Matnning kognitiv-diskursiv xususiyatlari


Download 33.67 Kb.
bet3/3
Sana23.02.2023
Hajmi33.67 Kb.
#1225258
1   2   3
Bog'liq
3-ma\'ruza

Sog‘inch konsepti. Birdan allaqaysi musicha cho‘zib ku-kuladi. Shu qadar nola qildiki, musichaning tovushida shu qadar mung, shu qadar sog‘inch, shu qadar dard borligini birinchi bor ilg‘ashim... Sizni esladim... Musicha yana ku-kuladi, azbaroyi hovli jaranglab ketdi, beozor parrandaning bo‘g‘iqroq tovushi mening ichimdan eshitilayotgandek bo‘ldi... Bu tovush Sizni chaqirayotgan, Sizni chorlayotgan edi... Sezyapsizmi, Sizning so‘zingizdan chiqmay ortiqcha iztiroblarga berilmaslikka uringanim sayin Sizni o‘ylamaslik, Sizni xayoldan quvib chiqarish epini topolmadim. (X.Do‘stmuhammad. “Hijronim mingdir mening” qissasi)
Hayrat konsepti. Bu juda go‘zal manzara edi, buni faqat usta rassomlarning suratlaridagina ko‘rish mumkin, biroq eng zo‘r musavvir ham uning qo‘shig‘iga bo‘yoq topolmagan bo‘lardi. Qizning ovozida bani dunyo o‘zaro uyg‘unlashib jaranglar, go‘yo xayol ham, go‘zallik ham, orzu ham qizning qiyofasiga kirib qo‘shiq aytardi. Qo‘shiqni tinglayotgan odam bahorni, yasharish faslini, sollanib turgan gullarni, shabadadan to‘kilay-to‘kilay deyayotgan qizg‘aldoq bargidagi shudringni, tuman qoplab olgan bog‘ni, varrak uchirayotgan bolalarni, yuksak-yuksaklarda parvoz qilayotgan, jilvalanayotgan bolalik xayolini ko‘z oldiga keltirishi mumkin edi. Bolalik kabi go‘zal, tiniq va orzumand bu ovoz quyoshning issiq taftidek o‘z ohangi bilan odamni eritib yuborar, ko‘ngilga yoqimli shabadaday esib kirardi. To‘rt hasharchi shunday taassurotlarni boshidan kechirar, ular qo‘shiqni oxirigacha eshitmoqchiday dong qotib turishardi. (N.Eshonqul. “Momoqo‘shiq” qissasi)
Yuqorida keltirilgan mikromatnlardan ko‘rinadiki, HOLAT konseptining turli ko‘rinishlarini ifodalash uchun turli vaziyatlar munosabatidan foydalanilgan. Jumladan, birinchi matnda musichaning ku-kulashi vaziyati ifodasi sog‘inch holatini ifodalashda vosita bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi matnda qo‘shiq aytayotgan ayolni eshitib turgan hasharchilarning qalbidagi to‘lqinlanish, hayrat hislari tabiat manzaralari tasviri vositasida namoyon bo‘lgan. Uchinchi matnda esa asar qahramonining qo‘rquvga tushgan holati, asosan, uning vujudida ro‘y berayotgan jismoniy o‘zgarishlarni ifodalovchi birliklar (yuragi qo‘rquvdan dukillab ura boshladi; qo‘llari, bo‘g‘inlari, butun jismi titrab-qaqshab, ichi yaxlaganday) orqali berilgan. Bu esa badiiy konsept ifodasi ko‘p hollarda implikativ xarakterga ega bo‘lishidan dalolat beradi.



1 Чумак-Жунь И.И. Дискурсивное пространство поэтического текста: образное слово в русской лирике конца XVIII – начала XXI веков: Автореф. дис. ... д-ра. филол. наук. – Белгород : Белгородский гос ун-т, 2009. – С. 9.

2 Чумак-Жунь И.И. Кўрсатилган автореферат. – Б. 9.

3Седов К.Ф. Дискурс и личность. – М.: Лабиринт, 2004. – С. 32.

4 Демяньков В.З. Продуцирование, или порождение речи // Краткий словарь когнитивных терминов // Кубрякова Е.С., Демьянков В.З., Панкрац Ю.Г., Лузина Л.Г. Под общ.ред. Е.С.Кубряковой. – М.: МГУ им. М.В.Ломоносова, 1996. – С. 129-134.

5 Седов К.Ф. Дискурс и личность. – М.: Лабиринт, 2004. – С.35.

6 Иссерс О.С. Коммуникативные стратегии и тактики русской речи. – М.: URSS / УРСС; ЛКИ, 2008. – С.60.

7 Бу ҳақда қаранг: Шпильман М.В. Коммуникативная стратегия “речевая маска” (на материале произведений А.и Б. Стругацких): Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Новосибирск: Новосибирский гос.пед. ун-т, 2006. – 24 с.

8 Седов К.Ф. Дискурс и личность. – М.: Лабиринт, 2004. – С. 36-37.

9 Қаранг: Кузьмина С.Е. Кўрсатилган мақола.

10 Кузьмина С.Е. Кўрсатилган мақола. – Б. 90.

11 Фурс Л.А. Синтаксически репрезентируемые концепты: Автореф. дис. … д-ра филол. наук. – Тамбов: Тамбовский гос. ун-т им. Г.Р.Державина, 2004. – С. 42.

12 Кузьмина С.Е. Понятие “синтаксический концепт” в лингвистических исследованиях / Вестник ЧелГУ. – 2012. – № 17 (66). Филология. Искусствоведение. – С. 89-90.

13 Ткаченко И.Г. Подходы к трактовке текста и художественного концепта в современной линвистике // И.Г.Ткаченко, Ю.Г.Мурка // Филологические науки в России за рубежом. Материалы международ.заоч.науч. конф. (г.Санкт-Петербург, февраль 2012 г.) – СПб.: Реноме, 2012. – С. 173-175.

14 Тарасова И.А. Художественный концепт: диалог лингвистики и литературоведения // Лингвистика. Вестник Нижегородского ун-та. – 2010. – № 4(2). – С. 742-745.



15 Актисова О.А. Синтаксические средства реализации концептов в аспекте эволюции типов повествовательной речи: На материале описаний в романах “Преступление и наказание” Ф.М.Достоевского и “Мастер и Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград: Волг. гос. ун-т, 2006. – С. 29.

Download 33.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling