Matnshunoslik va manbashunoslik fanidan bajargan


Download 61.5 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi61.5 Kb.
#185004
1   2   3
Bog'liq
Eshto‘xtarova Munira 302 - guruh

(alif )

( be )

(jim )

( dol)

(he )

(vov )

( ze)

(he )

(to )

(yo )

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10



(Kof )

(Lom )

( Mim)

( Nun)

( Sin)

(Ayn )

( Fe)

( Sod)

(qof )

(re )

20

30

40

50

60

70

80

90

100

200




(shin )

(te )

(se )

(xe )

(zol )

( zot)

(zo )

(g‘ayn )

300

400

500

600

700

800

900

1000

Ilmiy mazmundagi qo‘lyozma manbalarda abjad harflari matnlarni turli bo‘limlarga bo‘lishda, astronomiya, matematika singari aniq fanlarga oid tadqiqotlarda tartib raqamlarini ifodalashda ham qo‘llaniladi. Bunday hollarda harflar ustiga chiziq tortib qo‘yiladi. Masalan, لب (lab)-32, لو (lav)-36, غزنح (g‘azanah)-1958.


3. Ta’rix nima?
TA’RIX. Ta’rix-biror bir voqea-hodisa sodir bo‘lgan sanani abjad harflari vositasida ifodalashdir. Atoqli sharqshunos E.E. Bertels unga shunday ta’rif bergan: ”Ta’rix-xronogramma,-bu, biror-bir hodisa sanasining she’riy ifodasidir. Hirot aslzodalari davralarida bu o‘yinga katta qiziqish bilan qaralardi. Masjid, madrasa, karvonsaroy, hovuzlarning qurilish sanasini belgilash uchun maxsus satrlar to‘qilar va binolarga chiroyli qilib yozib qo‘yilardi180. Arab, fors va turkiy xalqlar mumtoz adabiyotida bu janr juda mashhur bo‘lib, hatto shoirlar o‘rtasida mahorat mezonini ham anglatgan.

Ta’rix yozishning bir necha talablari mavjud. Avvalo, zikr etilajak sana aniq bo‘lishi lozim. Amir Alisher Navoiy Hirotda madrasa qurdirganda unga mudarris etib Mir Atoullohni tayinlaydi. SHunda yangi mudarris buning sharafiga shunday ta’rix bitadi:



Chun madrasa soxt Mir bo ilmu adab,

Farmud maro ifodai ahli talab.

CHun dar shashumi mohi rajab ijlos,

Ta’rix talab az “shashumi mohi rajab”.

(Mir ilmu adab uchun madrasa qurib, ilm ahli talabini ifodalashni buyurdi. Darslarga o‘tirish rajab oyining oltinchi kuni boshlanganidan uning ta’rixini “rajab oyining oltinchi kuni”dan izla. )

Ushbu ta’rix moddasida ikkita “shin” 600, ikkita “mim”-80, alif-1, hoyi havvaz-5, re-200, jim-3, be-2 raqamlarini ifodalab kelmoqda. Ularni qo‘shsak, hijriy 891 yil chiqadi. Milodiy yilga aylantirsak 1486 yil hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, muallif sana, yil va oyni ustalik bilan ta’rix moddasida aks ettira olgan.

Ikkinchidan, raqamlarni hosil qiluvchi harflar yig‘indisi muayyan ma’noni anglatilishi shart. Ana shu so‘z tarix moddasi deb ataladi. Kichik bir she’r, qit’a yoki baytda tarix moddasining muayyan leksik birlikni ifodalashi bilan bir qatorda uning she’r kontekstiga mos kelishi shoirdan katta mahorat talab qiladi. Masalan, qozi Ixtiyoriddin Mo‘‘min Mirzo vafotiga “xarobi mulk”, ya’ni “mamlakat xarob bo‘ldi” so‘zini ta’rix qilgan. Abjad bo‘yicha ushbu ta’rix moddasidan hijriy 903 yil chiqadi

Uchinchidan, ta’rix moddasi kam sonli bo‘lsin. Masalan, Alisher Navoiy shahzoda Shoh G‘arib Mirzo mast holda vafot etganiga ishora qilib, “maxmur” , ya’ni “mast” so‘zini ta’rix qilgan. Undan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 886 yil chiqadi.

Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi.

Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi:

To‘liq sonli (Komil al-a’dod)

Ortiq sonli (Zoid al-a’dod).

Kam sonli (Noqis al-a’dod).

Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod).
Shuningdek, ta’rixlar sarih (aniq-ravshan) va ta’miya (mavhum, tezda tushunilmaydigan ) kabi ikki qismga bo‘linadi.

Sarih ta’rixlar harf-raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadi. Agar butun bir misra ta’rix moddasi bo‘lsa, u holda bunday ta’rix “tarixi tomm”, ya’ni to‘la tarix deb ataladi. Sarih ta’rixlarga nuqtali harflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadigan ta’rixlar ham kiradi.

Ta’miya ta’rixlar muammo janrida ko‘roq uchraydi. Bunda ta’rix moddasi so‘z yoki harflarni she’rdagi ishoraga muvofiq chiqarib tashlash (isqot), ko‘paytirish, bo‘lish yoki qo‘shish orqali aniqlanadi.

4. Raqamlarni oson xotirada saqlab qolish uchun ishlab chiqilgan 8 guruh so`zlarini tartib bilan yozing.
1. Abjad

2. Havvaz

3. Hutti

4. Kalaman

5. Sa'fas

6. Qarashat

7. Saxxaz

8. Zazag ‘


5. Muammo (arab. — koʻr, koʻr qilingan) — oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy janr; poetik sanʼat turi. Unda biror soʻz, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqa yashirib beriladi. Koʻpincha 1 bayt, baʼzan 2 baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz yoxud fikr soʻz oʻyini asosida yashiringan boʻladi. Agar sheʼriy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tugallangan boʻlsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, sheʼriy vosita, poetik sanʼat deb qaraladi. M.ni tuzish (yaratish) va ochish (yechish)ning bir necha usullari mavjud. Koʻpincha undagi biror soʻz ochqich vazifasini oʻtaydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, arab alifbosi harflarining shakliy ramzlari, abjad hisobi va boshqalarni bilish M. uchun zarur. Oʻzbek mumtoz adabiyotida M.chilik zexn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni yecha olish qobiliyatiga qarab belgilangan.
Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy ("Hulali mutarraz dar fanni muammo va lugʻz" — "Muammo va lugʻz fani toʻgʻrisida bezatilgan ipak kiyimlar"), soʻng Abdurahmon Jomiy ("Risolai muammoi kabir" — "Muammo haqida katta risola"; "Risolai muammoi sagʻir"— "Muammo haqida kichik risola"), Alisher Navoiy ("Risolai mufradot") va boshqa M. yozish qoidalari xaqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, Boburning 600 ga yaqin M.lari yetib kelgan.
6. Gloss – qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, aniqlik kirituvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, oyat va hadislarning hoshiyadagi tafsirlari.

Interpolyatsiya – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo‘shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyatsiyani aniqlash mumkin. Shuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyatsiyani ajratib olish mumkin


2-topshiriq


ABJAD

HAVVAZ

HUTTI

KALAMAN

SA'FAS

QARASHAT




SAXXAZ

ZAZAG‘

alif – 1

be – 2

jim -3

dol -4


he (hoyi havvaz)- 5

vov – 6

ze -7


he ( hoyi hutti)- 8 to

( Itqi) - 9

yo - 10

Kof - 20

Lom - 30

Mim - 40

Nun - 50


Sin - 60

Ayn- 70

Fe- 80

Sod- 90


qof - 100

Re - 200

Shin - 300

Te- 400


se - 500

Xe - 600

Zol- 700



zot-800

zo(izg‘i) 900

g‘ayn-1000


Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling