Mavlonqulov Baxtiyor Xuseynovichning


-15 yoshli o‘quvchilar organizmiga, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining ta’siri


Download 1.99 Mb.
bet20/23
Sana07.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1336606
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
oXIRGISI

2.3. 14-15 yoshli o‘quvchilar organizmiga, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining ta’siri.

O‘quvchilar va talabalarga xos sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismini harakat faoliyati tashkil qiladi. O‘quv yili davomida, dars vaqtidagi dinamik harakat faoliyati, statik harakat faoliyatiga nisbatan 1:3, o‘qishdan (darsdan) keyingisi 1:8 bo‘ladi. Bu esa harakat faoliyatining cheklanganligini ko‘rsatadi. Gigiena qoidasiga ko‘ra, har bir kishining harakat faoliyati bir kunda, kamida 1,3-1,8 soatni tashkil qilishi kerak. 11-jadvaldagi ko‘rsatkichlardan talabalar harakat faoliyatining aqliy faoliyatga ta’siri yaqqol ko‘rinib turibdi. To‘g‘ri va muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan o‘quvchilar barcha fanlarni, shug‘ullanmaganlarga, nisbatan yaxshi o‘zlashtiradilar, Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari ta’sirida, talabalarning aqliy ish faoliyati darajasining o‘zgarishi.



Jismoniy mashg‘ulotlar davomida organizmda uning funksional quvvatini, tarmoqlar va ularning o‘zaro aloqalarining ma’lum darajada kengayishini, boshqarish mexanizmlarining takomillashishini, kompensator-moslashuv o‘zgaruvchanlik chegarasining yuqori ko‘tarilishini ta’minlaydigan morfologik va funksional jarayon yuz beradi. Natijada organizmning oddiy va o‘ta chidamliligi uning tashqi muhitdagi xilma-xil zararli omillar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati ortadi, mashqlarga chidamlilik ham oshib boradi.
Bajariladigan jismoniy mashqlar tarmog‘i ta’siri ostida kishi organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mushak harakatlarining o‘ziga xosligiga, mashqlarning me’yori va uslubiga, sog‘liq, yosh, jins. holatiga, tayyorgarlik natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum darajadagi o‘zgarish bilan kishi organizmining qarshiligi kuchayadi. Jismoniy mashqlar bilan doimiy shug‘ullanish natijasida mashqlarga bardosh berishning rivojlanish negizi asab faoliyati va boshqarish mexanizmining takomillashuvidir.Asab hujayralarining o‘zgaruvchanligi va qo‘zg‘aluvchanligi asosida asab jarayonlari va ularning harakatchanlik kuchi yetadi. Shartli refleks laming paydo bo‘lishi va ularning barqarorligi tezlashadi, modda almashinuv faoliyat- ma’lum darajada jadallashadi.Murakkab o‘rta tarmoqni boshqarish mexanizmlari mukamallashadi. Qondagi gemoglobin tarkibi va eritrotsitlar sonining ko‘payishi qonda kislorod hajmining oshishiga imkon beradi, limfotsitlar soni o‘rtacha ko‘tariladi, ishqorlilik ortadi. Mushaklarda, bosh miyada, yurak mushaklarida energetik moddalar zaxirasi ko‘payadi
To‘qimalarni kislorod bilan ta’minlaydigan ferment tarmoqlari faollikni oshiradi. Nafas olish apparatining ma’lum miqdorda funksional quwati ortib, qondagi kislorod hajmining ko‘payishi jismoniy harakat vaqtida kislorod yutilishining o‘sishini ta’minlab, organizmning ishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘tarish imkoniyatini ta’minlaydi. Uglevod zaxiralari ko‘payadi, yog‘ miqdori kamayadi energiyaning sarf bo‘lishi bir necha bor past bo‘ladi,lekin talabga javob berish uchun yana birdan o‘sishi mumkin. Mashg‘ulotlar jarayonida xilma-xil ko‘zg‘atuvchilarning kata miqdori vujudga kelib sharoit yaratgan analizatorlar funksiyasi takomillashadi.
Talabalar uchun sog’lom turmush tarzini tashkil etish - harakat faoliyatining tarkibiy qismdir. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, katta jismoniy ish bajarilgach, 24 soatdan so‘ng ham aqliy ish qobiliyati, oldingi darajada tiklanmas ekan, o‘rtacha me’yordagidan keyin esa aqliy ish qobiliyati, tiklanishi oldingidan ham yaxshi (100 % olingan) me’yorda bajarilganda, oldingiga yaqin holatda tiklanadi. Organizmdagi o‘zgarish ifodasi, asosan, analizator faoliyatida sodir bo‘ladi, proprioresepsiyalarning mushakiarda takomillashuvi mushakiarda bir me’yorda hosil bo‘lgan sezuvchanlikning kuchayishi harakat natijasida bajarilishining aniqligi va ravonligi ortadi. Vestibulyar barqarorlik o‘sadi, vestibulyar apparatning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq faoliyat va maxsus sinovdagi vegetativ harakatlar va harakat darajasi pasayadi. Ko‘rish analizatori faoliyatining takomillashuvi ko‘rish maydonining kengayishida, ko‘z harakati apparatiniig o‘sishi, yorug‘likni sezish, ko‘rish asabining o‘zgaruvchanligi va qo‘zg‘aluvchanligming ko‘tarilishida hosil boladi.Suyak to‘qimasining gipertrofiyasi - paysimon suyak defiiziyasining ko‘ndalang o‘sishi, qobiq qatlamining yo‘g‘onlashuvida yuz beradi.
Suyak apparatining gipertrofiyasi katta jismoniy mashqlar bajarilishi uchun juda muhim bo‘lib, suyak mexanik mustahkamligining o‘sishiga imkoniyat yaratadi. Mushak gipertrofiyaga duch kelib, uning vazni va hajmi o‘sayotganda birinchi navbatda, oqsillar tuzilishi o‘zgarib, miqdori ortadi, mushaklarning qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Sezilarli darajada kapillyarlar kengayadi, morfologik tadqiqotlarga hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarga muvofiq ularning soni 40-50 % ko‘tariladi. Quvvat potensiallari zaxirasi sezilarli darajada o‘sadi. Biokimyoviy tadqiqotlar, shuni ko‘rsatadiki, ATF resiptezasi va mushaklar ishlashidagi glikogen ko‘tarilishiga mos keladigan mioglobin, miazin, kreatinfosfatlar soni sezilarli darajada, o‘sadi va kaliy tarkibiga kiruvchi bir necha moddalar: temir, natriy, kalsiy, magniy ko‘payadi.
Mushaklar jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmagan kishi uchun tana og‘irligining 35-40 foizini, ba’zan 50 foiz va undan ko‘proq qismini tashkil etadi. Suyak, mushak tarmoqlarining o‘zgarishi jismoniy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari yaxshilanganidan darak beradi.Bo‘g‘inlar va umurtqa pog‘onadagi harakatchanlikning oshishi kishining tashqi qiyofasining va qomatining takomillashishidan dalolat beradi. Organizmdagi ortiqcha, yog‘ va suvlarning yo‘qolishi natijasida tananing solishtirma og‘irligi oshadi. Mashg‘ulotlarning boshida tana vazni kamayadi, keyinchalik oldingi holatiga keladi. Ayrim hollarda bo‘yning o‘sishi va tananing shakllanishi tugallanmagan bo‘lsa, mushaklarning o‘sishi hisobiga tana vazni ortadi. Shu bilan birga mushaklarning gipertrofiyalanishi va energetik resurslarining кo‘payishi natijasida mushaklarning funksional holati yaxshilanadi. Mushaklarning zo‘riqishi va bo‘shashish qobiliyatlari ortadi, amplitudasi oshadi, mushak kuchi o‘sadi, mushak tolalarining qo‘zg‘aluvchanligi takomillashadi. Nafas olish va chiqarish apparatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Nafas olish mushaklari rivojlanadi, o‘pkaning nafas olish sig‘imi kattalashadi, ko‘krak qafasi harakatchan bo‘ladi. O‘pkaning sig‘imi ayollarda 4-51, erkaklarda 5-7 litrga yetib, lozim bo‘lgai; miqdordan 15-20 %ga oshadi. o‘pkaning daqiqaviy maksimai ventilyatsiyasi (almashinuvi) 100-200 litrga yetadi, sport bilan shug‘ullanmaydiganlarda esa u 60-120 litrni tashkil etadi. Nafas olishning daqiqaviy hajmi 4-10 litrgacha oshadi. Nafas olish kamayadi (1 daqiqada 10-16ta nafas harakatlari, ayrim holda 6-20ta) va chuqurlashadi (0,7-11, sport bilan shug‘ullanmaganlarda 0,3-0,51ni tashkil qiladi) nafas chiqarish cho‘ziladi (6-3s, sport bilan shug‘ullanmaganlarda 1,8-2 s). Maksimal kislorod iste’mol qilish qobiliyati o‘sadi. Yurak faoliyati, odam yuragi to‘rt kamerali bo‘lib, ikki bo‘lma va ikki qorinchadan iborat. Sog‘lom odamda (ayollarda 200-300 gr) (erkaklarda 250-350 gr.) vaznni 0,4-0,5 %ni tashkil qiladi. Sport bilan shug‘ullanganlarda 500 gr va undan ortiq bo‘ladi. Sog‘lom kishida bir daqiqada yurak urishi o‘rtacha 70 marta (60-92 m), sport bilan muntazam shug'ullanganlarda 33-60 martagacha. Musobaqalarda yurakning bir daqiqada 250 martagacha urishi nazorat qilingan. Yurak urishining davri:
1 yoshgacha 100-140ta;
10 yoshliklarda 90ta;
20 yosh va kattalarda 60-80ta;
va qariyalarda 80-90tagacha bo‘ladi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanganlarda yurak urishi yaxshilanadi, tinch hollarda yurak qisqarish soni 42-60 ta, ayrim hollarda 36-42 tagacha kamayadi, yurakning qisqarish kuchi oshadi. Sport bilan shug‘ullangan odamlar yuragining daqiqalik hajmi ko‘pincha 3,5-6 litrni tashkil qiladi. Yurak qisqarishining sekinlashuviga sabab odam organizmida sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlar, adashgan asab tonusining oshishi va uning avtomatizm funksiyalariga ta’siri natijasida qonaylanishning sekinlashishi, diastolalik cho‘zilishi, kislorod utilizatsiyasining yaxshi lanis hi, miokarddagi biokimyoviy va bioenergetik oqimlar jarayonlari bilan bog‘liq. Sistolik hajmning oshishi va yurak qisqarishining kuchli bolishi yurak mushaklarining gipertrofiyalanishi (hajmining kattalanishi) va yurak bir marta qisqarganda o‘zidan chiqarib tashlaydigan qoldiq va qon hajmining ko‘payishi bilan asoslanadi.Yurakning bunday diastolasi uzun bo‘ladi, qon hay dash vazifasining qisqarishi sababli sistola ham biroz qisqaradi.Yurak mushaklarining gipertrofiyalanishi, ayniqsa yurakning tovushi kengayishi natijasida uning hajmi ko‘pincha kattalashadi, bu organizm katta jismoniy zo‘riqishga fiziologik moslashganligidan dalolat beradi. Lekin ko‘p hollarda sportchining yuragi kengaymasa ham yurak mushaklarining gipertrofiya elementlari mavjud bo‘ladi. Yuqori malakali sportchilarda o‘tkazilgan rengenologik tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, faqat 4,9-7 % hollardagina sportchilar yuragida gipertrofiya belgilari yoki tovush kenggayishi bo‘ lmaydi (sport turiga qarab). Anatomik tekshirishlar hamma sportchilar yuragining vaznini oshishini va ikkala qorincha devorlarining yo‘g‘onlashganligini ko‘rsatadi. 30 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom odam yuragining o‘rtacha og‘irligi 270 g. Sport bilan shug‘ullangan odamlarda yurakning vazni 300 - 500 g gacha yetadi. Sportchilar yuragining kattalashishiga qaramay (1100 - 1200 sm), uning vazni hech vaqt 500 g dan oshmagan. Ko‘pgina olimlarning ta’kidlashicha (A.Markosyan), sport bilan shug‘ullanganlarda yurakning kattalashishi, uning bo‘laklarining bir xil o‘sishi tufayli bo‘ladi. Sport bilan shug‘ullangan odamlar yuragining kattalashishiga yurak mushagining gipertrofiyalanishi va bo‘shliqlarning kengayishi sabab bo‘ladi. Gipertrofiyalanish va kengayish darajasi ayrim hollarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin bunda yurak mushaklarining vazni va hajmi orasidagi mo‘tanosiblik saqlanib qoladi.
Ingliz olimlari yurak hajmi va uning jismoniy ish bajarish qobiliyati, orasidagi korrelyatsion bog‘liqlikni aniqlagan. Sport bilan shug'ullanuvchilarning yuragi kengayganda, jismoniy ish bajarish qobiliyatining yuqori bo‘lishi, qisqarish qobiliyatining yaxshi bo‘lishini olimlar ko‘p yillik tekshirishlarda kuzatganlar. Kengaygan «sportchi» yurakning ritmi sekinligi sinxron va izometrik qisqarish hisobiga zo‘riqishdan uning cho‘zilishi, qorinchalarining tez to‘lishi, qisqarish tezligining kamayishi, qorincha ichidagi bosimning ortishi, qon haydash davrining davom etish vaqti kamayishi bilan ifodalanadi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling