Matn muharrirlari, word matn muharririda ishlash
Download 131 Kb.
|
1352544020 35297
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn muharirlariga tavsifnoma
- Microsoft Word tahrirlagichida xujjatlar bilan ishlash
Word matn muhariri va uning vazifalariОглавление1.Matn muharirlariga tavsifnoma 2 2.Microsoft Word tahrirlagichida xujjatlar bilan ishlash 2 2.Microsoft Word tahrirlagichiga kirish 2 Microsoft Word darchasi 3 Reja:
2. WORD matn muharririniga xujjatlar bilan ishlash 3. WORD matn muharriri menyusi bilan tanishish 4. WORD matn muharririda xujjatlar va jadvallar tuzishni o`rganish Matn muharirlariga tavsifnoma1. Xujjatlarni, hisobotlarni, maqollalarni, iqtisod va buxgalteriyaga oid normativ xujjatlarni sifatli darajada tayyorlash uchun matn muharrirlari ishlatiladi.Matn muharrirlari bilan ishlash jarayonida pechat qilish mashinkalaridan farqli o`laroq hamma kiritilgan xujjatlar kompyuterda uzoq muddat saqlanadi. Кiritilgan matnlarni qog`ozga joylash, harflar o`lchamini o`zgartirish, qator orasidagi masofalarni tanlash, saxifadagi qator va belgilar sonini belgilash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari maxsus lug`atlar yordamida avtomatik ravishda orfografik va gramatik xatolar ham to`g`irlanadi. Matn muharrirlari o`zida jadval, tasvir va grafiklar yaratish imkonini beradi. Xozirgi kunda eng ko`p ishlatiladigan matn muharrirlariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin. Word.Deap(WD), Winword, Placat, TEX, Jurnalist. Word matn muharriri o`rganuvchilarga o`z ma`lumotlari va grafik tasvirlarini kompyuter xotirasiga kiritish, matn ustida ishlash va jadvallar bilan ishlashni ta`minlaydi. Microsoft Word tahrirlagichida xujjatlar bilan ishlashMicrosoft Word tahrirlagichiga kirishWord tahrirlagichi Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgacha uning Word 6.0, Word 7.0, Word 97 va Word 2000 versiyalari yaratilgan. Word 6.0 versiyasi alohida paket qilib chiqarilgan. Word 7.0 versiyasi Microsoft Office 7.0 paketida, Word 97 versiyasi Microsoft Office 97 paketida va Word 2000 versiyasi Microsoft Office 2000 paketida chiqarilgan. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 paketlarida Word dan tashqari yana bir nechta dasturlar mavjud. Masalan, Microsoft Excel, Microsoft Access, Microsoft Binder, Microsoft Outlook, Microsoft Power Point. Microsoft Office 2000 paketida bulardan tashqari Microsoft Publisher 2000 va Microsoft FrontPage 2000 dasturlari ham bor. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 dagi dasturlar bilan ishlash deyarli bir xil qoidalarga ega. Faqat keyingilari oldingilaridan imkoniyatlari kengligi bilan farq qiladi. Word tahrirlagichlari ichida Word 6.0 versiyasi eng birinchi yaratilgani bo`lib, unda ishlashni o`rganish boshqalariga nisbatan osonroq. Faqat Word 6.0 ning imkoniyatlari keyingi versiyalardan kamroq. Bu erda boshlab o`rganuvchilar uchun Word 6.0 versiyasi haqida qisqaroq ma`lumotlar berilgan. Agar Word 6.0 versiyasini yaxshi o`rganib olsangiz Word ning boshqa versiyalarida ham ishlay olasiz. Word tahrirlagichiga kirish uchun “Pusk” tugmasi bosilib “Programmo`” menyusidan “Microsoft Word” ni ishga tushiramiz. Yoki maxsus yaratilgan yorliq orqali ham kirish mumkin. Word 7.0, Word 97 va Word 2000 ga kirish uchun mos ravishda Microsoft Office panelidan Word belgisi tugmasi orqali ham kirish mumkin. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling