16A, 17A, 18A

Iqlimi: tarkib topishi va xususiyatlari mavzusiga doir

TESTLAR


  1. Afrika iqlimining tarkib topishida geografik o’rni, havo bosimi, relyefi va yana qanday omil ta’sir ko’rsatadi?

  1. Ouyosh radiatsiyasi C) Ekvatorga yaqinligi

  2. Okean oqimlari D) 2 ta yarim sharda joylashganligi

  1. Afrikada yiliga 1 sm2 yuzaga qancha radiatsiya tushadi?

  1. 180 – 200 kkal B) 170 – 200 kkal C) 160 – 200 kkal D) 150 – 200 kkal

  1. Afrikada ekvatorial hududlarda past bosimli mintaqalar, tropik kengliklarda yuqori bosimli mintaqalarning tarkib topishiga sabab nima?

  1. Shamollarga C) Okean oqimlariga

  2. Quyoshning balandligiga D) Geografik o’rniga

  1. Afrika materigiga yog’in keltirmaydigan shamollar yozilgan qatorni belgilang.

  1. Shimoli-sharqiy passatlar C) G’arbiy shamollar

  2. Janubi-sharqiy passatlar D) Janubiy passat

  1. Afrika materigining eng ko’p yog’in yog’adigan hududini belgilang.

  1. Kongo havzasi C) Drakon tog’ining janubi

  2. Gvineya qo’ltig’i D) Sharqiy Afrika yassi tog’ligi

  1. Qaysi orolning sharqiy qismlarida 3000 – 5000 mm li yog’in yog’adi?

  1. Madagaskar B) Komor C) Zanzibar D) Kanar

  1. Sharqiy Afrika yassi tog’ligi g’arbiy yonbag’ri va Madagaskar orolining sharqiy qismlarida yog’inning ko’p yog’ishida asosiy omilni belgilang.

  1. Okean oqimlari B) Havo massalari C) Relyef D) Shamollar

  1. Okean bo’yida Namib cho’lining hosil bo’lishiga sabab nima?

  1. Subekvatorial mintaqada joylashgan

  2. Qirg’oq bo’yida joylashgan

  3. Shamollarning qirg’oq bo’ylab harakat qilishi

  4. Sovuq okean oqimi

  1. Afrika nima sababdan eng issiq materik?

  1. Katta qismi yoritish mintaqasida joylashgan

  2. Ekvatorga yaqin joylashgan

  3. Tropiklar oralig’ida joylashgan

  4. Quyosh ufqdan balandda

  1. Materikka sovuq havo olib keladigan oqimlarni belgilang.

  1. Somali - Kaliforniya C) Peru – Kanar

  2. Kanar – Bengela D) G’arbiy shamollar – Bengela

  1. Afrika materigiga yog’in keltiradigan shamollar yozilgan qatorni belgilang.

  1. Shimoli-sharqiy passatlar C) G’arbiy shamollar

  2. Janubi-sharqiy passatlar D) Janubiy passat

  1. Gvineya qo’ltic’i sohillariga qancha yog’in tushadi?

  1. 10000 mm B) 12000 mm C) 24000 mm D) 8000 mm




  1. Qish oylarida subtropik kengliklarga qaysi havo massalari yog’in olib keladi?

  1. Ekvatorial B) Tropik C) Mo’tadil D) Subtropik

  1. Afrikaning juda katta qismida qaysi havo massalari hukmron?

A) Ekvatorial B) Tropik C) Mo`tadil D) Antarktida

  1. Afrikada qaysi iqlim mintaqasi takrorlanmaydi?

A) Subtropik B) Tropik C) Ekvatorial D) Subekvatorial

  1. Afrikaning qaysi qismida yog`in ko`p yog`adi?

A) Atlas tog`larining shimoliy qismida C) Kongo havzasi

B) Kamerun tog`i D) Gvineya balandligi

17. Nima uchun okean bo`yida Namib cho`li hosil bo`lgan?

A) Tropik mintaqasida joylashgan

B) Sovuq okean oqmi tasir qiladi

C) Shamollar qirg`oq bo`ylab harakat qiladi

D) Mustakam harorat tabaqalanishi

18. Drakon tog`larining qaysi qismida yong`inlar ko`p yogadi?

A) Shimoliy qismida C) G`arbiy qismida

B) Sharqiy qismida D) Janubiy qismida

19. Nima uchun Afar botig`i Afrikada eng issiq joy hisoblanadi?

A) Tropik mintaqasida joylashgan

B) Cho`l mintaqasida joylashgan

C) Nisbiy namlik juda yuqori

D) Hamma tamondan tog`lar bilan o`raglan va past
1B, 2C, 3B, 4A, 5B, 6A, 7C, 8D, 9A, 10B, 11B, 12A, 13C, 14B, 15C, 16C, 17B, 18B, 19D


Iqlimi mintaqalari mavzusiga doir

TESTLAR


  1. Afrikaning chegaralari ekvatordan shimol va janub tomonlarga 15-200 kengliklarga cho’zilib borgan mintaqasini toping.

  1. Subtropik B) Ekvatorial C) Subekvatorial D) Tropik

  1. Afrikaning qaysi iqlim mintaqasi uchun bitta fasl – yoz fasli xos?

  1. Ekvatorial B) Subekvatorial C) Tropik D) Subtropik

  1. Afrikaning qaysi iqlim mintaqasida 2 fasl, sernam yoz, quruq qish aniq ifodalangan?

  1. Subtropik B) Subekvatorial C) Tropik D) Ekvatorial

  1. Afrikaning qaysi iqlim mintaqasida 10 000 mm yog’in yog’adi?

  1. Subtropik B) Subekvatorial C) Tropik D) Ekvatorial

  1. Subekvatorial mintaqa qaysi iqlim mintaqasidan yog’in kamligi fasllar bo’yicha notekis taqsimlanishi bilan farq qiladi?

  1. Tropik B) Ekvatorial C) Subtropik D) Mo’tadil

  1. Bu yerning iqlimi materikda emas, balki butun dunyoda eng issiq va quruq hisoblanadi. Bu ta’rif qaysi iqlim mintaqasi uchun xos?

  1. Ekvatorial B) Subtropik C) Subekvatorial D) Tropik

  1. Janubiy tropik mintaqada nima uchun Sahroi Kabirga nisbatan yog’in ko’proq yog’adi?

  1. Shimoli-sharqiy passatlar

  2. G’arbiy shamollar va Antarktidaning yaqinligi

  3. Janubi-sharqiy passatlar

  4. Janubiy passat oqimi

  1. Afrikaning chetki janubiy va shimoliy hududlari qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?

  1. Subtropik B) Subekvatorial C) Tpopik D) Ekvatorial

  1. Yozda dengiz tropik, qishda mo’tadil dengiz havosi hukmronligi natijasida O’rta dengiz iqlimi tipi shakllangan. Ushbu ta’rif qaysi iqlim mintaqasiga xos?

  1. Tropik B) Ekvatorial C) Subtropik D) Subekvatorial

  1. Quruq o’zan, bu nima?

  1. Vodiy B) Voha C) Krik D) Dovon

  1. O’rtacha yillik harorat va yog’in bir tekis taqsimlangan mintaqani aniqlang.

  1. Subekvatorial B) Tropik C) Ekvatorial D) Subtropik

  1. Yoz oylarida shimoliy tropikda esuvchi shamolni belgilang.

  1. Samum B) Garmsel C) Tayfun D) Musson

  1. Nima uchun Afrikaning janubidagi cho`llar shimolidagiga nisbatan uncha issiq emas?

A) Yog`in miqdori ko`proq

B) O`simlik qoplami ko`proq

C) Materik tor va okean ta’siri kuchli

D) G’arbiy shamollar va Antarktidaning yaqinligi
1C, 2A, 3B, 4D, 5B, 6D, 7B, 8A, 9C, 10A, 11C, 12A, 13D

Ichki suvlari mavzusiga doir

TESTLAR

  1. Kongo daryosiga xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang.

  1. Yillik suv sarfi deyarli o’zgarmaydi

  2. Lukuga irmog’i Tanganika ko'lidan boshlanadi

  3. Livingston sharsharalar guruhi mavjud

  4. Gvineya qo’ltig’ida yirik delta hosil qiladi

  1. Nil daryosini uning Kageri irmog’i bilan nima bog’lab turadi?

  1. Rudolf ko’li C) Viktoriya ko’li

  2. Viktoriya sharsharasi D) Nyasa sharsharasi

  1. Afrikadagi eng uzun daryo?

  1. Nil B) Kongo C) Zambezi D) Niger

  1. Nil daryosi qaysi havzaga qaraydi?

  1. Hind okeani B)Atlantika okeani C) Berk havza D) Viktoriya ko’li

  1. Vatandoshimiz Al-Farg’oniy birinchi bo’lib qaysi daryo misolida suv sarfini o’lchaydigan qurilma bunyod etgan?

  1. Nil B) Oranj C) Kongo D) Niger

  1. Qaysi daryo ekvatorni 2 marta kesib o’tadi?

  1. Niger B) Nil C) Kongo D) Oranj

  1. Sersuvligi va havzasining maydoniga ko’ra dunyoda 2-o’rinda turuvchi daryo?

  1. Kongo B) Niger C) Zambezi D) Oranj

  1. Viktoriya sharsharasi qaysi daryoda joylashgan?

  1. Zambezi B) Limpopo C) Niger D) Oranj

  1. Afrikaning Hind okeani havzasiga qaraydigan daryolari qaysilar?

  1. Rifiji Niger B) Limpopo Oranj C) Zambezi Limpopo D) Jubba kongo

  1. Afrika yer yorig’ida joylashgan ko’lni belgilang.

  1. Tanganika B)Viktoriya C) Rudol’f D) Chad

  1. Afrikadagi oqmas ko’lni belgilang.

  1. Nyasa B)Tanganika C) Rudol’f D) Viktoriya

  1. Afrikaning drakon tog’laridan boshlanib Atlantika okeaniga quyiladigan daryosi?

  1. Niger B) Oranj C) Kongo D) Limpopo

  1. Afrikadagi eng sersuv daryo qaysi?

  1. Nil B) Kongo C) Zombezi D) Limpopo

  1. Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini kim bergan?

  1. B.Diash B) D.Livingston C) J.Kuk D) Vasko da Gama

  1. Afrikadagi qaysi ko’l o’z o’zanini o’zgartirib turadi?

  1. Nyasa B) Viktoriya C) Tanganika D) Chad

  1. Livingston sharsharalar guruhi qaysi daryoda joylashgan?

A) Zambezi daryosida C) Nil daryosida

B) Kongo daryosida D) Niger daryosida

17. Afrikadagi oqmas ko’llar guruhini toping.

A) Vektoriya, Tangonika C) Chad, Rudolf, Rukva

B) Niyasa,Tangonika D) Chad,Vektoriya

18. 2660 km li Afrikaning daryosini belgilang.

A) Zambezi B) Niger C) Oranj D) Tana

19. Afrikaning qaysi daryosi o’z yo’nalishini bir necha marotaba o’zgartiradi?

A) Zambezi B) Niger C) Oranj D) Kongo

20. Quyidagi daryolardan qaysi biri delta hosil qilmaydi?

A) Nil B) Niger C) Kongo D) Zambezi

21. Afrikaning 4320 km li daryosini belgilang.

A) Kongo B) Zambezi C) Nil D) Niger

22. Afrikadagi qaysi ko`l eng chuqur?

A) Nyasa B) Tanganika C) Viktoriya D) Rudolf

23. Qaysi daryo ekvatorni ikki marta kesib o`tadi?

A) Niger B) Nil C) Zambezi D) Kongo

24. Viktoriya sharsharasi qaysi daryoda joylashgan?

A) Kongo B) Senegal C) Zambezi D) Limpopo

25. Qaysi ko’l dunyodagi chuqur ko`llar ichida eng uzuni hisoblanadi?

A) Chad B) Tana C) Tanganika D) Kivu

26. Kagera daryosi qaysi ko’lga quyiladi?

A) Tanganika B) Viktoriya C) Nyasa D) Chad

27. Afrika materigidagi qaysi ko’l sho’r hisoblanadi?

A) Rukva B) Chad C) Viktoriya D) Nyasa

1D, 2C, 3A, 4B, 5A, 6C, 7A, 8A, 9C, 10A, 11C, 12B, 13B, 14B, 15D, 16B, 17C, 18A, 19B, 20C, 21A, 22B, 23D, 24C, 25C, 26B, 27A
Tabiat zonalari. Ekvatorial o’rmonlar va savannalar tabiati mavzusiga doir TESTLAR

  1. Afrika ekvatorial o’rmonlar zonasining o’rta yarusida qanday o’simliklar o’sadi?

  1. Seyba B) Palma daraxtlari C) Moyli palmalar D) Paporotnik

  1. Afrikaning qaysi zonasida yog’in asosan yozda yog’adi?

  1. Tog’oldi zonasida C) Savannalarda

  2. Chalacho’l zonasida D) Tropik cho’llarda

  1. Afrika savannalarida ko’p uchraydigan daraxtlarni belgilang.

  1. Akatsiya, qum palmasi C) Qum palmasi, seyba

  2. Seyba, akatsiya D) Eman, akatsiya

  1. Afrikada qaysi hayvonning 40 turi mavjud?

  1. Antilopalar B) Mushuksimonlar C) Fillar D) Kemiruvchilar

  1. Afrikaning qaysi tabiat zonasida mintaqasida daraxtlarning 1000 turi o’simliklarning 25000 turi mavjud.

  1. Ekvatorial o’rmonlar C) Mavsumiy nam o’rmonlar

  2. Savannalar zonasi D) Subtropiklar zonasi

  1. Savannalar Afrika maydonining qancha qismini egallaydi?

  1. 35% B) 40% C) 50% D) 20%

  1. Qaysi qatorda ekvatorial o’rmonlarning asosiy xususiyati to’g’ri ifodalangan?

  1. Hayvonlar daraxtda yashaydi C) Ko’p yarusli

  2. Hayvonlar turi va soni ko’p D) Doimiy sernam

  1. Afrikada qaysi tabiat zonasi 2 marta takrorlanmaydi?

  1. Fasliy nam o’rmonlar

  2. Savannalar va siyrak o’rmonlar

  3. Chala cho’l va cho’llar

  4. Doimiy sernam ekvatorial o’rmonlar zonasi

  1. Nafaqat Afrikada balki dunyoning yirik hayvonlari to’plangan Afrika tabiat zonasini belgilang.

  1. Ekvatorial o’rmonlar C) Savannalar

  2. Fasliy nam o’rmonlar D) Chala cho’l va cho’llar




  1. Baobab daraxti qaysi tabiat zonasida o’sadi?

  1. Savannalarda C) Qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar

  2. Chala cho’l va cho’llar D) Fasliy nam o’rmonlar

  1. Afrika aholisi va hayvonlariga katta zarar yetqazadigan hasharotni belgilang.

A) Termiy B) Nektarxo’r C) Setse D) Magabu

12. Ekvatorial o’rmonlarda diametri 1 m, gulining og’irligi 8 kg keladigan

parazit o’simlikni belgilang.

A) Rafleziya B) Palma C) Seyba D) Liana

13. Afrikada qaysi tabiat zonasi gileya yoki yomg’irli o’rmonlar deb atashadi?

A) Fasliy nam o’rmonlar C) Qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar

B) Savannalar D) Ekvatorial o’rmonlar.

14. Afrika ekvatorial o’rmonlar zonasining yuqori yarusida qanday o’simliklar o’sadi?

  1. Seyba B) Rafiya palmasi C) Moyli palmalar D) Paporotnik



1C, 2C, 3A, 4A, 5A, 6B, 7C, 8D, 9C, 10A, 11C, 12A, 13D, 14A
Tropik cho’llar va subtropiklar tabiati mavzusiga doir

TESTLAR

  1. Dunyodagi cho’llarning eng yirigi qaysi?

  1. Sahroi Kabir B) Kalaxari C) Atakama D) Taklamakon

  1. Sahroi Kabir cho’lida qancha yog’in yog’adi?

  1. 200 mm B) 100 mm C) 180 mm D) 150 mm

  1. Gamada – bu nima?

  1. Vodiylar B) Platolar C) Toshloq sahrolar D) Qumli cho’llar

  1. Qaysi tabiat zonasida haroratning sutkalik amplitudasi tog’ jinslarining kuchli parchalanishiga sabab bo’lgan?

  1. Savanna va siyrak o’rmonlar C) Ekvatorial o’rmonlar

  2. Chala cho’l va cho’llar D) Qattiq bargli o’rmonlar

  1. Vohalarning asosiy o’simligi bu nima?

  1. Tarvuz B) Aloe C) Xurmo D) Akatsiya

  1. Noyob velvichiya o’simligi qaysi cho’lda o’sadi?

  1. Namib B) Somali C) Kalaxari D) Sahroi Kabir

  1. Samum shamoli Afrikaning qaysi cho’lida esadi?

  1. Somali B) Namib C) Kalaxari D) Sahroi Kabir

  1. Tropik cho’llar tabiati uchun xos bo’lmagan xususiyatni belgilang.

  1. Havo bosimi yuqori B) Yog’in kam C) Havo massalari quruq

D) Tuproq va o’simlik qoplami yaxshi rivojlangan

  1. Tropik cho’llar materikning qancha qismini egallaydi?

  1. 40% B) 30% C) 50% D) 20%

  1. Tropik cho’llardagi qoldiq tog’ni belgilang.

  1. Efiopiya tog’ligi B) Atlas tog’lari C) Tibesti tog’ligi D) Keniya tog’i

  1. Sahroyi Kabir Afrika yer maydonining necha foizini ishg’ol qiladi?

A) 25 % B) 30 % C) 20 % D) 35 %

12.Afrikaning shimoli-g’arbiy va janubi-g’arbiy qismlarida qaysi tabiat zonasi joylashgan?

A) Subtropiklar B) Subekvatorial C) Tropik D) Ekvatorial

13. Qaysi tabiat zonasida haroratning sutkalik amplitudasi kuchli fizik nurashga sabab bo`ladi?

A) Savanna va siyrak o`rmonlar C) Chala cho`l va cho`lar

B) Gileya o`rmonlari D) Dag`al bargli o`rmonlar

1A, 2B, 3C, 4B, 5C, 6A, 7D, 8D, 9B, 10C, 11B, 12A, 13C


Tabiiy-geografik o’lkalari. Aholisi mavzusiga doir

TESTLAR

  1. Gvineya qo’ltig’i sohillari, Kongo havzasi joylashgan hududlar Afrikaning qaysi o’lkasiga tegishli?

  1. Shimoliy Afrika B)Markaziy Afrika C) Janubiy Afrika D) Sharqiy Afrika

  1. Yer osti suvlari yaqin bo’lgan joylarga nimalar tarkib topgan?

  1. Vodiy B) Voha C) Buloq D) Daryo

  1. Arabchada qoralar o’lkasi degan ta’rif qayerga nisbatan aytilgan?

  1. Sahroi Kabir B) Liviya cho’li C) Savannali sudan D) Efiopiya

  1. Afrikaning qaysi tabiiy geografik o’lkasida yog’ olinadigan daraxtlar o’sadi?

  1. Markaziy Afrika C) Janubiy Afrika

  2. Shimoliy Afrika D) Sharqiy Afrika

  1. Sharqiy Afrika o’lkasida joylashgan tog’larni belgilang.

  1. Kap tog’lari B) Atlas tog’lari C) Axaggar tog’i D) Efiopiya tog’ligi

  1. Afrikaning qaysi tabiiy geografik o’lkasini kichik Afrika deb atashadi?

  1. Janubiy Afrikani C) Markaziy Afrikani

  2. Sharqiy Afrikani D) Shimoliy Afrikani

  1. Afrika tabiatini muhofaza qilish maqsadida nechta milliy bog’ qo’riqxonalar bor?

  1. 390 ta B) 392 ta C) 300 ta D) 391 ta

  1. Afrikaning qaysi davlati hududini 10% milliy bog’lar egallaydi?

  1. Kongo B) Keniya C) Niger D) Sudan

  1. Arablar materikning qaysi qismida yashaydi?

  1. Shimoliy qismida B) Sharqida C) G’arbida D) Sahroi Kabirda

  1. Sahroi Kabirdagi eng qadimgi voha bu ….

  1. Kongo vodiysi B)O’rta dengiz bo’yi C)Nil vodiysi D)Niger vodiysi

  1. Mitti pigmey qabilasi qaysi o’lkada yashaydi?

  1. Sharqiy Afrika B)Markaziy Afrika C)Janubiy Afrika D)Shimoliy Afrika

  1. Afrikaning aholisi qancha?

A) 900 mln. k B) 967 mln k C) 980 mln k D) 950 mln k

13. Afrika tabiiy sharoitiga ko’ra nechta tabiiy geografik o’lkaga ajratiladi?

A) 4 ta B) 6 TA C) 5 ta D) 8 ta

14. Shimoliy Afrika o’lkasiga xos bo’lgan hududni belgilang.

A) Kongo havzasi C) Efiopiya tog’ligi

B) Gvineya qo’ltig’I D) Sahroi Kabir

15. Qizil daraxt Afrikaning qaysi tabiat zonasida o’sadi?

A) Sharqiy Afrika B) Markaziy Afrika C)Janubiy Afrika D)Shimoliy Afrika


1B, 2B, 3C, 4A, 5D, 6A, 7B, 8B, 9A, 10C, 11B, 12B, 13A, 14D, 15B


Avstraliyaning geografik o’rni o’rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi mavzusiga doir

TESTLAR

  1. Avstraliya so’zining ma’nosi nima?

  1. Janubiy B) Shimoliy C) G’arbiy D) Sharqiy

  1. Materikka nima uchun materik – orol nisbati berilgan?

  1. Maydoni kichik

  2. Odamlar yashaydigan materikdan uzoqda

  3. Janubiy yarimsharda joylashgan

  4. Yagona davlat Avstraliya ittifoqi bor

  1. Avstraliyani 1 – bo’lib kim kashf etdi?

  1. L. Torres B) A. Tasman C) J. Kuk D) V. Yanszon

  1. Avstraliya qaysi qadimgi materikning bir qismi?

  1. Lavraziya B) Gandvana C) Pangeo D) Pantalassa

  1. Materikdagi katta suvayirg’ich tizmasi qaysi tog’ burmalanishida ko’tarilgan?

  1. Kimmeriy C) Gersin tog’ burmalanish

  2. Alp burmalanish D) Mezozoy

  1. Avstraliya qaysi foydali qazilmalarning zaxirasi bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinda turadi?

  1. Temir, rangli metal, uran C) Toshko’mir, neft, gaz

  2. Mis, qalay, rux D) Osh tuzi, fosforit, nikel

  1. Qaysi materik rel’yef tuzilishiga ko’ra 3 qismga ajratiladi?

  1. Yevrosiyo B) Afrika C) Shimoliy Amerika D) Avstraliya

  1. Avstraliyaning eng baland nuqtasini ayting.

  1. Makdonelli B) Xamersli C) Kossyushko D) Jaya tog’i

  1. Materikning sharqiy chekka nuqtasini toping.

  1. York b B) Bayron b C) Janubi – Sharqiy b D) Stip – Poynt b

  1. Materik maydoni to’g’ri yozilgan qatorni belgilang.

  1. 8 959 000 km2 B) 8 000 000 km2 C) 9 000 000 km2 D)8 900 000 km2

  1. Avstraliyaning g`arbiy nuqtasini aniqlang?

A) York B) Bayron C) Janubiy – Sharqiy D) Stip-Poynt

  1. Avstraliyaning eng past nuqtasini aniqlang?

A) Karpentariya tekisligi C) Nullarbor tekisligi

B) Simpson cho`li D) Eyr ko`li

  1. Nima uchun Avstraliyada rudali foydali qazilmalar ko`p tarqalgan?

A) Qadimgi platformaning katta qismi yer yuzasiga yaqin joylashgan

B) Burmali tog`lar bor

C) Yassi tog`lar bor

D) Platformaning plitasi kichik maydoni egallaydi

14. Materikdagi berk havzalar maydoni qancha?

A) 40% B) 45% C) 60% D) 70%

15. Materik shimoliy qismi issiq yoritish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo’tadil yoritish mintaqasiga to’g’ri kelishining sababi nima?

A) O’rtasidan janubiy tropik chizig’i o’tgan

B) Ekvator kesib o’tgan

C) G’arbdan sharqqa tomon cho’zilgan

D) Janubiy yarim sharda joylashgan

16. Materikni shimol, janub va g’arb tomondan qaysi okean o’rab turadi?

A) Tinch B) Hind C) Atlantika D) Janubiy

17. Avstraliya materigi qachon kashf etildi?

A) 1606 yil B) 1660 yil C) 1512 yil D) 1592 yil

18. Avstraliya mustaqil materik sifatida qachon shakllandi?

A) Mezozoy erasining boshida C) Mezozoy erasining oxirida

B) Poleozoy erasining boshida D) Mezozoy erasida

19. Platformaning tekislik va daryo havzalarida qanday jinslar tarqalgan?

A) Cho’kindi jinslar C) Metamorfik jinslar

B) Magmatik jinslar D) Bazaltli

20. Avstraliya qaysi foydali qazilmalarni qazib chiqarishda dunyoga mashhur?

A) Mis, qo’rg’oshin, kumush C) Toshko’mir, gaz, qo’rg’oshin

B) Rux, oltin, kumush D) Rux, qo’rg’oshin kumush

21. Qaysi materik relyef tuzilishiga ko’ra uch qismga ajratiladi?

A) Shimoliy Amerika B) Antarktida C) Avstraliya D) Afrika

22. Avstraliyaning birinchi relyef shaklini aniqlang.

A) G’arbiy Avstraliya yassi tog’ligi C) Janubiy Avstraliya

B) Markaziy pasttekislik D) Shimoliy tekislik

23. G’arbiy Avstraliya yassi tog’ligidagi qoldiq tog’ni belgilang.

A) Darfur B) Yetimtog’ C) Makdonnell D) Kossyushko

24. Avstraliyaning ikkinchi relyef shaklini aniqlang.

A) Markaziy tekislik C) Shimoliy tekislik

B) Janubiy Avstraliya D) Shimoliy Avstraliya

25. Avstraliyaning uchinchi relyef shaklini aniqlang.

A) Markaziy tekislik C) Katta Suvayirg’ich tizmasi

B) G’arbiy Avstraliya D) Shimoliy Avstraliya

26. Yevropaliklardan birinchi bo’lib Avstraliya quruqligiga qadam qo’ygan sayyohni belgilang.

A) A.L.Torres B) B.V.Yanszon C) C.A.Tasman D) D.J.Kuk

1A, 2A, 3D, 4B, 5C, 6A, 7D, 8C, 9B, 10A, 11D, 12D, 13A, 14C, 15A, 16B, 17A, 18C, 19A, 20D, 21C, 22A, 23C, 24A, 25C, 26B

Iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari mavzusiga doir

TESTLAR

  1. Avstraliya materigida nechta iqlim mintaqasi tarkib topgan?

  1. 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 2 ta

  1. Materikning 200 j. k. gacha bo’lgan hududlari qaysi iqlim mintaqasida joylashgan?

  1. Subekvatorial B) Tropik C) Subtropik D) Mo’tadil

  1. Avstraliya materigida qaysi iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi?

  1. Mo’tadil B) Subtropik C) Tropik D) Subekvatorial

  1. Subtropik iqlim mintaqasining qaysi iqlim tipida yog’in miqdori 2000 – 300 mm?

  1. Nam subtropik iqlim tipi C) Kontinental iqlim tipi

  2. O’rta dengiz subtropik iqlim tipi D) Nam tropic iqlim tipi

  1. Avstraliyada daryolarning quruq o’zanlari nima deb ataladi?

  1. Skreblar B) Vodiylar C) Kriklar D) Vohalar

  1. Avstraliyaning qancha maydoni berk havzaga qaraydi?

  1. 33% B) 60% C) 7% D) 44%

  1. Avstraliyaning qaysi qismi mo`tadil mintaqada joylashgan?

A) Markaziy havza B) Nullarbor tekisligi

C) Karpentariya tekisligi D) Tasmaniya oroli

  1. Mangra o`rmonlari Avstraliyaning qaysi qismida o`sadi?

A) Markaziy B) Sharqiy C) Shimoliy D) Garbiy tekisliklar

  1. Avstraliyada keng tarqalgan daraxtning nomi nima?

A) Baobab B) Palma C) Evkalipt D) Xurmo

  1. Krik” nimani bildiradi?

A) Toshqin daryo B) Quruq o`zan C) Vodiy D) Vohalar

  1. Avstraliyaning maydoniga ko’ra qiyoslansa qaysi tabiat zonasi birinchi o’rinda turadi?

  1. O’rmon zonasi B) Chala cho’l B) Dasht zonasi D) Cho’l zonasi

  1. Avstraliyada skreblar deb qanday joylar ataladi?

  1. Toshloq yerlar C) O’tib bo’lmas changalzorlar

  2. Daryolarning quruq o’zani D) O’rmonsiz yerlar

  1. Tropik o’rmonlarda yashaydigan hayvonlarni belgilang.

  1. Vombat, Yexidna, Dingo iti C) Emu tuyaqushi, Mali

  2. Koalo, Lirodum D) O’rdakburun, Zaxarli ilonlar

  1. Avstraliyaning eng yirik daryosi va ko’li yozilgan qatorni belgilang.

  1. Missuri, Eyr, Nort C) Murrey, Eyr, Nort

  2. Murg’ob, Eri D) Niger, Chad

  1. Subekvatorial iqlim mintaqasida yozda qaysi havo massalari ko’p yog’in keltiradi?

  1. Ekvatoriak havo massalari C) Kontinental havo massalari

  2. Tropik havo massalari D) G’arbiy shamollar

  1. Tinch okean sohilida qaysi iqlim tipi shakllangan?

  1. Quruq tropik iqlim C) Subtropik iqlim tipi

  2. Nam tropik iqlim D) Nam subtropik iqlim tipi

  1. Materikning janubiy qismi va Tasmaniya oroli shimoliy sohillarida qaysi iqlim mintaqasi shakllangan?

  1. Tropik iqlim mintaqasi C) Subtropik iqlim mintaqasi

  2. Subekvatorial iqlim mintaqasi D) Mo’tadil iqlim mintaqasi

  1. Avstraliyaning janubi-sharqida qanday iqlim tipi mavjud?

  1. Nam tropik B) Quruq tropik C) Nam subtropik D) Mo’tadil

  1. Yil bo’yi sersuv bo’lib oqadigan daryolar Avstraliyaning qaysi qismida mavjud?

  1. Sharqiy qismida B)Shimoliy qismida C)G’arbiy qismida D) Janubiy qismida

  1. Materikning shimoli-sharqiy sohillarida qaysi tabiat zonasi shakllangan?

  1. Savannalar C) Qattiq bargli o’rmonlar ba butalar

  2. Tropik o’rmonlar D) Fasliy nam doimiy yashil o’rmonlar

  1. Savannalar Avstraliyaning qaysi qismlarida kata maydonlarni egallaydi?

  1. G’arbiy va janubiy C) Markaziy va g’arbiy

  2. Shimoliy va sharqiy D) Janubiy va shimoliy

  1. Avstraliyaning aholisi qancha?

  1. 21 mln B) 18 mln C) 23 mln D) 24 mln

  1. Kazuara va butilkasimon daraxt qayerlarda o’sadi?

  1. Afrika cho’llarida C) Janubiy Amerika dashtlarida

  2. Avstraliya savannalarida D) Avstraliya cho’llarida

  1. Avstraliya materigi Afrika materigiga nisbatan necha baravar kam yog’in yog’adi?

  1. Uch B) Sakkiz C) Besh D) O’n



1C, 2A, 3C, 4A, 5D, 6B, 7D, 8C, 9C, 10B, 11D, 12C, 13C, 14C, 15A, 16B, 17C, 18C, 19A, 20D, 21B, 22A, 23B, 24C
Okeaniya mavzusiga doir

TESTLAR
1. Nima uchun Okeaniya alohida qit’a deb ajratiladi?

A) Orollar keng tarqalganligi uchun

B) Okean iqlimi va landshaftlari tarqalganligi uchun

C) Tabiatining rang-barangligi uchun

D) Vulqonlar keng tarqalganligi uchun

2. Mo’tadil iqlim mintaqasida Okeaniyaning qaysi qismi joylashgan?

A) Yangi Zelandiya va unga yaqin bo’lgan orollar B) Gavayi orollari

C) Layn orollari D) Marshall orollari

3. Quyidagi orollardan qaysilari Okeaniyaga kirmaydi?

A) Yangi Gebrid B) Kuk orollari C) Samoa orollari D) Filippin orollari

4. Okeaniya tarkibida nechta orollarni birlashtiradi?

  1. 7 ming dan ortiq C) 12 ming dan ortiq

  2. 5 ming dan ortiq D) 5 ming

5.Orollarning maydoni qancha?

  1. 1,5 mln km2 B) 1,2 mln km2 C)1,3 mln km2 D) 1 mln km2

6.Okeaniya hududi tabiiy-geografik va etnografik farqlariga asoslanib nechta qismga bo’linadi?

  1. 4 qismga B) 2 qismga C) 5 qismga D) 3 qismga

7.Melaneziya so’zining ma’nosi nima?

  1. Kichik orol B) Ko’p orollar C) Qora orollar D) Marjon orollar

  1. Yangi Gvineyada papuaslar bilan birga yashab, ularning yashash tarzi haqida ma’lumot yozib qoldirgan sayyoh kim?

  1. Mikluxo-Maklay B) F. Magellan C) J. Kuk D) A. Tasman

  1. Okeaniyaning eng baland nuqtasini belgilang.

  1. Kilimanjara tog’i 5548 m C) Kossyushko tog’i 2228 m

  2. Akonkagua tog’i 6146 m D) Jaya cho’qqisi 5030 m

  1. Okeaniyadagi materik orolni aniqlang.

  1. Gavayi B) Mariana C) Pasxa D) Yangi Gvineya

  1. Okeaniyadagi vulkanik orollarni belgilang.

  1. Gavayi, Tuamotu C) Yangi Zellandiya, Pasxa

  2. Yangi Gvineya, Mariana D) Gavayi, Yangi Kaledoniya

  1. Nafaqat Okeaniyada balki Yer yuzidagi eng ko’p yog’in yog’adigan joyni belgilang.

  1. Yangi Gvineya oroli C) Gavayi oroli

  2. Yangi Zellandiya oroli D) Yangi Kaledoniya

  1. Okeaniyada qancha aholi yashaydi?

  1. 14 mln kishi B) 9 mln kishi C)15 mln kishi D) 11 mln kishi

  1. Yer yuzida yagona bo’lgan uch ko’zli kaltakesak qayerda yashaydi?

  1. Sahroi Kabirda B) Amazoniyada C) Okeaniyada D) Avstraliyada

  1. Emu oilasiga mansub bo’lgan kazuar tovug’i qayerda yashaydi?

  1. Yangi Gvineya C) Yangi Zelandiya

  2. Yangi Kaledoniya D) Gavayi orollari

  1. Melaneziya tarkibiga kiruvchi orollarni belgilang.

  1. Guam, Marian C) Marjon, Solomon

  2. Yangi Gvineya, Solomon D) Marshall, Gilbert

  1. Mikroneziya tarkibiga kiruvchi orollarni belgilang.

  1. Guam, Marian C) Yangi Gebrid, Taiti

  2. Marjon, Solomon D) Tuamotu, Yangi Kaledoniya

  1. Polineziya tarkibiga kiruvchi orollarni belgilang.

  1. Taiti, Yangi Gebrid C) Marian, Yangi Gvineya

  2. Marjon, Solomon D) Gavayi, Tonga


1C, 2A, 3D, 4A, 5C, 6D, 7C, 8A, 9D, 10D, 11A, 12C, 13A, 14C, 15A, 16B, 17A, 18D

Antarktida.Geografik o’rni, o’rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi mavzusiga doir

TESTLAR

  1. Antarktida qachon va kim tomonidan kashf etildi?

  1. F.Bellinsgauzen R.Skott 1820 y. 16.01

  2. F.Bellinsgauzen va M.Lazarev 1820 y. 16.01

  3. R.Amundsen, R.Skott, 1911 y 4 dekabr

  4. M.Lazarev, R.Amundten 1820 y. 16.01

  1. Antarktidaning maydoni qancha?

  1. 14 000 000 km2 B) 52,5 mln km2 C)15 000 mln km2 D) 14,500 000 km2

  1. Materikning eng baland nuqtasini ayting.

  1. Erebus tog’i B) Terror vulkani C)Vinson massivi D) Elsuert tog’i

  1. Antarktida to’g’risida shartnoma qachon va nechta davlat tomonidan qabul qilindi?

  1. 1959 yil 11 mamlakat o’rtasida C) 1958 yil 11 mamlakat o’rtasida

  2. 1957 yil 11 mamlakat o’rtasida D) 1960 yil 10 mamlakat o’rtasida

  1. Materikning eng past nuqtasi qaysi?

  1. Vinson massivi – 2055 m C) Viktoriya yeri – 200 m

  2. Berd tekisligi – 2075 m D) Bentil cho’kmasi – 2555 m

  1. Antarktida materigini 2 qismga ajratib turuvchi tog’ tizmasini belgilang.

  1. Transantarktida tizma tog’i C) And tog’lari

  2. Transantarktida zanjirli tizma tog’I D) Elsuert tog’ligi

  1. Tog’larning muzlardan chiqib turgan cho’qqilari fanda nima deb ataladi?

  1. Toroslar B) Nunutoklar C) Cho’qqilar D) Qoyalar

  1. Materikning eng baland harakatdagi vulkani qaysi?

  1. Terror vulkani C) Elsuert tog’i

  2. Erebusvulk vulkani D) Transantarktida tog’ligi

  1. Muz qoplamininh qalinligi qancha?

  1. 2000 m B) 4500 m C) 4000 m D) 2200 m

  1. Yer yuzasining “Sovuqlik qutbi” ni belgilang.

  1. “Mirniy” stansiyasi C) Amundsen – Skott stansiyasi

  2. Mak – Merdo stansiyasi D) “Bostok” stansiyasi

  1. Transantarktida tizma to’g’lari qaysi tog’ burmalanishda hosil bo’lgan?

  1. Gersin tog’ burmalanishi C) Kaledon tog’ burmalanishi

  2. Alp tog’ burmalanishi D) Baykal tog’ burmalanishi


1B, 2A, 3D, 4A, 5A, 6B, 7B, 8B, 9A, 10D, 11B

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling