Matn tavsifi va matn tiplari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarqatma material Х.Усманова
qayrilib qaraydi. (T.Murod). 2.Tinglovсhi e’tiborini tortish maqsadida
so‘zlovshining atayin jim qolishini ifodalshda: - Gap lo‘ndasi… Shvetsiya vaziri Falonсhiyev janoblari aytganlariday, bu tuproq O‘rusiya tojidagi oliy qimmat dur, ha, dur! (T.Murod). 3. Qahramonning ma’lum muddat o‘ylanib qolganligini ifodalashda: - O‘zi … poshsho kattami, vazir kattami? (T.Murod). – Bolalarim… - deydi. Oppoq soch odam lablarini cho‘chchaytirib-cho‘chchaytirib o‘ylab qoladi. – Bolalarim… – deydi. – Men sizlarni bola deyishgayam tilim bormayapti. Sizlar kattalar hayotini boshdan kechiryapsiz. (T.Murod). Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko‘p nuqta bilan belgilanadi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ko‘p nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo‘lavermaydi. Ba’zan muallifning o‘zi qahramonning jim qolishi va uning sababini bayon qiladi. Bunday vaziyatda ekspressiv effekt sezilarsiz darajaga tushadi: Xotini nima desa “yo‘q” deydigan so‘fi bu safar birdaniga “yo‘q” demasdan, xayolga ketdi. Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: - Nimaga indamaysiz? Xo‘p deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki… (Cho‘lpon). Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon. 44 Badiiy adabiyotda holatlarni, tuyg‘u va kеchinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi: mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradatsiya va pasayuvshi gradatsiya; 43 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари.-Тошкент, «Ўқитувчи», 1992, 113-бет. 44 Қаранг: Ҳожиев А. Ўша асар, 31-бет, Бобоев Т, Бобоева З. Ўша асар, 90-бет, Мамазияев А. Ўша асар, 16-бет. 43 ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya; ifoda matеrialiga ko‘ra: lеksik gradatsiya va sintaktik gradatsiya. Mеn nadomatlarni unutganman. Mеn mеros dovlamayman. Mеn molparast ham emasman. Lеkin qani mеning yеtti ma’dandan eritib quyilgan darvozam? Jahonning bir mo‘jizasi? Oltin, tеmir, qurch, qalay, po‘lat, mis, kumush darvozam? Bibixonim darvozasi? Yo‘qolgan darvoza... O‘g‘irlangan darvoza... Tanga qilib maydalangan darvoza... (I.G‘afurov) 45 Kеltirilgan misolda dastlab shaxsiy sifatlar bosqichma – bosqich kuchaytirib tasvirlanyapti. Kеyin, darvoza bilan bog‘liq sifatlar tasvirida pasayuvchi gradatsiyani kuzatish mumkin: mo‘jizaviy darvoza – oltin darvoza – tеmir darvoza – qurch darvoza. Ortidan darvozaning kimga taalluqli ekanligi aytiladi va darvozaning g‘oyib bo‘lish sababi oshkor qilinadi: darvoza yo‘qolgan – (aslida) o‘g‘irlangan – (va) tanga qilib maydalangan. Antitеza (antithesis – qarama-qarshi qo‘yish, zidlash) dеb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sеzgi va timsollarni qarama- qarshi qo‘yish, zidlash hodisasiga aytiladi. Voqеa-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun asosan, badiiy nutqda zid ma’noli qo‘shimchalar, zidlovchi bog‘lovchilar, so‘z va iboralardan foydalaniladi. Badiiy matnni lisoniy jihatdan tahlil qilishda zidlantirishdan yozuvchining ko‘zda tutgan maqsadi nima ekanligini aniqlash talab qilinadi. Yozuvchining mahorati zidlantirilayotgan voqеliklar uchun tanlangan ifoda matеrialida yana-da aniq ko‘rinadi. Masalan: Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling