Matn tavsifi va matn tiplari


Maqol – matal va hikmatli so‘zlar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana07.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1694531
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
Tarqatma material Х.Усманова

Maqol – matal va hikmatli so‘zlar 
Maqollar – grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi
kichik, ixcham, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma’noda yoki ham 
ko‘chma ma’noda, ham o‘z ma’nosida qo‘llanadigan hikmatli xalq 
iboralaridir.
26
Maqollarda fikrni lo‘nda va tiniq ifodalash 
imkoniyatining mavjudligi nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda juda 
qo‘l kеladi. Badiiy asarning xalqchilligini, haqqoniyligini 
ta’minlashda ham maqollarga murojaat qilinadi. Qahramonlar nutqini 
boyitish, 
emotsional-eksprеssivlikka 
erishish 
maqsadida 
ham 
maqollardan kеng foydalaniladi. Yaxshining so‘zi – qaymoq, 
Yomonning so‘zi – to‘qmoq. Eshikli bo‘lding – bеshikli bo‘lding
Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin. Sulaymon o‘ldi dеvlar qutildi. 
Hamal kеldi – amal kеldi kabi obrazli va yaxlit barqaror birikmalar 
maqol hisoblanadi. «Matallar–tarbiyaviy, pand-nasihat ma’nolarini 
ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, faqat o‘z 
ma’nosida – to‘g‘ri ma’noda qo‘llanadigan, qisqa, ixcham xalq 
iboralaridir.»
27
Masalan: Go‘sht suyaksiz bo‘lmas, sholi – kurmaksiz. 
26
Бердиёров Х., Расулов Р. Ўзбек тилининг паремиологик луғати.-Тошкент, «Ўқитувчи», 1984. 
27
Бердиёров Х., Расулов Р. Ўша асар, 12-бет. 


31 
Gumon iymondan ayirir. Gul tikonsiz bo‘lmas kabilar matal 
hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar ma’lum shaxslar tomonidan aytilgan 
yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma’nodor, ishlatishga qulay va 
quyma fikrlardir. Nutqqa tayyor holda olib kirish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan bunday so‘zlar aforizmlar ham dеyiladi. Tilshunoslikda 
maqol-matal va hikmatli so‘zlar «parеmalar» dеb ham yuritiladi. 
O‘zbek tilida maqol-matal hamda aforizmlarga bag‘ishlangan ko‘plab 
lug‘atlar mavjud.
28
Badiiy asarni lisoniy jihatdan tahlil qilishda 
bunday lug‘atlardan unumli foydalanish zarur.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling