Matlab muhitining hisoblash imkoniyatlari Ish muhiti
Amallar prioritetlari (bajarilish tartiblari)
Download 56.29 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. O’zgarmaslar va tizimli o’zgaruvchilar.
8. Amallar prioritetlari (bajarilish tartiblari).
Matematik ifodalarda amallar aniqlangan bajarilish tartibiga ega: - mantiqiy amallar bajarilish tartibi, arifmetik amallarga nisbatan yuqori, - darajaga ko’tarish bajarilish tartibi ko’paytirish va bo’lish bajarilish tartibiga nisbatan yuqori, - ko’paytirish va bo’lish bajarilish tartibi qo’shish va ayirish bajarilish tartibiga nisbatan yuqori. Amalning bajarilish tartibini oshirish uchun aylana qabslaridan foydalanish kerak. Qavslarning ichma-ich tartibi chegaralanmagan. 9. O’zgarmaslar va tizimli o’zgaruvchilar. O’zgarmas – bu unikal ismda (identifikator) namoyish qilingan sonli yoki belgili qiymatlarni dastlab aniqlashdir. Son (masalan, 1, -2 va 1.23) nomsiz sonli o’zgarmaslar hisoblanadi. MATLAB da o’zgarmaslarning boshqa ko’rinishini tizimli o’zgarmaslar deb nomlash qabul qilingan, xamonki, bir tomondan, ular tizim yuklanganda beriladi, boshqa tomondan esa – qayta aniqlash mumkin. Tadbiq etilgan asosiy tizimli o’zgaruvchilar: • i yoki j – mavhum birlik (-1 dan kvadrat ildiz); • pi – p=3,1415926... soni; • eps – quzg’aluvchan nuqtali sonlar ustida amallar xatoligi (2-52); • realmin – quzg’aluvchan nuqtali sonning eng kichigi (2-1022); • realmax – quzg’aluvchan nuqtali sonning eng kattasi (21023); • inf – mashina cheksizlik qiymati; • ans – oxirgi amallar natijasi saqlanadigan o’zgaruvchi; • NaN – sonli bo’lmagan ma’lumot xarakterini ko’rsatish (Not a Number). Tizimli o’zgaruvchilarni ishlatishga misollar: >> 2*pi ans = 6.2832 >> eps ans = 2.2204e-016 >> realmin ans = 2.2251e-308 >> realmax ans = 1.7977e+308 >> 1/0 Warning: Divide by zero. ans = Inf >> 0/0 Warning: Divide by zero. ans = NaN Ko’rsatilgan kabi, tizimli o’zgaruvchilar qayta aniqlanishi mumkin. eps tizimli o’zgaruvchiga boshqa qiymatni berish mumkin, masalan eps=0.0001. Lekin eng asosiysi, ularning qiymatlari tizim yuklangandan keyin jimlik bo’yicha birdaniga beriladi. Shuning uchun, oddiy o’zgaruvchilardan farqli ravishda, tizimli o’zgaruvchilarning aniqlanmay qolishi umuman mumkin emas. Belgili o’zgarmas – bu apostrofga olingan belgilar ketma-ketligidir, masalan: 'Hello my friend!' '2+3' Agar apostroflar ichida matematik ifodalar joylashsa, ular hisoblanmaydi va odatda belgilar ketma-ketligi kabi qaraladi. Shu sababli '2+3' 5 qiymatni qaytarmaydi. Download 56.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling