6.7.2.Matritsa elementlarini tahlil qilish
|
|
MxN o`lchamli matritsa va K(1≤K≤M) butun soni berilgan. Berilgan matritsaning K-satridagi elementlarining yig`indisi va ko`paytmasi ekranga chiqarilsin.
|
3 2 2
1 2
3 4
5 6
|
7 12
|
|
MxN o`lchamli matritsa va K(1≤K≤M) butun soni berilgan. Berilgan matritsaning K-ustunidagi elementlari-ning yig`indisi va ko`paytmasi ekranga chiqarilsin.
|
3 2 2
1 2
3 4
5 6
|
12 48
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Uning har bir satri uchun yig`indilar hisoblansin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
3 7 11
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Uning har bir ustuni uchun yig`indilar hisoblansin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
9 12
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning toq nomerdagi har bir satrining o`rta arifmetiklari hisoblansin. (Shart operatoridan foydalanilmasin.)
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
1.5 5.5
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir juft o`rindagi ustuni uchun yig`indilar hisoblansin. (Shart operatoridan foydalanilmasin.)
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
7
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir satridagi eng kichik elementlar topilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
1 3 5
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir ustunidagi eng katta elementlar topilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
2 4 6
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsa satrlarining har birining yig`indilarini hisoblab yig`indisi eng katta bo`lgan satr nomerini va shu satr yig`indisi ekranga chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
3 11
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsa har bir ustuni ko`paytmalarini hisoblab, ko`paytmalar orasidan eng kichigi topilsin va unga mos keluvchi ustun nomeri hamda ko`paytmaning o`zi ekranga chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
1 15
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir ustuni uchun topilgan eng katta elementlari orasidan eng kichigi topilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
5
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir satrlari uchun topilgan eng kichik elementlari orasidan eng kattasi topilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
5
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir satri uchun topilgan o`rta arifmetik qiymatdan kichik bo`lgan elementlarning soni (har bir satr uchun alohida) chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
1 1 1
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning har bir ustuni uchun topilgan o`rta arifmetik qiymatlardan katta elementlarning soni (har bir ustun uchun alohida) topilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
1 1
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning barcha elementlarining o`rta arifmetigiga yaqin qiymatga ega bo`lgan elementi joylashgan ustun va satr nomerlari ekranga chiqarilsin. Ularning soni bittadan ko`p bo`lsa birinchisi olinsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
3
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Uning satrlari orasidan musbat va manfiy elementlari soni teng bo`lgan 1-uchragan satr nomeri ekranga chiqarilsin (0 element hisobga olinmasin). Agar bunday satr yo`q bo`lsa, 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
0
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Uning ustunlari orasidan musbat va manfiy elementlari soni teng bo`lgan oxirgi uchragan ustun nomeri ekranga chiqarilsin (0 element hisobga olinmasin). Agar bunday ustun yo`q bo`lsa, 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
0
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Matritsa satrlari orasidan faqat juft sonlarni o`zida saqlovchi eng keyin uchragan satr nomeri topilsin. Agar bunday satr yo`q bo`lsa, 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
0
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Martitsaning ustunlari orasidan o`zida faqat toq sonlar joylashgan, 1-uchragan ustunining nomeri ekranga chiqarilsin. Agar bunday ustun yo`q bo`lsa, 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 2
1 2
3 4
5 6
|
1
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Matritsaning elementlariga 0 dan 100 gacha butun bo`lgan sonlar joylashishi mumkin. Qachonki satrlar “o`xshash” deyiladi, tanlangan satrdagi sonlar to`plamidagi barcha sonlar boshqa satrda ham to`liq topilsa 1-satrga o`xshash bo`lgan satrlar soni topilsin.
|
3 2
1 2
3 4
2 1
|
1
|
|
Elementlari o`zida 0 dan 100 gacha qiymatlarni saqlaydigan butun sonli, MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsaning turli ustunlar o`xshash deyiladi: Agar 1-ustunidagi barcha sonlar 2-ustunda mavjud bo`lsa. Matritsaning oxirgi ustuniga o`xshash ustunlar soni topilsin.
|
3 3
1 5 3
3 4 1
2 7 2
|
1
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Uning elementlari har xil bo`lgan satrlari soni topilsin.
|
3 3
1 5 3
3 4 1
2 7 2
|
3
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Uning elementlari har xil bo`lgan ustunlari soni topilsin.
|
3 3
1 5 3
3 4 1
2 7 2
|
1
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Matritsaning satrlari orasidan eng ko`p miqdordagi bir xil elementni saqlaydigan oxirgi uchragan satr topilsin.
|
3 3
1 5 3
3 4 1
2 7 2
|
3
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Uning ustunlari orasidan eng ko`p bir xil elementni saqlaydigan 1-uchragan ustun nomeri topilsin.
|
3 3
1 5 3
3 4 1
2 5 2
|
2
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Uning o`sish tartibida tatiblangan satrlari soni topilsin.
|
3 3
1 5 3
3 4 1
2 7 2
|
2
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Uning kamayish tartibida tatiblangan satrlari soni topilsin.
|
3 3
3 2 1
4 5 6
9 7 6
|
2
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsa satrlari orasidan o`sish yoki kamayish tartibida tartiblanganlarining kam sondagisining miqdori chiqarilsin. Agar bunday satr topilmasa 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 3
1 2 3
6 4 2
5 6 7
|
1
|
|
MxN o`lchamli matritsa berilgan. Matritsa ustunlari orasidan o`sish yoki kamayish tartibida tartiblangan ustunlarining ko`p miqdordagisinig soni chiqarilsin. Agar bunday ustunlar topilmasa 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 3
1 2 3
6 4 2
5 6 7
|
2
|
|
MxN o`lchamli butun sonli matritsa berilgan. Matritsadagi o’z satrida eng kichik hamda o`z ustunida eng katta bo`lgan element topilsin. Agar bunday element yo`q bo`lsa, 0 qiymat chiqarilsin.
|
3 3
1 2 3
6 4 7
9 3 5
|
4
|