Mavjud emas. Baholashda ijobiy va salbiy kо‘rsatkichlarning о‘zi bir necha darajani ifolaydi. Masalan


Download 462.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi462.5 Kb.
#1130137
  1   2   3   4
Bog'liq
204-206



204 
mavjud emas. Baholashda ijobiy va salbiy kо‘rsatkichlarning о‘zi bir necha darajani ifolaydi. Masalan, 
ijobiy baho olgan bolalar bon–yaxshi, tres beines bien - juda yaxshi, assez bon (bien)- yetarli darajada 
yaxshi (yaxshi), pas mal - yomon emas tarzida sо‘zlar yordamida baholanadi. Past baho olganlar 
о‘quvchilarga esa, mal-yomon, mauvais-yomonroq, treses mal (mauvas)- juda yomon, assez mal ( 
mauvais)-yetarli darajada yomon kabi sо‘zlar yordamida baho beriladi. 
3. Yaponiya ta’lim tizimi о‘zining samaradorligi bilan butun dunyo pedagoglarining e’tiborini 
о‘ziga jalb etib keladi. Yaponiyada “3”, “4”, “5” baholari qо‘llanilib, 2 baho umuman mavjud emas. 
4. Germaniya ta’lim tizimi о‘ziga xos jihatlarga ega, u yerda umumiy о‘rta ta’lim 13-yil 
davom etadi. Mazkur ta’lim tizimida tabaqalashtirilgan yondashuv keng tatbiq etilgan. Olmoniyada 
о‘quvchilarning bilimi quyidagicha baholanadi. Jumladan, 6 (0) (“juda yomon”); 5 (3-1) (yomon); 4 (6-4) 
(“DTS ga tо‘g‘ri keladi”); 3 (9-7) (“qoniqarli”); 2 (12-10) (“yaxshi”); 1 (15-13) (“a’lo”). Boshlang‘ich 
ta’limni tugatgan bolalar qobiliyatlariga qarab uch yо‘nalishda о‘qitiladi. Ulardan bir qismi tayanch 9 
yillik maktabga borib umumiy va boshlang‘ich kasbiy ta’lim oladi. 
5. Daniya ta’lim tizimi ham kо‘pchilik e’tiborini о‘ziga qaratgan jarayondir. Mazkur 
mamlakatda 1-8 sinfgacha bо‘lgan davrda о‘quvchilarga hech qanday baho qо‘yilmaydi, test va nazorat 
ishlari о‘tkazilmaydi. О‘quvchilar egallagan bilimlarining sifati va samaradorligi о‘qituvchilar hamda ota- 
onalargagina ma’lum bо‘ladi. О‘qituvchilar о‘quvchilarning о‘zlashtirish darajalarini ota-onalar 
yig‘ilishlarida muhokama qiladi. Daniya ta’lim tizimida 10 balli baholash tizimi amal qiladi. 0 (“yomon”) 
– 13 (“a’lo”)ni anglatadi. Daniya ta’lim tizimida demokratiya tamoyili ustivor hisoblanadi. 
О‘quvchilarning bilimlari 8 sinfgacha baholanmasligiga qaramasdan, ular yaxshi о‘qiydilar, kelajakda 
hayotda о‘zlariga munosib о‘rin topish va kasb egallash uchun bilimlarni alohida ishtiyoq bilan о‘rganadi. 
О‘qituvchilar esa, о‘z bilimlari va mavqelarini oshirish uchun tinmay harakat qiladi. 
6. Kanada davlatining ta’lim tizimi о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur mamlakatda 
о‘quvchilar 6 yoshdan maktabga qabul qilinadi, boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi.Har bir sinfda 
о‘qitiladigan о‘quv fanlarining soni turlichadir. Jumladan, boshlang‘ich sinflarda matematika, 
grammatika, tabiiy fanlar, kompyuter savodxonligi, jismoniy tarbiya, san’at kabi fanlar 
о‘qitiladi.О‘quvchilar bilimini baholashda ularning о‘quv dasturini 100 % о‘zlashtirishlariga nisbat berish 
hisobidagi tizim amal qiladi. О‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlari о‘quv dasturi hajmining 60% ni 
tashkil etsa “qoniqarli”, 65-75% “yaxshi”, 80-90% “a’lo”ga yaqin hisoblanib, о‘quvchilarning 100% 
о‘zlashtirish natijasida baholanishlari juda qiyin hisoblanadi. 
7. Estoniya ta’lim tizimida о‘quvchilar bilimini baholashning alohida о‘ziga xos tizimi mavjud 
О‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarini baholash uchun 5 ballik shkaladan 
foydalaniladi. 1-2 sinf о‘quvchilarining о‘zlashtirgan bilimlarini muayyan sо‘zlar yordamida baholash 
an’anasi mavjud. 
2-sinfning ikkinchi yarmidan boshlab о‘quvchilarga asosiy о‘quv fanlari: 
matematika, rus tili, eston tili fanlaridan baho qо‘yiladi. 

Download 462.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling