Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar


-mashq. Matndagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalarni toping va ularga izoh bering


Download 143.5 Kb.
bet5/7
Sana06.02.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1169114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu

3-mashq. Matndagi so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalarni toping va ularga izoh bering.
Adolat va haqqoniyatni o‘zingga rahbar qilib ol, hech kimga zarar yetkazma.
Har vaqt mo‘tadil holda ish yurit, haddan ortiqchalikdan saqlan. Haqsiz, lekin o‘zingga loyiq ko‘rib birovdan intiqom olishga jur’at qilma.
Kir, ifloslikdan hazar qil, vujuding, libosing va uy-joyingning toza, pokizaligiga diqqat qil.
Mayda-chuyda va istaganingcha bo‘lmay qolgan ishlardan xafalanib, salomatligingni buzma, qalbingning huzur-rohatini ko‘zla.
Adabli, sharm-xayoli, nomusli bo‘l. Bu go‘zal xislatlardan ajralma.
O‘zingni kamtar tut, tavoze’ sharaf va izzat bosqichi ekanini unutma.
Sabrli, muloyim, ochiq yuz, shirin so‘zli bo‘l. Hech kimga qo‘pol muomala qilma.
Xulosa: yuqorida zikr etilgan fazilatlar bilan o‘zingni orasta qilsang, xalqning muhabbatini o‘zingga jalb etasan, hamma senga hurmat nazari bilan qaraydi.
4-mashq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Matn turini izohlang.
«ANDIJON POLKASINING» MUALLIFI KIM?
1930-yili mashhur chex polkasi yaratildi. Bu kuy tez orada o‘zining ajab­tovurligi bilan butun dunyoga tarqab ketdi. Shu kuyga hamohang tarzda O‘zbe­kistonda ham yangi kuy — «Andijon polkasi» dunyoga keldi. Mazkur raqs kuyining muallifi andijonlik bastakor Orif garmon (Orifjon Toshmatov) edi.
Polka so‘zining lug‘aviy ma’nosi «shiddatkor», «tezkor» demakdir.
(Gazetadan)
Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Matn so‘ziga «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da qanday ta’rif berilgan?

  2. I.R.Galperin tavsiya etgan matnning sakkiz kategoriyasi haqida ma’lumot bering.

  3. Nutqning Yozma va og‘zaki shakllari haqida ma’lumot bering.

  4. Kontekst deb nimaga aytiladi?

  5. Matn deb nimaga aytiladi?

6. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?
7. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
8. Adabiy tilning umumxalq tilidan farqini tushuntiring.
9. Nutq uslublari nima va ular necha turga bo`lingan?
10. Ilmiy va badiiy uslublar haqida gapiring.
11. Sohangizdan kelib chiqib ilmiy uslubga mansub matn tayyorlang.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling