> assume(a>-1); additionally(a<=3);
> about(a);
Originally a, renamed a~:
is assumed to be: RealRange(Open(-1),3)
Parametrli integral ni hisoblashga qaytamiz:
> assume(a>0);
> Int(exp(-a*x),x=0..+infinity)=int(exp(-a*x),x=0..+infinity);
Maple da matematikani o’rganish uchun student paketi mavjud. U hisoblashlarni qadamma-qadam bajarishga mo’ljallangan bir qancha qism dasturlar majmuasidan iborat bo’lib, natijaga olib keluvchi amallar ketma-ketligini tushunarli bo’lishligini ta’minlaydi. Bularga bo’laklab integrallash inparts va o’zgaruvchilarni almashtirish changevar buyruqlari kiradi..
Bo’laklab integrallash formulasi:
Agar integral osti funksiyasini f=u(x)v’(x) orqali belgilab olsak, u holda bo’laklab integrallash buyrug’ining parametrlari quyidagicha bo’ladi: intparts(Int(f, x), u), bu yerda u – hosilasi bo’laklab integrallash formulasi orqali hisoblanayotgan u(x) funksiyadir.
Agar integralda o’zgaruvchilarni almashtirish x=g(t) yoki t=h(x) talab etilgan bo’lsa, u holda o’zgaruvchilarni almashtirishbuyrug’i parametrlari quyidagicha bo’ladi: changevar(h(x)=t, Int(f, x), t), bu yerda t – yangi o’zgaruvchi.
intparts va changevar buyruqlarning ikkalasi ham integralni oxirigacha hisoblamaydi, faqatgina oraliq hisoblashlarni amalga oshiradi. Oxirgi natijasni olish uchun bu buyruqlar bajarilganidan keyin value(%) buyrug’ini yozish kerak, bu yerdaye % - oldingi satrni bildiradi.
Ushbu buyruqlardan foydalanishdan oldin student paketini with(student) buyrug’i orqali yuklash kerak bo’ladi..
Maple muhitida ikki va uch karali integrallarni hisoblash uchun maxsus buyruqlar mavjud. Ikki karrali integralni hisoblash uchun Doubleint(f(x, y), D) buyrug’i ishlatiladi, bu yerda D – integrallash sohasi bo’lib, quyidagi ko’rinishlardan birida yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |