Grafik obyektlarning stillari, parametrlari, effektlari
Grafik primitiv stilini "Стили фигур" guruhi galereyasidan olish mumkin (yoki "Стили надписей", agar obyekt matndan iborat bo'lsa). Bundan tashqari, bu yerda chiziq turini va shakllarini, bo'yashni beruvchi bir qancha tugmachalar qatnashadi.
Chiziqlar, strelkalar, erkin obyektlar
Chiziqlar, strelkalar, erkin obyektlar - ixtiyoriy obyektning asosiy elementidir. Yana bir grafik primitiv, bu bog'lovchi - birlashuvchi nuqtadan iborat chiziq. Birlashishning uch turi mavjud: to'g'ri chiziq, burchak va egri chiziq.
Chiziqlar, sterelka yoki birlashtirish elementlarni qo'yish asboblari "Вставка" bandida joylashgan. "Линия" bo'limining "Фигура" bandida joylashgan, birlashmani chizib, siz unda nuqtalarni ko'rasiz. Ularning biridan tortib boshqa joyga olib o'ting, natijada birlashma ko'rinishi o'zgaradi. "Кривая" asbobi yordamida ihtiyoriy egri chiziqni chizishingiz mumkin. Ammo, ularda birlashtiruvchi nuqtalar yo'q, bunday chiziqlarning shaklini burchak markerlari orqali o'zgartirish mumkin.
Chiziqni burchak markerlarisiz chizmoqchi bo'lsangiz, "Рисованная кривая" asbobini tanlang. Bu chiziqni o'zgartirish uchun, uning kontekst menyusini chaqirish va unda "Начать изменение узлов" bandini tanlash kerak.
Ixtiyoriy grafik obyektni olib tashlash uchun, uni belgilash va "Delete" tugmasini bosish kerak.
Smart ART obyektlari
Word 2007 dasturi grafik va rasmlar bilan ishlash asboblarining yangilari bilan to'ldirilgan, shu qatorda Smart Art obyektlari bilan amallar bajarishga mo'ljallangan ham. Smart Art grafikasi chiroyli rasmiylashtirilgan aniq sxemalarni tez va sodda yaratishga yordam beradi. Smart Art shablonlarini tanlash uchun ularning boshlang'ich qo'llanilishini hisobga olish kerak. Ulardan bittasi, qarama- qarshi fikrlarni solishtirish uchun hizmat qiladi, boshqalari muammoni yechishning imkoniyatlarining ikkita yo'lini ko'rsatadi.
Smart Art grafikasining standart shablonlarini - qo'shimcha bloklar bilan to'ldirish, ularni o'zaro birlashtirish, matn qo'shishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |