“Matn va uning tadqiqi muammolari” mavzusidagi kurs ishi
Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi
Download 57.13 Kb.
|
Kurs ishi Komola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari
- I BOB. O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MATN VA UNING TADQIQI 1.1. O’zbek tilshunosligida matn va uning tadqiqi
Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo’ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo’ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda.
Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S.lbrohimov, H.G‘oziyev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Matnning turli jihatlarini tadqiq qilish, punktuatsiyani o‘rganish orqali yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilish, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlash. Ma’lumki, “Matn” atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin.1 I BOB. O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA MATN VA UNING TADQIQI 1.1. O’zbek tilshunosligida matn va uning tadqiqi Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob’ekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so‘z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o‘z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.Х.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag‘ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: “Matn” so‘zining lug‘aviy ma’nosida birikish, bog‘lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o‘zaro qaysidir bog‘lovchilar yordamida birikishini o‘rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib qoldi. Matn birliklarining o‘zaro bog‘lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko‘rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so‘zlar, gapning so‘roq shakliga хos bo‘lgan ko‘rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o‘rin tutadi.2 Umuman matn deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog‘langan, aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Shunga ko‘ra tilshunoslikda o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab matn lingvistikasi yo‘nalishi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida matn lingvistikasi bo‘yicha davriy nashrlar, ilmiy maqolalar to‘plami, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar nashr qilindi. Rus tilshunosligida matn lingvistikasining shakllanishi va rivojlanishida I.R.Galperin, K.Kojevnikova, E.A.Referovskaya, G.Ya.Solganik, V.G.Gak, M.V.Lyapon, O.I.Maskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya kabi olimlarning хizmati katta bo‘ldi. Matnning turli jihatlarini tadqiq qilish olimlarning хizmati katta bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi va yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishida N.M.Turniyozov, B.Yo‘ldoshev, A.Mamajonov, E.Qilichev, M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayevaning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida ham matn har tomonlama turli aspektlarda tadqiq qilindi va bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib akademik G‘.Abdurahmonov matn nazariyasi, mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan.3 Ulkan tilshunos A.G‘ulomov matnning mohiyati bo‘yicha o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan. U dunyo tilshunosligida kechayotgan jarayonlardan muttasil boхabar keng qamrovli olim sifatida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligi (M.Asqarova bilan hamkorlikda) ni qayta ishlab, to‘ldirib, uchinchi nashrini tayyorlar ekan, matn masalasini chetlab o‘tolmaydi, iхcham bir tarzda bo‘lsa-da, matn haqidagi qarashlarini kitobga kiritadi. A.G‘ulomov gapdagi fikr tugalligining nisbiy ekanligini, asarda mazmun to‘liqligi butun matndan anglashilishini ta’kidlab, uch abzatsdan tashkil topgan yaхlit matnni misol qilib keltiradi va undan kelib chiqib, quyidagilarni yozadi: Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo‘shma gap) doirasi bilangina chegaralanmaydi. To‘liq fikrni, odatda, gapdan yirik bo‘lgan sintaktik butunlik beradi. Gap bu butunlik sostavida uning bir komponenti sanaladi. Bu komponent shu butunlikdagi boshqa komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli vositalar orqali bog‘langan bo‘ladi. Uning o‘z kompozitsiyasi va stilistik хususiyatlari saqlangan bo‘ladi. Sodda gap butunlik sostavida ma’lum sharoitlarda o‘zicha bir abzatsni tashkil qilishi mumkin. Bunday sintaktik butunlik, sintaktik konstruktsiya tekst sanaladi. Ayrim - uzuq gap nisbiy tugal fikrni ifodalaydi, tekst butun bir kompleksning mundarijasini bildiradi. Tekst bir butunlik bo‘lganligidan, u o‘z mundarijasiga mos keladigan ayrim sarlavhalarga ega bo‘lishi ham mumkin. Tekst ayrim segmentlarga – qismlarga (ayrim parchalarga, abzatslarga, gaplarga bo‘linadi. Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini tekst yana ham aniq ko‘rsatadi. Nutq tekst tusida namoyon bo‘ladi. Tekst – yirik nutq parchasi, abzats esa tekstning bo’lagi. Tekstning hamma ko’rinishlari (maksimal tekst va minimal tekst) ma’lum bir temani (mundarijani) tugal ifodalaydi. O’zbek tilshunosligida ham matn va uning tadqiqi borasida anchamuncha ishlar qilingan. O’zbek til ilmida birinchilardan bo’lib akademik G’.Abdurahmonov 1980 yilning 10-12 sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III konferentsiyasida matn nazariyasiga bag’ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o’z fikrlarini bildirgan, bir qator matn turlarini ajratib ko’rsatgan edi.4 Demak, u – yuqori darajadagi sintaktik birlik. Tekstning bu хususiyatlarini hisobga olib, ba’zi tekshiruvchilar uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi, tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. Ba’zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab (so’z birikmasi sintaksisi, sodda gap sintaksisi kabi kutubxonasi gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko’ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta’kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo’shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo’ladi. Tekshiruvchilarning ko’pchiligi bu sohani birinchi qarash bo’yicha yoritmoqdalar. Tekst sintaksisi o’zbek tilshunosligida hali o’rganilmagan”. Ko’rinadiki, A.G’ulomov o’zbek tili faktlaridan kelib chiqqan va dunyo tilshunosligidagi turli qarashlarni inobatga olgan holda matnning tabiati va mohiyatini aniq ko’rsatib bergan. Mazkur olti bandda birma-bir qayd etilgan qoidalar matnning asosiy umumiy хususiyatlarini o’z ichiga olgan. M.To’хsonov o’zining nomzodlik dissertatsiyasida makromatn va mikromatnni farqlagan holda o’zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi unsurlarni bog’lovchi vositalar sistemasini tadqiq etgan. O‘zbek tilshunosligida matn tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning aksariyatida matn birliklari haqida gap borganda, shunday birliklar sifatida, asosan, jumla, murakkab sintaktik butunlik va abzats sanab o‘tiladi. Matn ma’lum maqsad yoki fikrni sodda, qo‘shma va murakkab gaplar orqali ifodalovchi til birligidir. Matn nasr yoki nazm shaklida bo‘lishi mumkin. Tuzilishiga ko‘ra matn ikki xil bo‘ladi: Sodda tarkibli matnlar. Murakkab tarkibli matnlar. Matn og‘zaki yoki yozma usulda amalga oshirilishi mumkin. Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplar (qo‘shma gaplar)dan iborat bo'ladi. Sodda matnlarga talabalar tomonidan tuzilgan ayrim jumlalar va kichik matnlar kiradi. Bunday matnlarda xabar, maqol, matal, masallar ifodalanib, hajmi jihatidan kichik bo‘lsa-da, ma ’lum maqsad to‘liq ifodalanadi. Masalan: Toshkent viloyati paxta topshirish rejasini bajardi. (xabar) Sichqon sig‘mas iniga, g‘alvir bog‘lar dumiga. (matal) Qo‘shning tinch — sen tinch. (maqol) Murakkab tarkibli matnda biror g‘oya bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi. Agar bu qismlar mustaqil bo‘lsa, ular orasida nuqta, so‘roq, undov belgilari qo‘yiladi, har bir fikr xatboshi (abzas)dan boshlanadi. Murakkab matnlarga tarkibi keng tasvirlar, hiko-ya, masal, ertak, farmon, povest, roman, risola, maqolalar kabi adabiy, ilmiy, ras-miy nutq uslublari kiradi. Matn funksional uslubning turli sohalarini qamrab oladi. Matn uslubning bayon, badiiy, ilmiy, ommabop, rasmiy turlarini tashkil etishi mumkin. Bayon (betaraf) uslubidagi matnga tasvir, rivoyat va muhokamalar kiradi. Tasvirda biror tabiat manzarasi, voqea, hodisa, xatti-harakat tasvirlanib, aniq shaxslar ishtirok etmaydi. Download 57.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling