Matn lingvistikasi


Download 1.36 Mb.
bet68/113
Sana10.11.2021
Hajmi1.36 Mb.
#173327
TuriУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

Kichraytirish (litota) deganda mubolag‘aning aksi tushuniladi. «Lekin mohiyati, e’tibori bilan ular qarama-qarshi hodisalar emas, har ikkisi ham voqelikni haddan tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat qiladi, faqat ularning ifodalanish usulida farq bor: giperbolada voqelik to‘g‘ridan – to‘g‘ri, bevosita bo‘rttirib ko‘rsatilsa, litotada biror voqelikni kichraytirish vositasida beriladi».

- Tilimni qichitma, jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqillab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo‘roz bo‘lishingga hali o‘n to‘rt protsent bor (A.Qahhor). Bunda qarshidagi insonni jo‘jaxo‘roz deb kichraytirish orqali o‘zining kuchli ekanligi ta’kidlanyapti. Yoki, quyida berilgan misoldagi birinchi lofchi mubolag‘adan foydalangan bo‘lsa, ikkinchisining nutqida kichraytirish va mubolag‘a birdaniga kuzatiladi, hatto mubolag‘a orqali birinchi ob’ekt yo‘qqa chiqarilyapti: Bir lofchi ikkinchi lofchining uyiga kelib dedi:



- Sizga bir gilamni sovg‘a qilib keltirdim, uning bir uchi bu erda bo‘lsa, ikkinchi uchi Samarqandda turibdi.

Ikkinchi lofchi unga darhol javob berdi:

- Rahmat, yaxshi qilibsan, mehmonxonadagi gilamning ozgina eriga o‘t tushib kuygan edi, sen sovg‘a qilgan gilamni o‘shanga yamoq qilaman.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar

1.Ko‘chimlar deb nimaga aytiladi?

2.Metafora deb nimaga aytiladi?

3.Metonimiya deb nimaga aytiladi?

4.Sinekdoxa deb nimaga aytiladi?

5.Parafraza deb nimaga aytiladi?

6.Mubolag‘a va kichraytirish deb nimaga aytiladi?

7. Ko‘chimlardan badiiy matnda nima maqsadda foydalaniladi?




Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling