Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha word matn prosessori. Word matn


Download 8.9 Kb.
bet2/3
Sana26.10.2023
Hajmi8.9 Kb.
#1723730
1   2   3
Bog'liq
Matn muharrirlari va matn protsessorlari haqida tushuncha-fayllar.org

matn muharrirlari deb, formatlashni ham bajaradigan dasturlar esa matn protsessorlari
deb nom oldi.
Barcha matn muharrirlari hujjatda «toza» matnni saqlaydi, shuning uchun ular boshqa
matn muharrirlarida ham tahrir qilinishi mumkin.
Matn protsessorlari esa formatlash natijalarini hujjat ichiga har xil tarzda qayd
qilganliklari sababli, ko'pchilik hollarda bir-birlari bilan mos tushmaydi. Lekin ba’zi
matn protsessorlarida bir formatdagi hujjatni boshqa formatga o‘tkaza olish qobiliyati
mayjud.
Microsoft word protsessori bilan tanishish.

WORD for Windows, MICROSOFT WORD, WinWORD yoki oddiygina qilib


WORD (kelgusida qisqaroq qilib WORD) yordamida yengilgina tashrif qog'ozlaridan
tortib, gazetalaming asl maketi yoki kitob nashrlarini yaratish mumkin. Ushbu tizim
matbaachilikda haqiqiy inqilob bo‘ldi desak, mubolag'a bo‘lmaydi.
Harf o'lchamlari, ularning ko‘rinishi, matn rangi va foni, hujjatlarni ramkalash,
rasm va fotosuratlami joylashtirish, matnlarni ro'yxat va jadval ko'rinishida
rasmiylashtirish, murakkab hujjatlarni hosil qilish — bularning hammasi
foydalanuvchiga yengillik yaratadi.
Bundan tashqari, video va audioyozuvlar ishni yanada ko'rkamroq qilish, imlo
xatolarini avtomatik tarzda tuzatish imkonini beradi. Kompyuter uchun tuzilgan
dasturlarda, odatda, darchalardan foydalaniladi. Darchalar majmuyi «panel» deb ataladi.
Dastur menyusi esa ro‘yxatda ko‘rsatilgan buyruqlar ishini ta’minlaydi.
WORD dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin:


1). Microsoft Office panelida Microsoft WORD panelini ishga tushirish;


2). «ПУСК» menyusidagi «ПРОГРАММЫ» menyusidan Microsoft WORD ni tanlash.
WORD dan chiqish amali Alt+F4 yoki «Файл» menyusidagi «Выход» buyrug'i
orqali amalga oshiriladi.
WORD ning oynasi (1-rasm) WINDOWS ning darchalariga o‘xshash va uning
tarkibiga matnlarni tahrir qilish va formatlash uchun qo‘llaniladigan barcha elementlar
kiradi.
WORD oynasining asosiy elementlari quyidagilardan tashkil topadi:
— sarlavhalar paneli — yuqoridagi eng birinchi panel bo‘lib, hujjat nomini saqlaydi.
Shuningdek, ushbu panelda hujjatning menyu tugmachalari va oynalarni boshqarish
tugmachalari joylashgan.
— menyu qatori — yuqoridan ikkinchi o‘rinda turuvchi va har biri o‘z menyusiga ega
menyular ro‘yxati. Bu menyularni WORD ning juda ko‘p buyruqlari uchun ishlatish
mumkin. Bu menyular «Sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ishga tushiriladi.
1-rasm. WORD ning umumiy ko‘rinishi.
Har bir menyu quyidagi vazifalar uchun mo'ljallangan:
• «Файл» menyusi — ochish, yaratish, saqlash, hujjatlarni chop etish va
WORDdan chiqish;
• «Правка» menyusi — bekor qilish, yo‘qotish, nusxalash, joylashtirish,
matnni izlash va almashtirish, shuningdek, boshqa matnga o‘tish;
• «Вид» menyusi — hujjatni ko‘rish rejimini tanlash buyruqlari, uskunalar
paneli va hujjat matni masshtabi tasvirini sozlash;
• «Вставка» menyusi — turli ko'rinishdagi matnlar va grafik tasvirlami hujjat
matni ichiga joylashtirish;
• «Формат» menyusi — matnlar va grafiklarni formatlash(grafiklarning rangi
va o‘lchovini o'zgartirish);
• «Сервис» menyusi — hujjatlarni tekshirish va WORD dasturlarini sozlash;
• «Таблица» menyusi — jadvallami hosil qilish, to‘g‘rilash va formatlash;



Read 5468 times


• «Окно» menyusi — ochiq hujjatlar (fayllar) oynasini tartibga keltirish va
kerakli hujjatli oynani ishlatish;
• «Справка» menyusi — WORD dasturi bilan ishlashga doir ma’lumotlami
so'rashga xizmat qiladi;
Standart uskunalar paneli (odatda uchinchi qator, 2-rasm).
WORDning juda zarur uskunalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday uskuna
«Sichqoncha» ning chap tugmasi vositasida ishga tushiriladi.

Download 8.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling