Autocad dasturi va Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish


Download 342.44 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi342.44 Kb.
#1414989
Bog'liq
6-ma\'ruza МД

AUTOCAD dasturi va Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish


Odatda chizma AutoCAD ning Model oynasida chiziladi. Chizmani chop etishga taxlash esa Лист (Layouts) oynasida bajariladi. Лист ga birinchi marta o‘tilar ekan Modelda chizilgan barcha chizma bitta Ko‘rinish oynasi (Видовый экран) da joylashadi (1-rasm).
Punktir chiziq chop etish qurilmasining chop etish sohasini bildiradi, ya’ni punktir chiziqdan tashqarida joylashgan chizma chop etilmaydi. Chop etish chizig‘ining chegara chizig‘i tanlangan printer va plotterga bog‘liq. Lazer printerlari uchun 5-6 mm tashkil qilsa, purkagichli printerlar uchun uch tarafdan 5-6 mm va chop etishni tugash tomonidan esa 12-20 mm tashkil qiladi.
Bu muloqat oynasining ayrim bo‘limlari bilan tanishaylik:
- Принтеры/плоттеры bo‘limining Имя darchasidan chop etish qurilmasi tanlanadi. Qurilma xossalarini Свойства tugmasidan o‘zgartirish mumkin.
- Формат листа bo‘limida chop etish qurilmasiga mos standart o‘lchamlar tanlanadi. Agar chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, unda ixtiyoriy standart qog‘oz o‘lchamini tanlash mumkin.
Qog‘oz parametrlarini chop etish paytida ham tanlash yoki o‘zgartirish imkoni bor.
- Ориентация чертежа bo‘limida tanlangan qog‘ozning vertikal (Книжная) yoki gorizontal (Альбомная) holatida joylashishi tanlanadi. Повернуть bayroqchasi qo‘yish bilan chizmani chop etish oxiridan boshlanadi.
- Печатаемая область bo‘limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri tanlanadi (3-rasm).
Границы – chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo‘yicha listdagi barcha ob’yektlar chizmasini chop etadi.
- Печатаемая область bo‘limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri tanlanadi (3-rasm).
Границы – chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo‘yicha listdagi barcha ob’yektlar chizmasini chop etadi.
Экран – chizmaning ekranda ko‘ringan qismini chop etadi.
Рамка – bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etila­digan to‘rtburchak soha ko‘rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal bo‘yicha ikki chekka nuqtalarini ko‘rsatish orqali tanlanadi. Ko‘rsatilgan soha chop etiladi.
Лист – listda joylashgan barcha chizma chop etiladi.
- Просмотр… tugmasi orqali chop etiladigan chizma qog‘ozda qanday joylashishini ekranda ko‘rish mumkin. Agar qog‘ozda joylashishi ma’qul bo‘lmasa, yana Параметры листов oynasiga qaytib qog‘oz parametrlari o‘zgartiriladi. Chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, pechat qilish va oldindan ekranda ko‘rish (Просмотр) imkoni bo‘lmaydi.
Ko‘rinish oynasi uchun chizma masshtabini tanlash:
1. Ko’rinish oynasi yaratish uchun dialog oyna chaqiradi;
2. Diagonal bo’yicha ikki nuqta ko’rsatib to’rtburchakli Ko’rinish oynasi yaratish;
3. Bir necha nuqtalar ko’r­satib ko’pburchakli Ko’ri­nish oynasi yaratish;
4. Chizilgan yopiq konturli figurani Ko’rinish oynasiga aylan­tirish;
5. Ko’rinish oynasini che­ga­ra­la­rini qirqish orqali yangicha ko’rinishga o’tkazish;
6. Aktiv Ko’rinish oynasidagi chizmaga masshtab tanlash;
Chop etish uchun qog‘ozning barcha parametrlari tanlangach, ko‘rinayotgan puntir chizig‘i yaqinroq ichki tomonlari bilan qog‘oz uchun ramka chizig‘i va chap burchakda shtamp chiziladi.
a) круг (aylana) chizish tugmasi bosilib ekranda sichqoncha bilan biror nuqta (aylana markazi)ga bosiladi.
b) Klaviaturadan aylananing radiusi kiritilib (masalan 50 raqami) Enter bosilgach ekranda aylana rasmi hosil bo‘ladi (2–rasm, a);
b) - mnogougolnik (ko‘pburchak) tugmasi tanlanadi va so‘rovga 3 raqami yozib Enter bosilgach, sichqoncha bilan aylanaga yaqinlashsak, uning markazini bildiruvchi + belgisi paydo bo‘ladi (2–rasm, b). Shu belgiga yaqinlashganda Центр yozuvi chiqqach (2–rasm, v) sichqonchaning chap tugmasi bosiladi;
g) Sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib chaquruv menyusidan Вписанный (ichki chizilgan) bandi tanlanadi;
d) Sichqoncha bilan aylananing yuqori qismi (квадрант) ko‘rsatiladi (2–rasm, g);
g) Shtrixlash uchun tugma bosiladi. Chiqqan muloqat oynasining Образец bo‘limidan ANSI37 tanlanib, Enter bosiladi va aylana bilan uchburchak oralig‘idagi maydonlar ketma-ket ko‘rsatiladi. Ikki marta Enter bosilib ish tugatiladi (2–rasm, d).
Bu chizmani boshqa usul bilan ham qurish mumkin (3-rasm).
  • Aylana chizilgach, Рисования menyusining Точка bandidagi Поделить buyrug‘i tanlanadi. Sichqancha bilan aylana chertilgach bo‘laklash soni 3 raqami yozilib, Enter bosiladi. Bu bilan aylananing uch yeriga nuqta belgisi qo‘yiladi.
  • Формат menyusining Отражения точек bandidan nuqta uchun biror ko‘rinish tanlanadi. Qo‘yilgan nuqtalar ekranda ko‘rinish tanlangan ko‘rinishni oladi.
  • tugmasi tanlanib, aylana ustidagi nuqtalarni ketma-ket chertish bilan uchta kesma chiziladi.

g) Chizmaning barchasi belgilanib povernut (burash) tugmasi bosiladi va aylana markaziga sichqonchaning chap tugmasini chertib, -30 raqami yozib Enter bosiladi. Bu bilan chizma soat strelgasi bo‘yicha 300 ga buriladi.
Topshiriq. Yuqorida keltirilgan usullardan foydalanib quyida keltirilgan shakllarni mustaqil chizib oling (3-rasm).
Download 342.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling