Mavsumiy marosimlar tabiati, o`ziga xos tomonlari va turlari: bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati. Mavsumiy marosimlar folklori


Download 33.68 Kb.
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi33.68 Kb.
#1418971
1   2   3
Bog'liq
Mavsumiy marosimlar tabiati

Qishki mаrоsimlаr fоlklоriga «gap-gashtak» va «yas-yasun» marosimlari kiradi. Ular mеhnat jarayoni bilan bog’liq emas.
«Gаp-gаshtаk» mаrоsimi ba`zi joylarda gapxo’rlik dеb ham yuritiladi. Unga ko’ra, dala mеhnatidan bo’shagan erkaklar uzun qish kеchalarini zеrikib o’tkazmaslik uchun o’z uylarida yo choyxonalarda galma-gal ziyofat bеrishgan. Uni boshqaruvchi oqsoqol va yordamchisi bo’lib, ziyofat navbatini, tartibini, unda o’ynaladigan o’yinlarni nazorat qilgan va boshqarib borgan. Ziyofat oldidan polvontavoq kimning oldiga eltib qo’-yilsa, ziyofat gali o’shaniki sanalgan. O’tirish choyxo’rlikdan boshlanib, ishtirokchilar xohishiga ko’ra tayyorlangan taom tanovulidan kеyingi o’yin- kulgilar bilan allamahalgacha davom etgan. Yarim tunda palov suzilgan. yana o’yin-kulgi va choyxo’rlik davom etgan. Nihoyat, davraboshi ruxsati bilan gapxo’rlar uyuylariga tarqalganlar. Bunday gashtaklarda mayxo’rlik bo’lmagan. Bu marosim shaxsda o’zini davralarda tuta bilish, mеhmon kutish va uning ko’nglini olish malakasini shakllantirgan va targ’ibot-tashviqot olib borish vazifasiga ko’ra madaniy-oqartuv xizmatini ado etgan.
«Yas-yasun» ko’chmanchi chorvadorlar o’rtasida qimizxo’rlik marosimi sifatida yuzaga kеlgan bo’lib, uning ma`nosi davrada o’tirish qoidalari dеmakdir. Ba`zi joylarda u «bo’zaxo’rlik» yoki «ko’na o’tirishlari» dеb ham yuritiladi.
«Yas-yasun» shеrdada o’tkaziladi. Shеrdaning raisi, o’ng va chap otaliqlari
(o’rinbosarlari) butun marosimga rahbarlik qiladi. Eshik og’asi (shеrda o’tadigan uy xo’jayini), biy va uning o’rinbosarlari bеradigan buyruqlarni bajartiruvchi yasovul, kosagul (soqiy) kabi javobgar shaxslar ham marosimda muhim vazifa bajaradilar.
Marosimning quyidagicha shartlardan iborat qat`iy talablari mavjud. Ishtirokchilar:
– kosagul uzatgan bo’zani bir nafasda ichib yuborishlari lozim;
-kosadagi bo’zani to’kmasliklari yoki to’kib yubormasliklari shart;
-doim cho’kka tushib o’tirishlari va biy ruxsatidan so’nggina oyoq uzatib yoki yonboshlab o’tirishlari mumkin;
-shеrda oxiriga qadar mastlik qilmay, odob saqlashlari shart;
-shеrda o’tirishini faqat biy yoki eshik og’asi ruxsati bilangina tark etishlari mumkin;
-biy yoki o’rinbosarlarning topshiriqlarini so’zsiz ado etishlari lozim;
Kosagul shеrda ishtirokchilariga bo’za tutganida turli to’rtliklar aytmog’i va shеrda
a`zolari ham unga javob qaytarmog’i shart.
Marosimda aytilgan to’rtliklarning sharti shuki, birinchi band qaysi so’z bilan boshlansa, ikkinchi band ham o’sha so’z bilan boshlanmog’i, shu asosda bandlararo anafora yuzaga kеlib, ritmik-kompozision yaxlitlik ta`minlanishi shart. Masalan, kosagul shеrda ishtirokchilariga bo’za uzata turib, shunday murojaat qiladi:
Alyor bo’lsin-ay,
Xo’jam yor bo’lsin-ay.
Xo’jam bеrgan davlatga Dushman zor bo’lsin-ay.
Kosagulning bunday murojaat qo’shiqlari turlicha bo’lishi mumkin, eng muhimi, bir to’rtlik qayta takrorlanmasligi lozim. Bo’za uzatilgan kishi kosani ola turib, kosagulni yoki bo’zani alqab juft bayt yoki juft to’rtlik aytmog’i, bunda ikkala bayt ham yoki to’rtlik ham bir so’z yoki ibora bilan boshlanmog’i shart. Chunonchi: Bo’za ichdim-boshga chiqdi xumori, Yor qo’ynida qoldi bo’ynim tumori. hеch bahona topmas edim borgani, Xo’b bahona bo’ldi bo’yning tumori.
Bo’zaning  piyolasi ham lolasi,
Yigitga hamdam bo’lur qaynonasi. Ul yigit chiqsa bo’zadan mas(t) bo’lib, Oldiga o’ynab chiqar jononasi.
Yas-yusun marosimida aytiladigan bunday qo’shiqlar Turkiston, Sayram, qarnoq va Iqon atroflarida «haqqonalar yoki ko’nalar» dеb yuritilsa, boshqa joylarda «bo’zagarlar qo’shig’i» dеb yuritiladi.
Respublikamiz taraqqiyoti va o‘zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yoshlarni ma’naviy jihatdan mustahkam bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg‘usiga boy qilib tarbiyalash zamonamizning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu esa ta’lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson, yetuk mutahassis bo’lib yetishishlarida bo’lajak musiqa o’qituvchilarining ijodiy qobilyatinining o’rni ham shakshubhasiz katta ahamiyatga ega. Bo’lajak musiqa o’qituvchilarini mavsumiy-marosim qo’shiqlari orqali hayotga bo’lgan qarashi, fikrlash qobilyati, ijyimoiy ishlarni to’g’ri amalga oshirishi, atrofmuhitni kuzatish qobiliyatining o‘sishida musiqa san’ati muhim o‘rin tutadi. Boshqa san’at turlariga nisbatan musiqa san’ati juda muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim tizimida talabalarning ijodiy qobilyatini tashkil etish insоn shахsini хаr tоmоnlаmа uyg’un kаmоlоtini tа’minlаshdа sаn’аtning jumlаdаn musiqаning "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 714 аhаmiyati kаttа. Zеrо sаn’аt аsаrlаri vоsitаsidа kishining bаdiiy dunyosi kеngаyib mа’nаviyati shаkillаnаdi. Mа’nаviyatni shаkillаntirish esа, dаvrning muхim vаzifаsi bo’lib, uni hаl etish nihоyatdа dоlzаrb. Yurtbоshimiz tа’kidlаgаnidеk, «Mа’nаviyat insоnning, хаlqning, jаmiyatning, kuch qudrаtidir. U yo’q jоydа hеch qаchоn bаxt-u sаоdаt tаrаqqiyot bo’lmаydi. So’ngi yillarda Musiqа ta’limida dаrsdan tashqari musiqa mashg’ulotlar tizimini yanada tаkоmillаshtirish uni dаvr tаlаbi аsоsidа rivоjlаntirish muаmmоlаrigа bаg’ishlаngаn qаtоr ilmiy tаdqiqоtlаr, uslubiy risоlаlаr, dаsturlаr tаvsiyanоmаlаr yarаtildi vа yarаtilmоqdа. Mavsum marosim qoʻshiqlari - xalq ogʻzaki ijodining yil fasllarini belgilovchi, turli marosim hamda anʼanaviy bayramlar jarayonida ijro etilgan qad. qoʻshiq turlaridan. Kelib chiqishi eneolit (yangi tosh) davrida yuzaga kelgan chorvachilik va dehqonchilik mehnatlari bilan bogʻliq. Qadimda mazkur mehnatlar yil fasllarining uzviy aylanib turish jarayoniga bevosita bogʻliq boʻlgan. Odamlar turli marosimlar, qurbonliklar va qoʻshiklar homiy ruhlarga yoqib, ular bizga moʻl hosil beradi, deb ishonishgan. Buning natijasida bir-birini toʻldiruvchi mavsumiy marosim qoʻshiqlar silsilasi shakl topgan: bahor kelishi munosabati bilan "Oftob chiqdi", "Laylak keldi", "Boychechak" kabi qoʻshiqlar kuylangan; "Sumalak", "Gulyor" "Navroʻz yoʻklovlari", "Ish oshi" aytimlari "Navroʻz" bayrami va "Lola sayli", "Qizil gul sayli" milliy-anʼanaviy xalq bayramlarida; "Shoxmoylash", "Qoʻsh-qoʻsh" kabilar shudgorlash davrida, "Sust xotin" qurgʻoqchilik boshlanganida ijro etilgan. Yozkuz fasliga oid "Oblo baraka", "Oʻrim", "Xoʻr mayda", "Qovun sayli", qishda oʻtkazilgan gapgashtaklarda ("Alyor"), "Yas-yusun" marosimlari mashhur boʻlgan. Beruniy 6- asrdan ajdodlarimiz kuzgi teng kunlikni "Mehrjon", bahorni "Navroʻz" bayrami bilan davlat miqyosida nishonlanganini aytadi. Mavsum marosim qoʻshiqlariq.da ilk bor band, bandnaqarot shakllari rivoj topib, oʻyin harakatlari yoki afsun aytimlarining ritmik xususiyatlarini ifodalovchi musiqiy va sheʼriy (jumladan, satr boʻgʻinlar soniga asoslangan barmoq) vaznlar yuzaga keladi. Muayyan ritmik "qolip" larga hamda parda tuzilmalariga tayangan ohanglar negizida keyinchalik ohangdor musiqa usulubi shakl topadi. Mavsumiy-marosimlar folklori. Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o‘zbeklarning hayoti ham ko‘p jihatdan tabiatdagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan. Yil fasllarining o‘zgarishi, har bir faslning o‘z vaqtida xalq tasavvurida shakllangan tarzda kelishi oxir pirovardida hosilning mo‘lligini yoki dehqon mehnatining zoye ketishini belgilagan. Shuning uchun yil boshlanishi - bahor biz o‘zbeklarda umidlar fasli sifatida kutib olingan. “Har faslning o‘z xislati bor. Har faslning o‘z fazilati” - deganlaridek, xalqimiz boshqa fasllarni ham o‘ziga xos ravishda qabul qilgan va har qaysisiga alohida-alohida marosimlar o‘ylab topgan. Bir fasldagi udumlar ikkinchisida takrorlanmagan. Jumladan, bahorda “Loy tutish”, “Shox moylar”, “Navro‘z”, “Sust xotin” marosimlari o‘tkazilgan. Loy "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 715 tutishda ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol ishtirok etgan. Bevosita ariq tozalash ishini bajarayotganlar, ularning yonidan o‘tib ketayotgan odamga ketmon yoki belkurakda loy tutishgan. Yo‘lovchi o‘ziga loy tutilgandan so‘ng yo biron qo‘shiq, yo boshqa hunarini ko‘rsatib, ishlayotganlarni mamnun qilishi lozim hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga majbur qilingan. Ariq tozalash ishlarining tugashi odatda maxsus uyushtirilgan sayil, holi baqudrat tayyorlangan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan. Shox-moylar esa bahorda birinchi yer haydash ishlarining boshlanishi bilan o‘tkazilgan. Bo‘lajak hosilning mo‘l bo‘lishiga niyat qilib, qo‘shga qo‘shilgan ho‘kiz shoxi yog‘ bilan moylangan va dastlab piri badavlat, uvali-juvali bobo dehqon qo‘sh haydab bergan. Keyinchalik ishni yoshlar davom ettirgan. Bu marosim ham gavjum to‘plangan odamlar ishtirokida sayil o‘tkazish, xursandchilik bilan amalga oshirilgan. Bahor quruq kelgan kezlarda ≪Sust xotin≫ marosimi tayyorlangan. Bu marosimda mahalla, qishloq ayollari yig‘ilib mo‘la (poliz qo‘riqchisiga o‘xshagan qo‘g‘irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sep Sust xotin, suzma xotin Ko‘lankasi maydon xotin! Yomg‘ir yog‘dir ho‘l bo‘lsin Yeru jahon ko‘l bo‘lsin. Maysalar quloq yozsin, Sutu qatiq mo‘l bo‘lsin. Albatta, bahor faslidagi eng aziz va har bir o‘zbek uchun qadrli marosim Navro‘z bayramidir. Navro‘z haqidagi dastlabki ma’lumot Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. Shuningdek, Umar Xayyomning “Navro‘znoma” risolasi va Muhammad Rizo Ogahiyning bevosita Narvo‘z bayramiga bag‘ishlangan she’riy asarlari bor. Navro‘z ayyomi yilning 21- mart kuni nishonlanadi. Bayramning Navro‘z deb atalishi Yangi kun, ya’ni yangi yilning kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu kunda kecha va kunduz muddati tenglashadi va kunduzning uzayishi boshlanadi. Shuning uchun ham Navro‘z diniy emas, balki, dehqonchilik, bog‘dorchilik ishlarining qizg‘in pallaga kirishi bilan aloqador alohida bayramdir. Navro‘z bayramini faqat o‘zbeklar emas, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millatga mansub xalqlar nishonlaydilar. Avvalo uni o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘riladi: halim, sumalak, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, har xil shirinliklar tayyorlanadi. Professor B.Sarimsoqovning ma’lumot berishicha, katta bir idishda yetti xil don-ekinining urug‘i undirilgan. Ular bug‘doy, arpa, zig‘ir, tariq, no‘xot, jo‘xori, sholilardan iborat bo‘lgan. Ogahiyning ma’lumot berishicha, Navro‘zda hamma qayiqda daryo sayiliga chiqqan. Bog‘larda o‘yin-kulgilar uyushtirilgan. Dor o‘yinlari o‘tkazilgan. Ammo eng muhimi, har bir odam avvalo "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 716 betob, dili xasta, hech kimi yo‘q kimsalarni, ota-ona ajdodi ko‘milgan mozorlarni ziyorat qilgan. Bu kunda hamma nizolar unutilgan. Ginali qarindoshlar o‘z da’volaridan voz kechganlar va bayramni totuvlik bilan o‘tkazishgan. Hatto, davlatlar, podsholar o‘rtasidagi urushlar ham bayram munosabati bilan to‘xtatilgan. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami 1990-yildan katta uyushqoqlik va tantanalar bilan o‘tkazilmoqda. Bayram kuni Respublika Milliy Bog‘ida katta teatrlashtirilgan sahnalar tayyorlanadi. Sayil boshlanadi. San’at ustalarining ommaviy chiqishlari uyushtiriladi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, Navro‘z bayramining bu qadar katta e’tibor berib, tantana qilinishi O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgani bilan uzviy bog‘liqdir. Navro‘z bayrami odatda 21-martdan boshlanadi va mevali daraxt gullari meva tukkuniga qadar davom etadi. Odatda yoz fasli, kuzda hosilning mo‘l bo‘lishi uchun tayyorgarlik ko‘rish, ertapishar meva va poliz ekinlarini yig‘ish ishlari bilan o‘tkaziladi. Kuzgi bug‘doyni o‘rish, davlatvoy, asati kabi qovunlarni, chillaki, tog‘ uzumlarini uzish, shubhasiz, qandaydir marosimlar bilan boshlangan. Ammo mustabid sovet tuzumi davrida bu an’analar yodimizdan ko‘tarildi. Ehtimol, qovun, qulupnay, uzum sayillari o‘sha an’analarning bir ko‘rinishidir. Professor Bahodir Sarimsoqovning ko‘p yillar mobaynida olib borgan izlanishlari natijasi o‘laroq “Choy momo” marosimi haqida ayrim ma’lumotlar to‘plandi. Olimning aytishicha, bu odat yozgi marosimlar qatoriga qo‘shilib, Janubiy Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar orasida uyushtiriladi. Dalada pishib yetilgan bug‘doy surunkali shamol oqibatida yerga egilib ketishi natijasida nobud bo‘lishi mumkin. Ana shunday kezlari “Choy momo” marosimi o‘tkaziladi va tabiatdan shamolni to‘xtatish so‘raladi. “Choy momo” aslida “Shamol ona” ma’nosini beradi. Sayram atrofidagi keksa ayollar “Choy momo” qo‘shig‘ini aytishadi: Choy, Choy, Choy momo, Choy momosi o‘libdi, O‘g‘li yetim qolibdi, Bosa-bosa beringlar Bosilib qolsin bu shamol. Ucha-ucha beringlar Uchilib qolsin quv shamol. Oblo-hu, Oblo-hu. Bir yosh bola eshakka minib xonadonlardan berilgan xayr-ehsonlarni yig‘ib boradi. Keyinchalik “Choy momo”ga atab yig‘ilgan narsalardan xudoyi qilinadi. Turkiston atrofida esa bu marosim boshiga kuloh kiyib, yuziga qora surib olgan chollar ishtirokida amalga oshirilgan. Bu yerda quyidagi qo‘shiq aytilgan: Chuy, Chuy, Chuy momo, Chuy momoning o‘lganiga uch kun bo‘ldi, Chuy, Chuy, Chuy momo. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 717 Ucha-ucha beringlar, Uchilib qolsin chuy momo. Ma’lum bo‘ladiki, shamol to‘xtatish marosimi mazmunan uzoq, qadim zamonlardagi mifik dunyoqarash belgilari sifatida baholanishi mumkin. Unda so‘zning mo’jizaviy qimmati va xudoyining ta’sir kuchiga ishonish yetakchilik qiladi. Kuzda esa shamol chaqirish marosimi o‘tkazilgan. Endi yig‘ilgan don hosilini po‘chog‘idan ajratish uchun shamol kerak. Don yanchilgach, uni shamolda shopiradilar va somonni shamol uchirib, don tozalanadi. “Yo, Haydar” qo‘shig‘i aynan ana shu marosim belgisi hisoblanadi. Professor Bahodir Sarimsoqov qo‘shiqda Haydarga, ya’ni Hazrati Aliga murojaat qilib, ajdodlarimiz shamol chaqirishgan, degan xulosaga keladi: Haydar, ota-onang o‘libdir, Moli senga qolibdir. Bolang suvga oqibdir, Shamolingni qo‘yivor. Bu marosim ham qadim zamonlardan bizgacha faqat ayrim hududlarda saqlanib yetib kelgan. Qish o‘zbeklarda asosan yil bo‘yi qilingan mehnatdan dam olish fasli hisoblangan. Gap-gashtaklar, turli yig‘inlar, mumtoz adabiyotimiz namunalarini sharhlash suhbatlari ko‘pincha, qishda bo‘lar edi. Shu bilan birga, o‘zbeklar qishda o‘tkazadigan alohida marosim ham bor. Uni “Yasyusun” deb atashgan. Bu marosim asosan bo‘za ichish bilan bog‘liq. Ma’lumki, yaqin o‘tmishgacha o‘zbek xonadonlarida mehmonlarni qabul qilish uchun maxsus mehmonxonalar bo‘lgan. “Yas-yusun” o‘ttiz-qirq ulfat ishtirokida ana shu mehmonxonalarda o‘tkazilgan. Marosimda kosagul piyolaga quyib bergan bo‘zani bir nafasda ichish, uni to‘kmaslik, maxsus ruxsatgacha faqat cho‘kka tushib o‘tirish, odob saqlash, ruxsatsiz ketib qolmaslik, marosim boshlig‘iga itoat etish kabi shartlar bo‘lgan. Marosimda quyidagi mazmunda qo‘shiq aytilgan: Alyor bo‘lsin-ay, Xo‘jam yo bo‘lsin-ay, Xo‘jam bergan bu davlatga, Dushman zor bo‘lsin-ay. Jumladan, mavsumiy marosimlarda qon-qarindoshlik jihatidan yaqinlikdan qat’i nazar, ma’lum hududda yashaydigan butun aholi ommaviy tarzda ishtirok etadi. Navro‘z, Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayrammarosimlar ham borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakillari o‘tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin marosimlari esa kichik bir qishloq, mahalla yoki juda bo‘lmaganda tuman miqyosida uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa asosan marosim egasining qarindoshlari, do‘st-birodarlari, hamkasb xizmatchilar qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan, maqsadidan qat’i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishi, o‘rtada "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 718 mehr-oqibat tushunchalarini shakllantirishi, har bir odamni topshirilgan vazifani bajarish ruhida mas’uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Xullas, mavsum marosimlari xalqimizning yil fasllari bilan bog‘liq yig‘inlaridan iborat edi. Bu marosimlar bir tomondan, o‘zbek xalqi qadriyatlari tarkibining boyligini, qadimiyligini dalillasa, ikkinchi tomondan, o‘zbeklarning qadim zamonlardan uyushgan millat ekanini isbotlaydi.
Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling