Matnli va sonli axborotlar haqida tushuncha berish
Download 149.23 Kb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash
Axborot xossalari
Axborot quyidagi xossalarga ega: • ishonchlilik; • to’liqlilik; • qimmatlilik; • dolzarblilik; • tushunarlilik; • qulaylilik; • qisqa va lo’ndalilik; va boshqalar. Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni yoki voqelikni real akslantirsa. Ko’pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi – ob’ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo’lmagan axborot uning noto’g’ri talqin qilinishiga yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. Ishonchli axborot vaqt o’tishi bilan ishonchli bo’lmagan axborotga aylanishi mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan u eskirib, voqelikni to’g’ri, ro’yi-rost akslantirmasligi ham mumkin. Axborot to’liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to’g’ri qaror qabul qilish uchun yetarli darajada bo’lsa. To’liq bo’lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg’oloni» asaridagi axborot miqdori qancha yoki pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday javob olish mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda ishlatiladigan birliklar bilan tanishib chiqamiz. Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bir bit qabul qilingan ( bit — inglizcha binary, digit — ma’nosi ikkilik raqam). Axborot nazariyasida bit – ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini beruvchi axborot miqdoridir.. Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va saqlovchi xotiraning eng kichik bo’lagidir. Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi — bayt ishlatiladi. 1 bayt 8 bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish uchun 8 bit zarur (256=2 [i] ). Axborot texnologiyasi – bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. • Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. • Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”. • Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling