Matlab tizimini paydo bo’lish tarixi


MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari


Download 6.71 Mb.
bet2/58
Sana18.08.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1668084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
umumiy 2

MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari
Matlab – matyematik va ilmiy-tyexnik xisoblashlarni amalga oshirishga
mo’ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tyekshirilgan,
avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo’lib, u matritsa va matritsaviy amallarni
kyengaytirilgan talqini ustiga qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida o’z aksini
topgan, ya'ni MATLAB – matrix laboratory – matritsali laboratoriya. Ma'lumki,
juda ko’plab dasturlar va ular ustida amallar bajarish sikllar orqali amalga
oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini syekinlashtiradi va ba'zi bir amallarni bajarishni
dasturlash tillarida ko’p o’lchamli, xususan, ikki o’lchamli, ya'ni matritsalarni e'lon
qilishni murakkablashtiradi. Matlabda asosiy ob'yekt sifatida matritsalardan foydalanish
sikllar sonini kyeskin kamaytiradi.

Matlab tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri

bo’lib, tyexnik va

matyematik xisoblashlarga yo’naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli usullarni
amalga oshirish uchun tadbiq etib kyelinayotgan an'anaviy dasturlash tillari




imkoniyatlaridan ustunroq

dasturlash tilini yaratish xisoblanadi. Mazkur tizimni

yaratishda xisoblashlar tyezligini oshirishga hamda tizimning turli xil masalalarini hal
qilishga moslashuvchanligiga katta e'tibor qaratilgan.
Matlab tizimi dasturlashning uchta asosiy kontsyepsiyasini amalga oshiradi:
a)modullarni, ya'ni protsyedura va funktsiyalarni yaratishga asoslangan
protsyedura modulli dasturlash;
b)ob'yektga yo’naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini
joriy qilish ahamiyati);
c)foydalanuvchining grafikli intyerfyeysini yaratishga mo’ljallangan vizualyo’naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface).

Umuman olganda, Matlab

dasturlash tili intyerpryetatorlar sinfiga kiradi.

Dyemak, bundan kyelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo’yicha




aniqlanadi va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni
qism bo’yicha tyekshirishni osonlashtiradi.

qism

Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kyengaytirish
mumkinligidir.
Tizimning juda ko’plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m-fayl
(kyengaytmasi .m) va C/C++ fayllari ko’rinishida bo’lib, barcha fayllarni
modifikatsiya qilish mumkin.
MATLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi
dasturini tayyorlamasdan to’g’ridan-to’g’ri bajarish mumkin. Bunda Matlab
supyerkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli komanda ryejimida ishlaydi. Masalan,
2+3, ans=5; 2*3, ans=6 va xokazo.
Tizimda ishlash muloqatli (dialogli) tavsifga ega bo’lib, “savol byerildi –
javob olindi” qoidasi bo’yicha ishlanadi. Ya'ni foydalanuvchi klaviatura yordami
xisoblanishi lozim bo’lgan ifodani kiritadi, taxrir qiladi (agar lozim bo’lsa) va
kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan yakunlaydi.
Umuman olganda, ma'lumotlarni kiritish va xisoblashlarni amalga oshirish
quyidagicha amalga oshiriladi:
Boshlang’ich ma'lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun >> byelgidan
foydalaniladi;
Ma'lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;
Biror bir ifoda xisoblash natijasini blokirovka qilish uchun mazkur ifodadan
kyeyin ; (nuqta vyergul) qo’yiladi;
Xisoblashlar natijasini ko’rsatuvchi o’zgaruvchi aniqlanmagan bo’lsa, u holda
Matlab tizimi bunday o’zgaruvchi dyeb ans oladi;
O’zlashtirish amali sifatida juda ko’plab dasturlash tillari kabi “:=” byelgi
emas, balki matyematikadagi oddiy “=” ni o’zi olinadi;

Sozlangan funktsiyalar (masalan, sin) yozma xarflar bilan yoziladi,
ularning argumyentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;
Xisoblashlar natijasi yangi qatorda >> byelgisiz chiqadi;

hamda




Muloqat “Savol byerildi



javob olindi” ko’rinishida amalga oshadi.

Ma'lumki, juda ko’plab matyematik tizimlarda, agar v son bo’lmasa, u holda sin(v)
va exp(v) ifodalarni hisoblab bo’lmaydi, ya'ni tizim bunday ifodalarni xato dyeb
byeradi. Matlabda esa agar byerilgan o’zgaruvchi vyektor bo’lsa, natija ham mazkur
o’lchamdagi vyektor bo’ladi, agar matritsa bo’lsa, natija xam matritsa bo’ladi.
Komandali ryejimda bir qatordagi byelgilarning maksimal soni – 4096, m –
fayllarda esa chyegaralanmagan.
Ma'lumki, o’zgaruvchilar kompyutyer xotirasida, ya'ni ishchi soha (workspace)
da ma'lum bir joy egallaydi. Ishchi sohani kyeraksiz o’zgaruvchilardan tozalash
uchun clear funktsiyasining turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi, masalan:
clear - barcha aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’qotish;
clear x - aniqlangan x o’zgaruvchini yo’qotish;
clear a, b, c - aniqlangan bir nyecha o’zgaruvchilarni yo’qotish.
Umuman olganda, AMDP neyron to’ri, elektrotexnik qurilmalarni
modellashtirish, murakkab matematik masalalarni yechish, fizik jarayonlarni
kompyuterda modellashtirish kabi ko’plab sohalarda qo’llash uchun yaratilgan.
Shuning uchun ham bu sohani chuqur o’rganish katta ahamiyatga ega.


  1. Download 6.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling