Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat va stixiyali ta’sirlarga ongli ta’sirni munosabati.
Ijtimoiy psixologiyaning ilmiy manbalaridan bari bo’lgan sotsiologiya fanining xizmatini ko’rsatmay bo’lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar:
jamiyatdagi ijtimoiy xodisalarni o’rganish uchun albatta o’ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o’rganmoq lozim, degan fikrni qat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar.
Masalan, fransuz sotsiologi Gabriyel Tard har bir individda ijtimoiy fakt borligini, bu narsa uning miya doirasidagini emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha, doimo individlararo munosabatni o’z ichiga olib bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o’rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi.
Srnday qilib sotsiologiyada psixologik yo’nalish paydo bo’ldi. G. Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o’rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy fakt – bu ijtimoiy aql, tafakkur bo’lib, u “Jamiyat psixologiyasi” yoki sotsiologiyaning bahs mavzuidir.
Yuqorida qayd etilgan ilmiy falsafiy, ijtimoiy manbalar shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy – psixologik g’oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fanning – ijtimoiy psixologiyaning paydo bo’lishi uchun zamin rolini o’tadi.
X X asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga aniq topshiriqlar qo’ya boshladi. Shuning uchun psixologiya fani oldida tadqiqotlar asosida psixologik qonuniyatlarni asoslash vazafasi turar edi. Ikkinchidan esa Amerikada ko’pgina psixologlar o’z tadqiqot ob’ektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishni kichik guruhlarga ko’chira boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |