1. m=(bx-ax);
2. m=n·(bx-ax)
Bunda m-matn so‘zining belgisi, «bx»-birlamchi xususiyat, «ax»-aloqador xususiyat, agar matn ikki va undan ortiq aloqadorliklardan tuzilgan bo‘lsa «n» belgisi o‘rniga ularning miqdorini ko‘rsatamiz.
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumentatif – argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o‘zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn tipining o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. Fikr bilan keltirilgan dalil o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlikning (connecteurs logiques) bo‘lishi muhim sanaladi. Bunday matnda chunki, zero, lekin, aslida, shuning uchun, to‘g‘risini (ochig‘ini, rostini) aytganda, eshitishimga qaraganda, bilishimcha, taxminimcha kabi birliklar (le lexique apprėciatif) qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Kitobxonni yoki tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo‘lganligi uchun shunga mos ritorik uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Gaplar o‘zaro zich bog‘langan va ta’kid ohangi sezilib turadigan matn tipi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |