Matn tilshunosligi


BADIIY MATNNI LISONIY TAHLIL QILISHNING QONUN QOIDALARI


Download 79.54 Kb.
bet10/23
Sana28.03.2023
Hajmi79.54 Kb.
#1305188
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
BADIIY MATNNI LISONIY TAHLIL QILISHNING QONUN QOIDALARI
Badiiy matnning lisoniy tahlili fanining metodologiyasi dialektik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, metodos– yo’lusul va logos–ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to’g’ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’ladi degan fikrdamiz:

  1. Shakl va mazmun birligi tamoyili.

  2. Makon va zamon birligi tamoyili.

  3. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabat aniqlash tamoyili.

  4. Badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyillari.

  5. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqlash tamoyili91.

Borliqdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik, bog’lanish turlaridan biri shakl va mazmunning dialektikasidir. Shakl va mazmunning dialektik birligi tushunchasi har qanday matn uchun zaruriy xususiyat hisoblanadi. Faylasuflar mazmunga «muayyan narsa va hodisalarni tavsiflovchi ichki elementlar va o’zgarishlarning majmui» deb baho beradilar. Shaklni esa «mazmunni ifodalash usuli, tashkil etuvchisi» sifatida talqin qiladilar.
TILSHUNOSLIKDA KOMMUNIKATIV TILSHUNOSLIKNING YUZAGA KELISHI VA U BILAN BOG'LIQ MASALALAR
XX asr tilshunosligi tilning bevosita harakatdagi birliklarini, undagi o`zgarishlarni o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Bunday tadqiqotlar tilshunoslikda kommunikativ-pragmatik aspektda olib boriladi. Bu aspekt tilni ng rivojlanishini, taraqqiyotini kishilar hayoti, ularning nutqiy faoliyatlari bilan bog`liq holda o`rganishni etakchi maqsad qilib oladi. Bu esa tilshunoslikda lingvistik-pragmatika matn (kontekst) tilshunosligi singari yangi sohalarning shakllanishi va taraqqiyotiga sabab bo`ldi. Hozirgi zamon tilshunosligida katta mavqega ega bo`lgan kommunikativ tilshunoslik o`z ichiga quyidagi sohalarni oladi:
1. Matn tilshunosligi.
2. Sociolingvistika.
3. Psixolingvistika.
4. Lingvistik pragmatika.
1. Matn tilshunosligi. XX asr boshlariga kelib tilshunos olimlar tilda tovush, so`z, so`z birikmasi va gapdan ham yirik birliklar borligini aniqladilar. Bunday yirik til birliklari qatoriga sintaktik butunlik, abzac (xatboshi), diskurs va matn (kontekst) kiradi. Bunday yirik til birliklariga hozirgi tilshunoslikda turlicha ta`rif berilmoqda. Bunday turlicha ta`riflar zamirida bir bosh mavzu asosida bog`langan gap yoki gaplar yig`indisi degan ma`no yotadi. Matn tilning eng katta birligi sanaladi. Matnni tilning birligi sifatida tadqiq etish rus tilshunosligida 30-yillardayoq boshlangan edi. Bu o`rinda A.M.Peshkovskiyning “Russkiy sintaksis v nauchnom obshenii” (1934), V.V.Vinogradovning “O xudojestvennoy proze” (1930), L.A. Bulaxovskiyning “Kurs russkogo literaturnogo yazika” (1952) kabi asarlarini eslash maqsadga muvofiqdir.

Download 79.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling