Matn: Рисолат Мадиева


Download 8.91 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi8.91 Kb.
#1565954
Bog'liq
Yangi uslubdagi-WPS Office


Yangi uslubdagi darslik – zamonaviy taʼlim garovi
Ta'lim
24 Sentabr 2021
1141
Matn: Рисолат Мадиева
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Yangi uslubdagi darslik — zamonaviy taʼlim garovi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda agentlik tomonidan ijod maktablari oʻquvchilari uchun maxsus yaratilgan darsliklar taqdimot qilindi.

Ushbu darsliklar oʻquvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy taʼlim metodlari asosida olim va mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqildi. Yangi darsliklar badiiy asarni tahlil qilish, annotatsiya, taqriz, hikoya yozish hamda turli qoʻlyozma manbalar ustida ishlab, nasx va nastaʼliq xatini oʻrgatish, ijodkor yoshlarni matnshunoslik sohasiga qiziqtirishni maqsad qilgan.

Maʼlumot oʻrnida: bugungi kunda Agentlik tomonidan bosqichma bosqich ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun darsliklar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ijod maktablari uchun 7-sinf “Adabiyot”, 7-sinf “Matnshunoslik alifbosi”, 11-sinf “Adabiyot” darsliklari ishlab chiqildi.

Mazkur darsliklarning mazmuniy tuzilishini optimallashtirish uchun jahon tajribasi (AQSH, Koreya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya) oʻrganib chiqildi va darslik yozishning milliy metodologiyasiga asos solindi.

Birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laborotoriya” kiritildi. Bunda oʻquvchilarning adabiyot darslarida faqatgina mutolaa bilan emas, balki ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar bilan ham shugʻullanishi koʻzda tutilgan. Jumladan, oʻquvchilar audio matn, kitob treyleri kabi bir qancha usullarda kitobxonlikni targʻib qiluvchi materiallarni yaratadi.

Birinchi marta adabiyot darsligining oʻzida elektron resurslar uchun imkoniyat yaratildi, har bir mavzuda internet kutubxonalarida mavjud boʻlgan elektron va audio kitoblarning QR kodlari berildi. Bundan tashqari darslik orqali bir vaqtning oʻzida oʻrganilayotgan asarning videofilm, spektakl variantlari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.



Har bir mavzu sanʼat asarlari namunalari (tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, teatr, kino, klip) bilan bogʻlangan. Oʻquvchilar badiiy asarni sanʼat namunalari bilan solishtirib, tahlil qiladi. Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida annotatsiya, taqriz, hikoya yozish singari topshiriqlar berilgan.

“Matnshunoslik alifbosi” darsligi maktab oʻquvchilariga eski oʻzbek yozuvini oʻrgatishga qaratilgan birinchi darslik boʻlib, oʻquvchilarni fanga qiziqtirish va tafakkurini kengaytirish uchun sheʼriy qoidalar, chistonlar (topishmoqlar)dan foydalanildi. Kitobning tayyorlanishida bir nechta xattotning kalligrafik mashqlaridan foydalanilgan. Oʻquvchilar turli qoʻlyozma manbalar ustida ishlashi orqali ularni matnshunoslik kasbiga yoʻnaltirish eʼtiborga olingan.
Download 8.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling