Matn yuzasidan topshiriqlar


Download 21.37 Kb.
bet1/2
Sana11.02.2023
Hajmi21.37 Kb.
#1189749
  1   2
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT(O\'TAU)

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti FING ………-guruh talabasi…………………………………………………..ning “O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi


MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
1. Matnni o‘qib, o‘z fikrlaringiz asosida o‘rtadagi qismni to‘ldiring va unga mos sarlavha qo‘ying.
2. Quyidagi matn qaysi uslubga mansub? Bu uslubga xos xususiyatlarni matn asosida izohlang.
3. Matnning bir (1), ikki (2), uch (3) raqamlari bilan ajratib ko‘rsatilgan qismlarida tildagi qaysi hodisa bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilganligini sharhlang. Xatoni tuzatib, boshqatdan shu gaplarni ko‘chirib yozing.
4. Matndagi to‘rt (4) raqami bilan ajratilgan gapga ta’rif bering. Uni sodda gap ko‘rinishiga (qoidaga asosan) keltiring.
5. Fe’llarning uslubiy xususiyatlarini matnning besh (5) raqami bilan ajratib ko‘rsatilga gaplardagi fe’llar yordamida izohlang.


Eslatma: Barcha javoblaringizning foni sariq bo‘lsin.

……………………………………………………………………………


Odam bolasiga esini taniganidan buyon odobdan saboq beriladi. Odob darslari o‘tiladi. (1) Odobli bo‘lishning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi. Uyda, bog‘chada, maktabda, oliygohda, mahallada va ko‘cha-ko‘yda odobli bo‘lish haqida ota-onalar, ustozlar, tarbiyachilar, qo‘ni-qo‘shnilar doimo eslatib turadilar. Bir so‘z bilan aytganda, inson umri davomida odob qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari bilan chambarchas qadam tashlaydi. (2) Odob uning yashash mezonini belgilab beradi. Hayot insonga odob deb atalmish o‘z hadyasini tuhfa etadi. Demak, odob - insonning haqiqiy ziynati. Uning komilligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri. Odobli inson salom-aligidan, dastlabki muomalasidan, ilk xatti-harakatidan darhol bilinadi. Masalan, salomlashish odobini olaylik. Ba’zi yoshlar kattalarni ko‘rishlari bilan o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, darhol salom beradi. Ba’zilar esa xo‘mrayib o‘tib ketadi. Ba’zilar salomini chala beradilar. Ayrimlar esa salom berishda odam ajratadilar. Bu yaxshi emas. Salomni hamisha “Assalomu alaykum”, deb to‘liq berish lozim. Chala salom - chala odob belgisi.
Agar biror kishi do‘stingizni “Juda odobli, yaxshi inson” deb aytsa, unga havas qiling. Mabodo o‘zingizni odobli, deyishsa taltayib ketmang. Hamisha odoblilar safida bo‘lishga harakat qiling. Odobning birinchi belgisi kamtarlik, samimiylik ekanligini zinhor unutmasligimiz kerak. Odob aslida iste’dodli hunarmandning ishiga o‘xshaydi. Hunarmand o‘zi yasaydigan buyumga chiroyli ishlov, jilo berganidek, hayot ham, ota-ona ham farzandini odob bezaklari bilan bezab boradi.
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan hikmat bor. Odam ham o‘zi tug‘ilib o‘sgan muhitida ota-onasidan nimalarni o‘rgangan bo‘lsa, shularni o‘z xarakterida mujassam etadi. Atrofimizga bir razm solib ko‘raylik. To‘g‘ri chiqqan xonadondan to‘g‘ri, o‘g‘ri chiqqan xonadondan o‘g‘ri chiqqanligini ko‘p ko‘ramiz. Otasi yoki onasi yomonlik, illat ko‘chalariga kirib ketsa, bilingki, farzandlari ham ularning izlaridan borishlari tabiiy. Zotan, ota-onaning o‘zi odobsiz, axloqsiz bo‘lsa, farzand kimdan odob o‘rganadi, kimdan tarbiya oladi? (4)Masalan, shunday ota-onalar borki, ular farzandlariga nuqul urish-janjaldan saboq beradilar: er xotinni, xotin esa erni haqorat qilgan yoki bir-birlariga choynak-piyolani otgan. Bu tekin tomoshadan qaysi bola ibrat olmaydi, deb o‘ylaysiz. Yana bir toifa ota-onalar borki, bola tarbiyasini bozor munosabatlari bilan aralashtirib yuborgan. “Hozir bozorni o‘rgansin, pul topsin, keyin odobning o‘zi keladi”, deb bolalarini bozor muhitiga majburan o‘rgatayotgan ota-onalar ham, afsuski, topiladi. Ular bugunni o‘ylayapti, xolos…
Bizda ko‘cha odobi, jamoa odobi, davra odobi tushunchalari azaldan shakllangan. Shu bois bolalarni yoshligidan kattalar davrasiga olib kirish, kattalarning odobi dunyosi bilan oshno bo‘lish, ularning ibratli jihatlarini o‘rganish an’anasi azaldan mavjud. Chin va haqiqiy odob esa oiladan boshlanadi. Shular haqida yozar ekanman, o‘zim guvohi bo‘lgan bir voqea esimga tushib ketdi. O‘shanda men endi maktabni endi bitirayotgan kezlarim edi. (3)Kerakli kitob-daftarimni olib, shoshganimcha ingliz tili fanidan tayyorlanish uchun ustozim Barno Ahmedovaning uyiga tomon ketdim. Aksiga olib, avtobus kelmagani-chi…Yonimda turgan bir mo‘ysafid bunga yoqilg‘i tanqisligini sabab qilib ko‘rsatdi. Juda betoqat bo‘ldim. Bekatda, men va mo‘ysafid choldan tashqari, boshqa yana ikki kishi ham bor edi. Qulog‘imga ularning baland ovozdagi suhbati eshitildi. ……………………………………………………………………………………… ………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………….…………...........................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................................
………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………. ……………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………….(5) “Biz o‘zimizda boodoblik tuyg‘usini rivojlantirmog‘imiz kerak, aks holda kishilar hurmatini qozonib olgach, uni tezda boy berib qo‘yishimiz ham mumkin. Bu saboq kishiga nihoyatda qimmatga tushadi va, afsuski, o‘z avlodini ham bu og‘ir qarzdan qutqarolmaydi”, - deb yozadi nemis mutafakkiri Y. Gyote.
Odob va odam, odob va bola so‘zlari bir-biriga egizakdek tuyuladi. Odamning baxti va omad kaliti odob bilan ochiladi. Odobli insonni esa muvaffaqiyatlar hech qachon tark etmaydi. Hayotda odobli bo‘lish, odob bilan bog‘liq barcha insoniy fazilatlarni o‘zlashtirib borish, ko‘pchilikning hurmatiga sazovor bo‘lish hammaga ham nasib etavermaydigan bebaho baxt. Kitob o‘qish, maqola yoki suhbatni o‘qish bilan hech kim birdan odobli bo‘lib qolmaydi. Odob darslarini maroq bilan tinglash, o‘qib, uqib o‘rganish - qiyin va murakkab vazifa.
Odob darsini hayotdan, ota-onalardan, ustozlardan, yaxshi insonlar va yaxshi kitoblardan o‘rganish mumkin. Odob darsini qunt bilan o‘qigan, mehr-muhabbat bilan o‘rgangan odamning chinakam vatanparvar, yurtparvar va insonparvar bo‘lib yetishishiga aslo shubha yo‘q. Keling, odob darslarini olishdan, o‘rganishdan aslo erinmaylik.

Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling