Matn lingvistikasi
BADIIY MATNNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Download 1.36 Mb.
|
MATNLINGVISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintaktik parallelizm.
- Emotsional gaplar
- Ritorik so‘roq gap
BADIIY MATNNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Badiiy nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo‘lish shakllarini teran tadqiq qilgan tilshunos Adham Abdullayev «sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog‘lovchilarning maxsus qo‘llanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‘roq» kabi uslubiy figuralar «fikrning o‘ta ta’sirchan ifodalanishi»ga xizmat qilishini ta’kidlaydi. «Badiiy tekstning lingvistik tahlili» kitobi mualliflari sintaktik figuralarning quyidagi asosiy ko‘rinishlari mavjudligini bayon qilishadi: «anafora, epifora, takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, ritorik so‘roq kabilar»163 Bu uslubiy vositalar mavzuga aloqador bo‘lgan deyarli barcha adabiyotlarda uchraydi. Umumlashtiradigan bo‘lsak quyidagi holat yuzaga chiqadi: 1.Sintaktik parallelizm. 2.Emotsional gap. 3.Ritorik so‘roq gap. 4.Inversiya. 5.Ellipsis. 6.Gradatsiya. 7.Antiteza. 8.Farqlash. 9.O‘xshatish. Sintaktik parallelizm. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko‘p qo‘llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar parallelizm atamasi ostida o‘rganiladi. Parallelizm (yunoncha, parallelos-yonma-yon boruvchi) yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo‘lishi. Masalan: Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi. Molxona taraf quloq tutadi. Ovoz qaerdan kelyapti – bilolmaydi (T.Murod). «Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish va, eng muhimi, unga tinglovchini to‘la ishontira olishdan iborat. Ular til uslubiy vositalarining boyishi manbalaridan biri bo‘lib, poetik nutqda ko‘p qo‘llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi».164 Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini boyitish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrning batafsil - atroflicha ifodalanishiga, tasvir ob’ekti bilan bog‘liq ma’lumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Masalan: Qo‘shchi kalondimog‘ – kalondimog‘ qadam bosdi. Kibor – kibor quloch otdi. Kerma qosh – kerma qosh boqdi.(T.Murod) Bu misolda qahramonning uch xil harakati bir xil shakllangan gaplarda ifodalangan, ya’ni, qadam bosmoq – quloch otmoq – boqmoq. Quyidagi misolda esa bir harakat bilan bog‘liq ma’lumotlar fondi parallel gaplarda kengayib boradi: Tom bosh – adog‘ilab qadamladi. Vazmin – vazmin qadamladi. Olislarga dono – dono boqib qadamladi. Yoki: Qo‘shchi qo‘llari ketida tag‘in qadam oldi. Mag‘ribga boqib qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi.(T.Murod) Emotsional gaplar. So‘zlovchining o‘ta xursandlik yoki o‘ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo‘yoqdor so‘zlar (chehra, o‘ktam, tabassum / turq, qo‘pol, tirjaymoq kabi) mavjud bo‘ladi. O‘sha so‘zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo‘rquv, g‘azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir ob’ektiga nisbatan sub’ektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor so‘z va iboralar, his-tuyg‘u ifodalovchi undovlar (oh, voy sho‘rim, eh attang, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi: Qanday yoqimli tong! To‘yib–to‘yib nafas olasan! Buncha fusunkor bo‘lmasa bahor! Qishlog‘imiz naqadar go‘zal–a! (Gazetadan). Sarvarov to‘ng‘illadi: –Ikkinchi chiqishimda ushlashi kerak edi. Birinchi chiqishimdayoq ushlab o‘tiribdi bu miyasi aynigan chol (S.Ahmad). – Tilimni qichitma, jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqillab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo‘roz bo‘lishingga hali o‘n to‘rt protsent bor. Bahorda karillab hech kimga so‘z bermaganding. Menga, kekkayma, deganday shama qilding-a! (A.Qahhor) Evoh, essiz umr, essiz qizim!.. Voy bechora! – dedi Gulsumbibi birdan. Sho‘rlik qizga qiyin bo‘libdi hammadan (Oybek). Ritorik so‘roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo‘lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so‘roq gap deyiladi. Ko‘pincha ritorik so‘roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so‘zlar keladi. Ular nutqqa ko‘tariki ruh bag‘ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g‘azab va nafratini ifodalashda juda qo‘l keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng qo‘llaniladi. Ardoqli shoir Abdulla Oripovning «Olamonga» deb atalgan quyidagi she’ri ritorik so‘roqning go‘zal namunasi bo‘la oladi:
Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling