Mathcad dasturidan foydalanib funksiya grafigini qurish metodi
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqmathcad-dasturidan-foydalanib-funksiya-grafigini-qurish-metodi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
MATHCAD DASTURIDAN FOYDALANIB FUNKSIYA GRAFIGINI QURISH METODI Jumaniyozov Sardor Pirnazarovich Sardor7709@mail.ru Urganch Davalat Universiteti Annotatsiya: Ushbu maqoladada Mathcad dasturida funksiyalarning ikki va uch o’chovli grafiglari qurilishi ko’rib chiqilgan va misol yordamida tushuntirilgan. Kalit so’zlar: Mathcad, Calculus, operator, argument, Graph, x-y Plot, Surface Plot. METHOD OF CONSTRUCTING A FUNCTION GRAPHIC USING THE MATHCAD PROGRAM Jumaniyozov Sardor Pirnazarovich Sardor7709@mail.ru Urgench State University Abstract: This article discusses the construction of two-dimensional and three dimensional graphs of functions in Mathcad and explains them with an example. Keywords: Mathcad, Calculus, operator, argument, Graph, x-y Plot, Surface Plot. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu dasturiy paketlar ichida Mathcad dasturi oddiy va yetarlicha qayta ishlangan matematik hisoblashlar tizimidir. Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kollektsiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad profеssor-o’qituvchilar, stajyorlar, tadqiqotchilar, talabalar, tеxnik muxandislar, fiziklar, qolavеrsa barcha kasb egalari uchun hisoblash ishlarini bajaruvchi dasturiy ta'minot hisoblanadi. Bu dastur bilan turli kasb egalari o’z sohasi bo’yicha masalalarni hal etishi va kеrakli grafiklarni, diagrammalarni olishlari mumkin. Mathcad yuzdan ortiq o’zgaruvchili va konstantali chiziqli va chiziqsiz tеnglamalar tizimi, matritsa va vеktorlar ustida amallar, algеbraik hisoblashlar, Laplas, Furе intеgrallari, massivlar, oddiy diffеrеntsial tеnglamalar, chеgaraviy shartlar, "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 144 www.openscience.uz xususiy hosilali diffеrеntsial tеnglamalar, polinomlarni tushuna oladi, ular ustida hisoblash ishlarini bajaradi. Mathcad ilmiy ishlarning natijalarni grafiklar bilan vizual qarashga imkon bеradi. Foydalanuvchi funktsiyalarini osongina ikki va uch o’lchovli grafiklarda turli ranglar ko’rinishida, tеkislikda tasvirlash imkoniga ega bo’ladi. Mathcad dasturida ixtiyoriy funksiyaning yoki diskret o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘lgan ifodalarni grafiklarini chizish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari bir nechta funsiyaning grafigini bitta grafikda tasvirlash mumkin. Chizmada har bir grafik diskret o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘ladi. Bu diskret o‘zgaruvchi ham absissalar o‘qi uchun ham ordinatalar o‘qlari uchun ifodada qatnashishi kerak. Mathcad diskret o‘zgaruvchilarning har bir qiymati uchun bitta nuqtani tasvirlaydi. Mathcad dasturida ikki o‘lchovli grafikni qurish uchun quyidagi amallar bajariladi: 1) f(x) funksiya kiritiladi; (1-rasm) 2) Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga kursor (+) qo’yiladi; 3) Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik) tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan «@» belgisi kiritiladi; (2-rasm) 4) Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abstsissa o’qiga argument nomi, ordinata o’qiga funktsiya nomi kiritiladi; 5) Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. (3-rasm) 1-rasm 2-rasm Agar biz bir nechta funksiyaning grafigini bitta grafik oynasida tasvirlamoqchi bo’lsak quyidagi amallar bajariladi: 1) Funksiyalar kiritiladi; 2) Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga kursor (+) qo’yiladi; 3) Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik) tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan «@» belgisi kiritiladi; "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 145 www.openscience.uz 4) Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abstsissa o’qiga argument nomlari « , » bilan ajratib yoziladi, ordinata o’qiga funktsiya nomlari « , » bir biridan « , » ajratib kiritiladi; Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. (5-rasm) 3-rasm. f(x) funksiyaning ikki o’lchovli grafigi 5-rasm. Bir nechta funksiyalar grafigi "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 146 www.openscience.uz Uch o’lchamli grafik qurish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak: 1) Ikki o’zgaruvchili funktsiya ifodasi kiritiladi; 2) Grafik qurish kerak bo’lgan joyga kursor (+) qo’yiladi; 3) Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan Surface Plot (uch o’lchamli grafik) tugmasi bosiladi yoki klavyaturadan Ctrl+2 tugmalari birgalikda bosiladi; 4) Uch o’lchamli grafik shabloni paydo bo’ladi va shablonning chap pastki qismiga funksiya nomi kiritiladi. 5) Shablon maydonidan tashqarisida sichqoncha bosiladi va grafik quriladi. (6- rasm) 6-rasm. Uch o’lchamli funksiya grafigi Shunday qilib, talabalar murakkab matematik formulalar, hisob-kitob natijalarini chiroyli grafik ko’rinishda ifodalay olishi va hayotiy misollardan tashkil topgan maqolalar, ilmiy hisobotlar malakaviy bitiruv ishlari va kurs loyihalarni tayyorlashda Mathcad dasturidan foydalanishlari samarali faoliyatiga asos bo’la oladi deb hisoblayman. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling