Matn tavsifi va matn tiplari
Maqol – matal va hikmatli so‘zlar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarqatma material Х.Усманова
Maqol – matal va hikmatli so‘zlar
Maqollar – grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, kichik, ixcham, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda yoki ham ko‘chma ma’noda, ham o‘z ma’nosida qo‘llanadigan hikmatli xalq iboralaridir. 26 Maqollarda fikrni lo‘nda va tiniq ifodalash imkoniyatining mavjudligi nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda juda qo‘l kеladi. Badiiy asarning xalqchilligini, haqqoniyligini ta’minlashda ham maqollarga murojaat qilinadi. Qahramonlar nutqini boyitish, emotsional-eksprеssivlikka erishish maqsadida ham maqollardan kеng foydalaniladi. Yaxshining so‘zi – qaymoq, Yomonning so‘zi – to‘qmoq. Eshikli bo‘lding – bеshikli bo‘lding. Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin. Sulaymon o‘ldi dеvlar qutildi. Hamal kеldi – amal kеldi kabi obrazli va yaxlit barqaror birikmalar maqol hisoblanadi. «Matallar–tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, faqat o‘z ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llanadigan, qisqa, ixcham xalq iboralaridir.» 27 Masalan: Go‘sht suyaksiz bo‘lmas, sholi – kurmaksiz. 26 Бердиёров Х., Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати.-Тошкент, «Ўқитувчи», 1984. 27 Бердиёров Х., Расулов Р. Ўша асар, 12-бет. 31 Gumon iymondan ayirir. Gul tikonsiz bo‘lmas kabilar matal hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar ma’lum shaxslar tomonidan aytilgan yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma’nodor, ishlatishga qulay va quyma fikrlardir. Nutqqa tayyor holda olib kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan bunday so‘zlar aforizmlar ham dеyiladi. Tilshunoslikda maqol-matal va hikmatli so‘zlar «parеmalar» dеb ham yuritiladi. O‘zbek tilida maqol-matal hamda aforizmlarga bag‘ishlangan ko‘plab lug‘atlar mavjud. 28 Badiiy asarni lisoniy jihatdan tahlil qilishda bunday lug‘atlardan unumli foydalanish zarur. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling