Matritsa ta’rifi
Download 63.44 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matritsa ta’rifi
1.Vektor (matematika) (lot. vector — eltuvchi) — bu son qiymati va yoʻnalishi bilan aniqlanadigan kattalikdir, ya'ni vektor deb yoʻnalishga ega boʻlgan kesmaga aytiladi. Vektor - geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, u son (uzunlik) va yo'nalishi bilan to'la aniqlanadi. Ko'rgazmali bo'lishi uchun uni yo'naltirilgan kesma ko'rinishida tasavvur qilish mumkin (1-rasmga qarang). Aslida vektorlar haqida gapirilganda, hammasi o'zaro parallel bir xil uzunlik va bir xil yo'nalishga ega bo'lgan yo'naltirilgan kesmalarning butun bir sinfini nazarda tutish to'g'riroq bo'ladi. 1-Ta’rif. Yo’naltirilgan kesma vektor deyiladi va 𝐴𝐵 yoki 𝑎, 𝑏 kabi belgilanadi. Yo’naltirilgan 𝐴𝐵 kesmaning 𝐴 nuqtasi uning boshi, 𝐵 esa oxiri deyiladi. 𝐴𝐵 kesmaning uzunligi vektorning uzunligi deyilib 𝐴𝐵 kabi belgilanadi. Boshi va oxiri ustma ust tushgan vektor nol vektor deyiladi va 0 kabi belgilanadi. 2-Ta’rif. Bitta to’g’ri chiziqda yoki parallel to’g’ri chiziqlarda yotuvchi 𝑎 𝑣𝑎 𝑏 vektorlar kollinear vektorlar deyiladi. Shuni ta’kidlash lozimki kollinear vektorlar bir xil yo’nalishga ega bo’lishi shart emas. 3-Ta’rif. Bir xil yo’nalishga ega bo’lib, uzunliklari teng bo’lgan ikkita kollinear 𝑎 va 𝑏 vektorlar teng vektorlar deyiladi va 𝑎=𝑏 kabi belgilanadi. 4-Ta’rif. Bitta tekislikda yoki parallel tekisliklarda yotuvchi vektorlar komplanar vektorlar deyiladi. 5-Ta’rif. Ikki 𝑎 va 𝑏 vektorlar yo’nalishlari orasidagi burchakka 𝑎 va 𝑏 vektorlar orasidagi burchak deyiladi. Vektorlarning proektsiyalari va koordinatalari. Aytaylik 𝑂𝑋𝑌 koordinatalar tekisligida boshi 𝐴(𝑥1, 𝑦1) va oxiri B(𝑥2, 𝑦2) nuqtalarda bo’lgan 𝐴𝐵 vektor berilgan bo’lsin. 2. Matritsalar va ular ustida amallar Matritsa bir qator matematik va iqtisodiy masalalarni yechishda juda ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, uning yordamida bu masalalar va ularning yechimlarini sodda hamda ixcham ko‘rinishda ifodalanadi. Matritsa ta’rifi: m ta satr va n ta ustundan iborat to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mn ta sondan tashkil topgan jadval m×n tartibli matritsa, uni tashkil etgan sonlar esa matritsaning elementlari dеb ataladi. Matritsalar A,B,C,… kabi bosh harflar bilan, ularning i-satr va j-ustunida joylashgan elementlari esa odatda аіј , bіј , сіј kabi mos kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan, Download 63.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling