Smart Art obyektlarini qo'yish
Smart Art obyektlarini qo'yish uchun "Вставка" bandiga o'ting va Smart Art tugmasini bosing. Natijada, "Выбор рисунка Smart Art" oynasi ochiladi. U yerda Smart Art obyektining shablonlari turlar bo'yicha guruhlangan. Diqqat qiling: shablon tanlab, siz uning qisqacha mazmunini oynaning o'ng qismida ko'rasiz.
Smart Art obyektining turi tanlangandan va matnli hujjatga qo'shgandan so'ng, tasmada "Работа с рисунками Smart Art" kontekst asbobi paydo bo'ladi. U ikkita banddan iborat: "Конструктор" va "Формат".
Smart Art obyektlarini tahrir qilish
Smart Art obyektlari oddiy grafika primitivi kabi tahrirlanadi. Bunda shuni esda tutish kerakki, bitta element o'lchamining o'zgarishi qolganlarini o'zgartirmaydi. Agar siz bir vaqtning o'zida bir nechta elementlar o'lchamini o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, uni ajrating. Bundan tashqari, elementlar masshtabini "Формат" bandida joylashgan "Работа с рисунками Smart Art" kontekst asbobidagi "Крупнее" va "Мельче" tugmalari yordamida o'zgartirish mumkin. Bu yerga tanlangan elementning shaklini o'zgartirish uchun "Изменить фигуру" tugmasidan foydalaniladi.
Agar element uch o'lchamli bo'lsa, u holda "Двухмерное редактирование" tugmasini bosib, uni ikki o'lchamli qilish mumkin. Elementga haqiqiy o'lchamini qaytarish uchun "Конструктор" bandidagi " Востановить рисунок" tugmasidan foydalaniladi. Bunda hamma qilingan o'zgarishlar yo'qoladi. Elementning aniq o'lchamini berish uchun "Формат" bandidagi "Размер" tugmasini bosing.
"Конструктор" bandidagi "Макеты" guruhining galereyasidan yaratilgan Smart Art obyektining shablonini tanlash mumkin. Shablonni rasmiylashtirish stilini o'zgartirish uchun "Стили Smart Art" guruhining galereyasi mo'ljallangan. Bu yerda "Изменить цвета" tugmasini bosib, obyektning rangli gammasini tanlash mumkin. Smart Art obyekt elementlariga "Тень", "Изображение" va boshqa rasmiylashtirish effektlarini qo'llash uchun " Формат" bandidagi "Эффекты для фигур" tugmasini bosing (36- rasm) .
36- rasm. Smart Art elementlariga effektlarni qo'llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |