Math sinfi Dasturingizda biror formula yoki ifodaning qiymatini hisoblashga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Xo'sh, bu holatlarda matematik ifodalarni dastur kodiga qanday kiritamiz?


Download 27.81 Kb.
bet1/4
Sana14.03.2023
Hajmi27.81 Kb.
#1268081
  1   2   3   4
Bog'liq
Math sinfi


Math sinfi

Dasturingizda biror formula yoki ifodaning qiymatini hisoblashga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Xo'sh, bu holatlarda matematik ifodalarni dastur kodiga qanday kiritamiz? Ifoda ichida qo'shish (+), ayirish (-), ko'paytirish (*), bo'lish (/), qoldiqli bo'lish(%) dan tashqari boshqa amallar qatnashgan bo'lsa, qo'shimcha metodlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Buning uchun bizga Math sinfi metodlari yordam beradi. Bu metodlarni chaqirish uchun Math so'zidan keyin nuqta qo'yib, metod nomini yozamiz. Metod turiga qarab bir yoki bir nechta qiymatni kiritganimizda bizga hisoblangan qiymatni qaytaradi. Masalan, Math.Abs(-3.5) metodi 3.5 ni qaytaradi.




Math.Abs() – sonning absolyut qiymati (moduli) ni hisoblaydi. Kiruvchi parametr sifatida kiritilgan bitta son ixtiyoriy sonli tipda bo'lishi mumkin, faqat 2^64 dan katta bo'lib ketmasligi kerak. Qaysi tipda (double, decimal, long, int, ..) qiymat kiritilgan bo'lsa qaytarilgan qiymat ham shu tipda bo'ladi.
Math.Acos() – sonning arkkosinusini hisoblaydi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar faqat double tipida bo'ladi. Qaytarilgan burchak qiymati radianda ifodalangan bo'ladi. Math.Acos(0)=1,5707963267948966.
Math.Asin() – sonning arksinusini hisoblaydi. Kiruvchi va chiquvchi parametrlar double tipida bo'ladi. Qaytarilgan burchak qiymati radianlarda ifodalanadi. Math.Asin(1)=1,5707963267948966.
Math.Atan() – sonning arktangensini hisoblaydi. double tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Qaytarilgan burchak qiymati radianlarda ifodalangan bo'ladi. Math.Atan(1)=0,7853981633974483.
Math.BigMul() – ikki butun sonning ko’paytmasini hisoblaydi. int yoki long tipida ma'lumot qabul qiladi. long tipida qiymat qaytaradi. Masalan, Math.Bigmul(3,4)=12;
Math.Cbrt() - kiritilgan sonning kub ildizini hisoblaydi. double tipida qiymat qabul qiladi va qaytaradi. Masalan, Math.Cbrt(27) ifoda bizga 3 ni qaytaradi.
Math.Ceiling() – sonni ortig'i bilan yaxlitlaydi. Kiritilgan sondan katta yoki unga teng bo'lgan eng yaqin butun sonni qaytaradi. double yoki decimal tipida ma'lumot qabul qiladi va qaytaradi. Math.Ceiling(3.14)=4, Math.Ceiling(6.0)=6; Math.Ceiling(-4.3)=-4;
Math.Cos() – burchakning kosinusini hisoblaydi. Burchak qiymati radianda kiritiladi. Kiruvchi va qaytariluvchi parametrlar faqat double tipida bo'ladi. Math.Cos(3.141592653589793)=-1;

Bu metodlarning qanday ishlashini ko'rish uchun kiritilgan sonning sinusini va kosinusini hisoblaydigan dastur yozib ko'ramiz:


using System;


class Program
{
static void Main(string[] args)
{
Console.Write("Burchakni radianda kiriting: ");
double a = double.Parse(Console.ReadLine());
Console.WriteLine("Sinus: "+Math.Sin(a));
Console.WriteLine("Kosinus: "+Math.Cos(a));

Console.ReadKey();
}
}

Download 27.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling