Mavlonbek Arabovich Doniyarov jdpu boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Anotatsiya


Download 23.05 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi23.05 Kb.
#1787760
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Mavlonbek Arabovich Doniyarov JDPU Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi 
Anotatsiya: Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini rivojlantirish yuzasidan mulohazalar yuritilgan. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantiribgina qolmasdan, ularning fikrlashini, narsalarning chuqur ma’nosini ko’ra oladigan, tevarak-atrofdagi voqelikni yetarlicha idrok eta oladigan madaniyatli shaxsni tarbiyalaydi. 
Kalit so‘zlar: Milliy o’quv dasturi, boshlang’ich sinf o’quvchilari, o’qish savodxonligi, o‘qib tushunish. 
Аннотация: The article contains comments on the development of reading literacy of primary school students. The primary school teacher not only develops the reading literacy of students, but also brings up a cultured person who knows how to see his own thinking, the deep meaning of things, who knows how to adequately perceive the surrounding reality. Ключевые слова: Национальная учебная программа, учащиеся начальных классов, грамотность чтения, понимание прочитанного. 
Annotation: В статье содержатся комментарии по развитию читательской грамотности учащихся начальных классов. Учитель начальных классов не только развивает читательскую грамотность учащихся, но и воспитывает культурного человека, умеющего видеть свое мышление, глубокий смысл вещей, умеющего адекватно воспринимать окружающую действительность. 
Key words: National curriculum, primary school students, reading literacy, Reading Comprehension.
Maktab o’quvchilarining bilimi va ko’nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o’qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o’quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish bugungi kunning eng ustuvor masalalari qatoriga kiradi. Shu maqsadda 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026- yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”[1] Farmoni qabul qilindi. Maktab ta’limiga ilg’or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o’quv dasturini to’laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish ta’lim tizimida ulkan islohotlarning boshlanayotganligidan darak beradi. Jamiyatda o’qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag’batlantirish, o’qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish Milliy o’quv dasturi talablarini o’zida aks ettiradigan eng muhim yo’nalishlardir. Mazkur yo’nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo’lga qo’yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o’rnini oshirish kabi vazifalar dasturining asosiy talablari etib belgilanganligi quvonarli holdir. “Har bir inson o’zining intellektual rivojlanishiga g’amxo’rlik qilishi shart. Bu uning o’zi yashayotgan jamiyat va o’zi oldidagi burchidir. Intellektual rivojlanishning asosiy yo’li – bu o’qish hsoblanadi. Boshlang’ich sinflarda o’qish savodxonligini rivojlantirish zaruratidan kelib chiqib, yangi yaratilgan Ona tili va o’qish savodxonligi darsligi fan sifatida o’qitilar ekan, asosiy e’tibor o’quvchida tilga doir to’rt ko’nikma: o’qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so’zlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun[2] va Milliy o’quv dasturi o’quvchining har tomonlama rivojlangan, mustaqil bilim olish va o’zini o’zi rivojlantirishga tayyor shaxsni shakllantirishni belgilaydi. Ayniqsa, mana shunday shaxsni shakllantirishga kitob mutolaasi, ularni tahlil qilish axborotni va o’qish savodxonligini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinflar darslarini o’qish savodxonligisiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’quvchilar o’qigan matnlarni to’g’ri tushunishni, ularning ma’nosini anglashni, o’qish orqali olingan ma’lumotlarni o’z hayotlarida, shu jumladan keyingi bilimlarni o’zlashtirishda foydalanishni o’rganishlari kerak. Hozirgi globallashuv sharoitida hayotimiz juda tez o’zgarib bormoqda, yangi texnologiyalar doimiy ravishda qo’shilmoqda, yangi g’oyalar paydo bo’lmoqda. Bu o’z-o’zini uzluksiz tarbiyalash va o’z-o’zini rivojlantirish jarayonini talab qiladi. Bu jarayonning poydevori boshlang’ich maktabda qo’yiladi. Har bir o’quvchi savod chiqarish darslarini oddiy o’qish, ya’ni harflarni bo’g’inga, bo’g’inlarni so’zlarga qo’shishdan boshlaydi. Odatda bu jarayon to’xtovsiz davom etmaydi va o’z-o’zidan maqsadga erishishda yetarli natijani bera olmasligini tushunishi kerak. O’qish savodxonligini bilimning hayotiy zinapoyasidan yuqoriga ko’tarilish, insoniyatning global bilim tizimiga kirish uchun asos deb tushunish mumkin. Boshlang’ich sinflarda o’qish savodxonligini rivojlantirishning eng muhim aspektlarini quyidagi tartibda belgilash mumkin: -o’qish savodxonligi maktab, sinf va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining ijtimoiy hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi; -o’qish savodxonligi turli xil matnlarni o’qishdan zavqlanib, bo’sh vaqtingizni diversifikatsiya qilish imkonini beradi; -o’qish savodxonligi o’quvchining umumiy madaniyatini oshiradi, uni qiziqarli suhbatdoshga aylantiradi, tengdoshlari va kattalar orasida ijtimoiy ahamiyatini oshiradi; -o’qish savodxonligini o’zlashtirish qiyin hayotiy vaziyatlarda, bosma manbalardan olingan ma’lumotlar haqiqiy hayotdagi harakatlar uchun ishora bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan holatlarda yordam beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’qish savodxonligini o’rgatish, matnni o’qib tushuna olish, mazmunni shakldan ajratib ola bilish kattagina aqliy mehnat talab qiladigan jarayon bo’ib, bu quyidagi ketma-ketliklarni amalga oshirish orqali amalga oshadi: -matndagi ma’lumotlar bir butun sifatida qabul qilinadi; -matnning umumiy ma’nosidan xulosa chiqariladi, asosiy fikr aniqlanadi; -axborotning o’ziga xos elementlar – paragraflar, jumlalar, iboralar, so’zlar ajratiladi; -ma’lumotni o’zida mujassamlantiruvchi elementlar izohlanadi; -matnning butun mazmuni va uning alohida elementlari baholanadi, bayon uslubi, shakli, tilning go’zalligiga e’tibor beriladi. -matn bo’yicha savollarga javob beriladi va matn mazmuniga oid savollar beriladi; -matn ta’sirida uyg’ongan fikrlar va his-tuyg’ular izohlanadi; -o’qilgan matn undagi ma’lumotlar asosida tasvirlanadi. Albatta, o’quvchi bu bilim va ko’nikmalarning barchasini maktabda o’qish jarayonida egallaydi. Ammo o’qish savodxonligining asosiy poydevori o’qishning ilk davridayoq qo’yiladi. Ularsiz o’quvchilarning keyingi ta’lim bosqichiga o’tishi mumkin emas. O’quvchining o’qish savodxonligining boshlang’ich darajasi matnga kiritilgan ma’lumotlarni tushunishda o’qituvchining yordamini o’z ichiga oladi. O’quvchining o’zi, garchi u o’qish va yozishni allaqachon bilsa ham, hali o’zi ma’lumotni qabul qila olmaydi. O’qish savodxonligi yuqori bo’lgan o’quvchi allaqachon o’qituvchi yordamisiz bosma manbadan ma’lumotni mustaqil ravishda qabul qiladi va o’zlashtira oladi. Bunday yosh o’quvchilar adabiy matnlarga o’zlarining baholarini berishlari, o’qishdan olingan ma’lumotlardan muayyan hayotiy vaziyatlarda foydalanishlari mumkin. Yuqori darajadagi o’qish savodxonligi taklif etilayotgan matndagi savolga tezda javob topish, agar matnda notanish so’zlar bo’lsa, lug’atda ularning ma’nosini topish, lug’at bo’lmasa, tushunish qobiliyatini nazarda tutadi. Matn kontekstiga asoslangan so’zning ma’nosi hisoblanar ekan, o’quvchi ma’lumotni olish jarayonida muhim detallarini yo’qotmagan holda qisqacha bayon qila oladi, qisqacha tezislar yarata oladi. Matnni tushunish uchun o’qish savodxonligi yuqori bo’lgan o’quvchilar butun hayotiy tajribalarini va ilgari olgan barcha bilimlarini qo’llay oladi. Albatta, boshlang’ich sinfda bolalarga taklif qilinadigan matnlar ularning qiziqishlari va hayotiy tajribasidan uzoqda bo’lgan ko’plab tushuncha va tasvirlarni qamrab olmasligi kerak, chunki bu ularning o’qishga bo’lgan qiziqishini kamaytirishi mumkin. O’qish savodxonligini rivojlantirishda, umuman, o’qishga qiziqishni shakllantirish o’qituvchining eng muhim vazifasidir. Bolalar o’z yoshiga mos keladigan turli xil adabiyotlar bilan tanishishlari, ularga turli shakllar, mavzular va yo’nalishlardagi matnlarni taklif qilishlari muhim sanaladi. O’qituvchi bolalarga qaysi kitoblar ularga eng yaqin ekanligini aniqlashga yordam beradi, ularga yoqadigan boshqa adabiyotlarni tavsiya qiladi. Kitobxonlarning qiziqishi, didi shunday shakllanadiki, bu jarayon yillar davomida o’zgarib turadi. Ammo to’g’ri yo’lga qo’yilgan tarbiya asosida shakllangan o’qishga bo’lgan qiziqish hayot davomida o’zgarmaydi. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Do’stlik” hikoysini o’qib o’rganish va tushunish jarayonini tahlil qilamiz. Matn mazmuni quyidagicha: “Аbduqodir Vovаgа yozаyotgаn xаtini boshidаn o’qib chiqqаn edi, o’zigа yoqmаdi: nuqul kerаksiz so’zlаrni yozibdi-yu, muhimlаri qolib ketibdi. Yаngidаn yozmoqchi bo’lib, «Esingdаmi, Vovа», deb boshlаdi. Boshlаdiyu, yаnа yozа olmаy, derаzаdаn olmаzorgа tikilgаnichа, xаyolidаn o’tgаn dаvr kechа boshlаdi. Bir kuni kosаdаgi sutni to’kib qo’yib oyisidаn qochib chiqqаn edi. Ko’chаlаrdа bekor аylаnish jonigа tegdi. Keyin nimа gаplаr bo’lаyotgаnini bilish uchun mаktаb hovlisigа kirgаn edi, yаngi ko’chib kelgаn rus tili o’qituvchisining eshigi oldidа loy qorib turgаn mаllа sochli bolаgа ko’zi tushib qoldi. Аbduqodir yаqinroq borib begonа bolаning kurаkchаsini oldi-dа, urа qochdi. – Kerаk bo’lsа, olаver, – dedi to’sаtdаn o’zbekchаlаb Vovа, –mendа ko’p. O’shа kuni Аbduqodir Vovа bilаn durustginа tаnishib oldi. Mа’lum bo’lishichа, Vovаlаr «Kаttа dovon» qishlog’idаn ko’chib kelаyotgаnlаridа ulаrning yettitа quyonlаri o’shа yerdа qolib ketibdi. Bittа onа quyonni olib qаytishibdi. Hаdemаy o’qishlаr hаm boshlаnib ketdi. Ikkovlаri bir sinfdа o’qiy boshlаdilаr. Endi ulаr birgа dаrs tаyyorlаshаr, birgа o’ynаshаr, bo’sh vаqtlаridа esа Vovаning quyonlаrigа o’t keltirish uchun dаlаlаrgа chiqishаr edi. Bir kun ikkovlаri аdir tomondа аdаshib hаm qolishgаn. Bu voqeа 4-sinfdа o’qiyotgаnlаridа yuz bergаn edi. Ulаr olmа keltirish uchun bog’gа borishdi. Ertа bаhor, dаrаxtlаr kurtаk yozа boshlаgаn, hаmmаyoqdа o’t-o’lаnlаr ko’kаrib, zilol suvli аriqlаr bo’yidа chuchmomаlаr ochilgаn pаyt… Ishlаrini bitirib, endiginа orqаgа qаytаmiz deb turgаnlаridа, Vovаning yonginаsidа bir quyon bolаsi sаkrаb, o’ynoqlаb qoldi: – Quyon! – deyа qichqirdi Vovа vа ortidаn quvlаy boshаdi. Аbduqodir hаm yugurdi. Quyon bolаsi o’ynoqlаb, oyoqlаrini osmongа otib yugurаr edi. Qorong’i tushib, ko’z ko’rmаy qolgunchа quyonni quvlаshdi. Shu pаyt yаqinginаdа chiyаbo’rining chаqаloqning ingаlаshigа o’xshаsh ovozi eshitilib, ikkovlаrini hаm cho’chitib yubordi… – Vovа, – dedi Аbduqodir o’zidаgi qo’rquvni bosish uchun аtаylаb qаttiq tovushdа, – sen kаttа bo’lsаng quyonchi bo’lmoqchimisаn? – Аlbаttа, – dedi Vovа tovushini undаn hаm bаlаnd qilib. – Men bobomgа o’xshаb bog’bon bo’lsаm kerаk, bobom: «Qаrib qoldim, o’rnimgа seni qoldirmoqchimаn», – deydilаr. Bir nаfаsdаn so’ng xаt hаm tаyyor bo’lgаn edi. Аbduqodir pochtа tomon yo’l oldi”. Ushbu hikoya g’oyasini, voqealar jarayoni, matn mzmunini to’liq tushunish uchun, avvalo, matn tahlil qilinishi lozim. Tahlil uchun suhbat uyushtirish, savol-javob tashkillashtirish yaxshi samara beradi. Matn yuzasidan tashkil etilgan suhbatda savollar mundarijasi ko’proq hayot bilan bog’liq bo’lishi, o’quvchilarni o’ylantiradigan, fikrlashga majbur qiladigan savollardan tuzilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Savollar mundarijasi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Abduqodirning Vovaga xat yozishining sababi nimada edi?

  2. Siz ham xat yozganmisiz?

  3. Xat yozmoqchi bo’lganingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz?

  4. Abduqodirga o’xshab siz ham kosadan biror narsani to’kib yuborgan paytingzi bo’lganmi?

  5. Quyon qanday jonivor ekanligini ta’riflab bera olasizmi?

  6. Quyonning “o’ynoqlab, oyoqlarini osmonga otib” yugurganini ko’rganmisiz?

  7. Kelajakda qaysi kasb egasi bo’lish haqida o’ylab ko’rganmisiz?

  8. Yaqin do’stingiz bilan qanday ilk bor qanday tanishganingiz haqida gapirib bering.

O’quvchilar hikoya matni bilan bo’gliq bo’lmagan, biroq hikoya mazmuni asosida qurilgan savollarga javob topib, hikoyaning go’yasini anglaydilar. Hikoya mazmuni hayotiy voqealarga asoslanishini tushunadilar. O’quvchilarning matn mazmunini yanada to’liq bilib olishlari uchun PIRLS dasturi savollariga mos tuzilgan savollar bilan tekshirib ko’rish ham mumkin. Savollar soni 10 ta bo’lib, asosan test ishlash, fikrni asoslash, taqqoslash, mulohaza bildirishga yo’naltrilganligi o’quvchilarning matn mazmuni tushunishlariga yordam beradi:

  1. Аbduqodir kimgа xаt yozdi?

А) Vovаgа

  1. B) Rustаmgа

  2. C) Аligа

  3. Xаt qаysi so’zlаr bilаn boshlаnаrdi?

А) Аssаlomu аleykum

  1. B) Esingdаmi Vovа

  2. C) Sаlom do’stim

3.Аbduqodir Vovа bilаn qаy tаrzdа uchrаshib do’stlаshаdi? Misol keltiring. 1___________________________________________________________________________________________________________________________________ 2___________________________________________________________________________________________________________________________________

  1. Vovаni oilаsi qаyerdаn ko’chib kelishdi?

А) Kаttа qo’rgon

  1. B) Kаttа dovon

  2. C) Tog’dаn

  3. Ulаr аdаshib qolgаndа nechinchi sinfdа o’qishаr edi?

А) 3-sinf

  1. B) 4- sinf

  2. C) 2- sinf

  3. O’shаndа qаysi fаsl edi? 2 tа misol keltiring.

1___________________________________________________________________________________________________________________________________ 2___________________________________________________________________________________________________________________________________

  1. Do’stlаr qorong’u tushgunchа nimаni quvlаshdi?

А) Itni

  1. B) Quyonni

  2. C) Mushukni

  3. Ulаr аdаshib qolgаngа qo’rquvni qаndаy yengdi ? Misol keltiring.

Vovа:_____________________________________________________________Аbduqodir:________________________________________________________ 9.Siz o’zingiz qo’rquvni qаndаy yengаsiz? Izoh bering. ____________________________________________________________________________________________________________________________________

  1. Bаlаnd ovozdаn tаshqаri yаnа qаndаy usullаr bilаn qo’rquvni yengish mumkin? Misol keltiring.

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Matn bo’yicha savollarga javob berishda o’quvchilar «qo’shimcha savol» o’yinidan foydalanishlari mumkin. Bu kabi savollarda o’qituvchi ushbu matn bilan bog’liq bo’lmagan savolni beradi. O’quvchilarning vazifasi ortiqcha savollardan tashqari barcha savollarga javob berishdir. Bunday topshiriq, qoida tariqasida, o’quvchilarning diqqatini oshiradi, topshiriqlarga qiziqishini faollashtiradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirib, fikrlashni, narsalarning chuqur ma’nosini ko’ra oladigan, tevarak-atrofdagi voqelikni yetarlicha idrok eta oladigan madaniyatli shaxsni tarbiyalaydi. Zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun inson doimo o’zini takomillashtirishi, doimiy ravishda o’z-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi va kerakli ma’lumotlarni o’zlashtirish tezligiga erishishi kerak. Faqat bu sizga jamiyatning izlanuvchan a’zosi bo’lish imkonini beradi, xalq va mamlakatingiz uchun haqiqatan ham foydali hisoblanadi.

Download 23.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling