Matlab tizimini paydo bo’lish tarixi


Download 5.27 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi5.27 Kb.
#1513002
Bog'liq
Matlab tizimini3


Matlab tizimini paydo bo’lish tarixi
Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo’lgan masalalarni, vazifalarni
yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi. Hisoblash
jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida paket deb
ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o’z navbatida obyektli
modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta paketlarga bo’linib,
kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy ta’minotlar tarkibiga kiritilgan.
Bularga Merkury, Maple, Mathematika, Matsad, Matlab kabi dasturlar kiradi. Bu
dasturlarning har biri o’z kamchilik va yutuqlari bilan alohida o’rganib chiqishga
arziydi. Matlab dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash
jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun
mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi
tomonidan Matlabning 4-avlod EHM ga mo’ljallangan PC Matlab versiyasi ishlab
chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib, bir
nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda
zamonaviy kompyuterlarda Matlabning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-
versiyada Matlabning dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya
tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga Matlabning
5-versiyasida 16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o’lchamli
matritsalar bilan ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki
matematik formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan. Matlabning 6-versiyasi bu
dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga qo’shimcha
ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab bo’lgan jarayonlar
matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompyuter algebrasi dasturlar bilan
moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida kiritilgan.
Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling