Matlab muhitining hisoblash imkoniyatlari Ish muhiti


O’zgaruvchilar ularga qiymatlarni ta’minlash


Download 56.29 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi56.29 Kb.
#1327886
1   2   3   4   5
10. O’zgaruvchilar ularga qiymatlarni ta’minlash.
O’zgaruvchi – bu ba’zi ma’lumotlarni saqlahga qodir bo’lgan ob’yektlarning nomga ega bo’lishidir. Bu ma’lumotlarga bog’liq ravishda o’zgaruvchilar sonli yoki belgili, vektorli yoki matritsali bo’lishi mumkin.
MATLAB da o’zgaruvchiga aniqlangan qiymatlarni berish mumkin. Buning uchun tenglik belgisini kiritib, ta’minlash amalidan foydaniladi:
O’zgaruvch_nomi = Ifoda
O’zgaruvchi turlari oldindan berilmaydi. Ularni o’zgaruvchiga ta’minlanayotgan ifoda qiymatlari aniqlaydi. Xuddi shunday, agarda bu ifoda – vektor yoki matritsa bo’lsa, unda o’zgaruvchi xam vektorli yoki matritsali bo’ladi. bitta qiymatga ega bo’lgan o’zgaruvchi, 11 o’lchamli matritsa kabi qaraladi.
O’zgaruvchi nomi (uning identifikatori) qancha kerak bo’lsa shuncha o’zgaruvchilardan tashkil topishi mumkin, lekin faqat boshlangi’ch 31 ta belgi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy o’zgaruvchi nomi boshqa o’zgaruvchilar, tizim funksiya va protseduralari bilan mos tushmagligi kerak, yani ular unikal bo’lishi shart. Ism xarf bilan boshlanishi shart, keyin esa xarflardan, raqamlardan va ost chiziq belgisi _ tashkil topishi mumkin. O’zgaruvchi ismiga ruxsat etilmagan bo’sh joy belgisi va maxsus belgilar, masalan +, -, *, / va boshqalar qo’shilsa, u xolda bunday xolatda o’zgaruvchini to’g’ri interpretatsiya qilishning imkoni bo’lmaydi.
Belgili o’zgaruvchidan xam foydalanish mumkin, belgili qiymatlar apostrofga olinadi, masalan s='Demo'.
Workspace da e’lon qilingan o’zgaruvchilarning ro’yxatini chop qilish uchun who bo’yrug’idan foydaniladi. Workspace o’zgaruvchilari xaqida to’liq ma’lumotlarni chop qilish uchun whos bo’yrug’idan foydalaniladi.
11. Aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’q qilish.
Kompyuter xotirasida o’zgaruvchilar ish soxasi (workspace) deb nomlanuvchi aniq joyni egalaydi. Ish soxani tozalash uchun turli shakldagi clear funksiyasidan foydaniladi, masalan:
• clear – aniqlangan barcha o’zgaruvchilarni yo’q qilish;
• clear – aniqlangan x o’zgaruvchini yo’q qilish;
• clear a, b, c – aniqlangan bir nechta o’zgaruvchilarni yo’q qilish.
Yo’q qilingan (ish soxasidan uchirilgan) o’zgaruvchilar aniqlanmagan bo’ladi. Aniqlanmagan o’zgaruvchilardan foydalanib bo’lmaydi, agar bunga urinilsa xato xaqida xabar chiqariladi. O’zgaruvchilarni berish yo’q qilishga misollar keltiramiz:
>> x=2*pi
x = 6.2832
>> V=[1 2 3 4 5]
V = 1 2 3 4 5
>> clear V
>> V
??? Undefined function or variable 'V'.
>> clear
>> x
??? Undefined function or variable 'x'.
>> M
??? Undefined function or variable 'M'.

Download 56.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling