Matnli masalalarni yechish usullari masalalar yechish


Download 18.13 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi18.13 Kb.
#1047381
1   2   3   4
Bog'liq
MATNLI MASALALARNI YECHISH USULLARI

2. usul. Piyolaga x g suv ketsin, u holda kosaga (x + 380) g suv ketadi, ikkita piyolaga 2 x g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga ((x + 380) + 2x) g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga 740 g suv ketganligi uchun (x + 380) + 2 x = 740 tenglama tuzish mumkin. Uni yechib, x = 120 topiladi. Kosaga qancha suv ketishini topish uchun x ning topilgan qiymatini x + 380 ifodaga qo'yiladi. U holda 120 + 380 = 500. Demak, kosaga 500 g suv ketadi. 3. usul. Kosaga x g suv, bitta piyolaga y g suv ketsin, u holda ikkita piyolaga 2y g suv ketadi, kosa va ikkita piyolaga (x + 2y) g suv ketadi, bitta piyolaga (x - 380) g suv ketsa, x - 380 ifoda kosa va ikkita piyolaga 740 g suv ketgani uchun tenglamalar sistemasiga ega bo'lamiz. Bu sistemani yechib, x = 500, y = 120 olinadi. Masalada kosaga qancha suv ketishini topish talab etilayotgani uchun topilgan ma'lumotlardan talab etilayotgani tanlanadi.

Matnli masala biror-bir vaziyatning tabiiy tildagi ifodasi bo'lib, unda bu vaziyatning biror qismiga miqdoriy tavsif berish, uning qismlari orasidagi ba'zi munosabatlar bor-yo'qligini aniqlash yoki bu munosabat turini aniqlash talab etiladi.

Har qanday matnli masala shart va talabdan iborat. Masalaning shartida obyektlar va berilgan obyektlarni xarak-terlovchi ba'zi miqdorlar haqida, bu obyektlarning ma'lum va noma'lum qiymatlari haqida, ular orasidagi munosabatlar haqida ma'lumotlar beriladi. Masalaning talabi nimani topish kerakligini ko'rsatishdir. Masalan, buyruq (To'g'ri to'rtburchakning yuzini toping) yoki so'roq (To'g'ri to'rtburchakning yuzi nimaga teng?) shaklidagi jumla bilan ifodalanishi mumkin. 1- misol. Yer maydonini «qo'l kuchi yordamida yuz kishi 10 kunda, «O'zbekiston» traktorida esa 1 soatda haydash mum-kin. Bu maydon qo'l kuchi va traktorda birgalikda necha kunda haydab bo'linadi? Yechish. Bu masalaning sharti: yer maydonini «qo'l kuchi yordamida yuz kishi 10 kunda, «O'zbekiston» traktorida esa 1 kun­da haydash mumkin. Unda uchta miqdor orasidagi munosabat ifodalanayapti: ish hajmi, mehnat unumdorligi va ishni bajarishda sarflanadigan vaqt bo'lib, bunda uchta turli vaziyat qaraladi.



Download 18.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling