ALLITERATSIYA, ASSONANS, GRADATSIYA, GEMINATSIYALARNING MATN TARKIBIDAGI USLUBIY VAZIFALARI. Alliteratsiya - Alliteratsiya –she’rda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda, asosan tez aytishlarda bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi.
- Tovushlar ohangdorligi, asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo’lgan ohangdorlik allitaratsiya deb yuritiladi.
Alliteratsiyaga misol - Chayirsan, chechansan, chuchuksan so’zsiz,
- Ertakday ezgusan, buloq yang’liq pok.
- Ko’z ololmas hatto ilg’asa ko’zsiz,
- Holbuki, munglug’san.
- G’amdan ko’ksing chok.
- Belbog’ini belga bog’lab,
- Bog’bon bobo boqqa bordi.
ASSONANS - Assonans-badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional-ekspressevlik bag’ishlash maqsadida qo’llaniladigan fonetik usullardan biri hisoblanadi.
- Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladigan ohangdoshlik.
- Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko’p uchraydi
- Tovuq sovuqda tovoqdagi qovoq qoldiqlarini qoqlab qo’ydi.
- Ruhimda qolmadi qarorim,
- Tanimda qolmadi madorim.
- Bizlarni bir yo’qlab kelibsan,
- Vafo qilarmisan, bahorim
GEMINATSIYA - Geminatsiya-badiiy nutqda keng qo’llaniladigan fonetik usullardan biri.
- ‘Tilshunoslik terminlarining izohli lug’atida’ mazkur hodisa ‘qo’sh undoshlilik’ ikkita aynan bir undoshli holatning yuzaga kelishi sifatida izohlanadi.
Misol uchun - Ikki, yetti, sakkiz sonlarini nomlashda sodir bo’ladi.
- Bundan tashqari geminatsiya orqali qahramonning xursandchiligi va xafaligi ham sezilib turadi.
- Sen uchchiga chiqgan axmoq ekansan.
- Meni haqorat qilishga haqqingiz yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |