Bunday so'zlarni kiritganingizda ular ko'k rangda ko'rsatiladi. Agar foydalanuvchi kalit so'zni o'zgaruvchi nomi sifatida ishlatmoqchi bo'lsa, ekranda xato xabari ko'rsatiladi. - Bunday so'zlarni kiritganingizda ular ko'k rangda ko'rsatiladi. Agar foydalanuvchi kalit so'zni o'zgaruvchi nomi sifatida ishlatmoqchi bo'lsa, ekranda xato xabari ko'rsatiladi.
- Kalit so'zlar iskeyword buyrug'i bilan ko'rsatilishi mumkin.
Sonlarni ifodalash uchun maxsus formatni o'rnatishda quyidagi buyruqdan foydalaniladi: - >> format nomi
bu erda nom - formatning nomi. Masalan: x=[4/3 1.2345e-6] Bu eyrda turli formatdagi ikkita son elementini o'z ichiga olgan vektor berilgan. - format short 1.3333 0.0000
- format short e 1.3333E+000 1.2345E-006
- format long 1.333333333333338 0.000001234500000
- format long e 1.333333333333338E+000 1.234500000000000E-006
- format bank 1.33 0.00
Formatni o'rnatish faqat sonlarni ko'rsatish shakliga ta'sir qiladi. Hisob-kitoblar ikki tomonlama aniqlik formatida amalga oshiriladi va sonlar foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan har qanday shaklda kiritilishi mumkin. Konstantalar va tizim o'zgaruvchilari - Konstanta - bu noyob nom (identifikator) bilan ifodalangan oldindan belgilangan sonli yoki ramziy qiymat. Sonlar (masalan, 1, -2 va 1.23) nomsiz raqamli konstantalardir.
- MATLAB dagi konstantalarning boshqa turlari odatda tizim o‘zgaruvchilari deb ataladi, chunki ular bir tomondan tizim yuklanganda o‘rnatiladi, ikkinchi tomondan esa ularni qayta belgilash mumkin.
MATLAB tizimida qo'llaniladigan asosiy tizim o'zgaruvchilari: - i yoki j – mavhum birlik (-1 ning kvadrat ildizi);
- pi – soni - 3,1415926…;
- eps – suzuvchi nuqtali sonlar ustida amallarning xatoligi (2–52);
- realmin –suzuvchi nuqtali eng kichik son (2–1022);
- realmax - suzuvchi nuqtali eng katta son (21023);
- inf – mashina cheksizligining qiymati;
- ans - eng so’nggi amal natijasini saqlovchi va odatda uni tasvirini ekranga chiqaruvchi o'zgaruvchi;
- NaN - ma'lumotlarning sonli emasliginni ko'rsatish (Not-a-Number).
Do'stlaringiz bilan baham: |