Matn lingvistikasi
Mubolag‘a va kichraytirish
Download 1.36 Mb.
|
MATNLINGVISTIKASI
Mubolag‘a va kichraytirish. Narsalarni, voqea va hodisalarni, his-tuyg‘ularni, belgi-xususiyatlarni o‘ta bo‘rttirib tasvirlashga mubolag‘a (ayrim adabiyotlarda giperbola) deyiladi. Mubolag‘a ham tasvirning ta’sirchan chiqishiga, obrazli ifodalanishiga xizmat qiladi. «Mubolag‘aning so‘z ma’nosining ko‘chishiga asoslanishi uning troplar guruhiga mansubligini ko‘rsatsa ham, u tropning boshqa ko‘rinishlaridan farq qiladi. Chunki tropning boshqa ko‘rinishlarida ko‘chma ma’no ma’lum bir belgi asosida o‘xshatish, taqqoslash, voqea-hodisa yoki predmetlar o‘rtasidagi bog‘liqlikka ko‘ra bo‘lsa, mubolag‘a esa to‘g‘ri ma’noda tushunmaslikni talab etadi». Mubolag‘aga asoslangan ko‘chim badiiy matnga nutq predmetiga nisbatan tinglovchi yoki kitobxon e’tiborini tortish va nutqning emotsional-ekspresivligini ta’minlash maqsadi bilan olib kiriladi. Mubolag‘ada ifodalanayotgan axborot tabiiyki, hayot haqiqatiga mos kelmaydi. Lekin me’yor buzilsa kutilgan effektga erishilmasligi ham mumkin. Aslida «mubolag‘ali nutqning asosiy maqsadi axborot berish emas, balki, tinglovchi yoki o‘quvchiga ta’sir qilishdir». Masalan, quyidagi parchada yozuvchi qahramon portretini mubolag‘ador qilib tasvirlash orqali komik effekt yaratishga muvaffaq bo‘lgan: Mahallamizda Mamajon lo‘mboz degan devdek kishi bo‘lardi. Bo‘yi unchalik daroz emasdi-ku, ammo eniga qarichlab o‘lchasa, ikki gazdan oshiq chiqardi. O‘tirganda dumbasi quymoqqa o‘xshab yoyilib ketib uch gazga doira yasardi. Qorni shu qadar osilib ketganki, o‘tirganda erga yozsa bir ko‘rpachalik joyga nari ketib qolardi. Kindigi qichiganda qo‘li etmay, otashkurak bilan qashlardi. (S.Ahmad)
Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling