Matyoqubova ilmiraning
Download 165.83 Kb.
|
MATYOQUBOVA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI O`ZBEKISTON FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 208-GURUH TALABASI MATYOQUBOVA ILMIRANING “Katta yoshdagi (5 yoshdan 6 yoshgacha ) guruhdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi”. mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar:_________________________ SAMARQAND-2023 MUNDARIJA Kirish...... 3 I BOB. BESH OLTI YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASI … 1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash mazmuni va vazifalari.4 .….. 1.2 Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari. 6 . …. II BOB. MAKTABGACHA BOLALARNI JISMONIY TARBIYASI2.1. 4 § 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiyalash metodikasi …. 11 2.2. Besh olti yoshli bolaning rivojlanishi. ….. 14 III. XULOSA…. 21 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..... 22 Kirish Jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi ta'limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta'rif berilganda, «Badantarbiya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi. «Jismoniy madaniyat» tushunchasi quyidagilardan iborat: 1) mehnat va turmushdagi ko‘nikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigienik rejimga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ovkatlanish gigienasi va hokazolar)ni; 2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, kuyosh va suv)ni; 3) jismoniy mashqlarni o‘z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish – odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o‘zgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir. Tor ma'noda bu antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlar: bo‘yi, tana og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pka sig‘imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlanish biologik hayot konunlari- muhit va organizmning birligi, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga muntazam ravishda o‘tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshirish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, sog‘lig‘ini mustah kamlash, harakat malakalarini shakllantirish va to‘la ma'nodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy – gigienik malakalarni shakllantirish, batartib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan. Bolaga ta'lim – tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog‘lig‘iga bog‘liq. Shuning uchun ko‘pchilik pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog‘lig‘ini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg‘un rivojlangan inson bo‘lib o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo‘ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi. Pedagogik munosabatlarning boshlang’ich davrida kommunikativ tashabbuskorlik juda muhimdir. Pedagog sinfga nisbatan o’ziga xos kommunikativ hujumni amalga oshirgandagina, kommunikativ ustunlikka erishishi mumkin. Imo-ishora- pedagogik muloqotning faollashtiruvchi, uning ta’sirchanligini oshiruvchi vosita bo’lib, u pedagog kommunikativ madaniyatining muhim qismi bo’lib hisoblanadi. Imo-ishora ta’sir ko’rsatishni yanada kuchaytiradi, tinlovchilarda ma’lum hissiy kayfiyat yaratadi, bayon etilayotgan axborotga nisbatan o’qituvchining shaxsiy munosabatini bildiradi. Imo-ishora ahamiyatli va ma’nosiz kabi turlarga bo’linadi. Agar birinchisi pedagogning nutqli kommunikatsiyasi samaradorlini oshirsa, ikkinchisi esa o’quvchilarni muloqot jarayonining muhim vazifalaridan chalg’itadi. Download 165.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling