Materiklarning geografik o`rni okean qismlari, chekka nuqtalarining o`ziga xosligi foydali qazilmalari


Download 0.78 Mb.
bet5/6
Sana29.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1733302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 тема

Okean oqimlari.

  • Dunyo okeanidagi suvning harakati oqimlar, qalqishlar va to‘lqinlar kabi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo‘nalgan gorizontal harakati okean oqimlari deb ataladi. Bir tomonga esadigan shamollar ta'sirida okean suvining 1500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi. Okean oqimlari haroratiga ko‘ra iliq va sovuq oqimlarga bo‘- linadi. Qutblardan ekvator tomon tub sovuq oqimlar, ekvatordan qutblar tomon yuza iliq oqimlar harakatlanadi. Bu o‘ziga xos „sovitgich-isitgich“ mashinasini barpo etadi. Bunday jarayon „okean — atmosfera“, „okean — materik“ tizimida ham kuzatilib, materiklar tabiatining rang-barang bo‘lishiga olib keladi. Dunyo okeanidagi Shimoliy va Janubiy passat oqimlari, Passatlararo qarshi oqim va G‘arbiy shamollar oqimi (uzunligi 30 ming km) asosiy oqimlardir. Quyosh va Oyning tortish kuchi ta'sirida Dunyo okeani suvlarida qalqish hodisasi (sutka davomida ikki marta ko‘tarilib, ikki marta pasayadi) bo‘ladi. Ochiq okeanda suvning qalqish amplitudasi 1—2 m dan oshmaydi. Lekin materik qirg‘oqlarida to‘lqin balandligi ortadi.

Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam o‘zaro aloqada bo‘lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta'sir etib turadi. Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan doimiy o‘zaro ta'siri natijasida „okean ±5 atmosfera ±5 quruqlik“ tizimi tarkib topgan. Bu tizimda modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Tizimdagi moddalarning harakatini ta'minlaydigan qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70%ini yutadi. Natijada okean issiqlik „akkumulatori“ga aylanadi va atmosferani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan ta'minlaydi, quruqlikka va barcha suv havzalariga yog‘in beradi.

  • Dunyo okeani Yerning barcha qobiqlari bilan muntazam o‘zaro aloqada bo‘lib, sayyoramiz tabiatiga kuchli ta'sir etib turadi. Dunyo okeanining atmosfera, litosfera, biosfera bilan doimiy o‘zaro ta'siri natijasida „okean ±5 atmosfera ±5 quruqlik“ tizimi tarkib topgan. Bu tizimda modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Tizimdagi moddalarning harakatini ta'minlaydigan qudratli kuch quyosh energiyasidir. Dunyo okeani Yer yuzasiga Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70%ini yutadi. Natijada okean issiqlik „akkumulatori“ga aylanadi va atmosferani ilitib turadi, bug‘ holatidagi namlik bilan ta'minlaydi, quruqlikka va barcha suv havzalariga yog‘in beradi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling