Mavu: ommaviy ijtimoiy jarayonlar harakatlar psixologiyasi
Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat-ommaviy ijtimoiy jarayonlarning muhim omili sifatida
Download 162 Kb.
|
ommaviy ijtimoiy jarayonlar harakatlar psixologiyasi
Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat-ommaviy ijtimoiy jarayonlarning muhim omili sifatida.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Y.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. Y.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi: 1) psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism; 2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy o‘zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbekistonliklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mehmonnavozlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek xalqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga haqqimiz yo‘q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar, ya’ni, o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo‘lib, ular ongida o‘rnashib boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Millatlararo adovat va milliy etnotsenrizmning o‘ziga xos tusi borasida davlatimiz rahbari Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli tarixiy asarlari juda teran fikrlarni bayon etganlar. Asarda ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston aholisining ko‘p millatliligi o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo‘r kuch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu respublikaning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda”. Lekin ta’kidlash joizki, musatqillikning dastlabki yillarida yurtimizda ko‘p yillar mobaynida sobiq ittifoq sharoitida aholini bir xil “baynalmilallashtirish”, yagona “sovet xalqi” g‘oyasini singdirish mafkurasi ta’sirida bo‘lgan xalqlar va millatlarning milliy o‘zligini anglashi, shu bilan birgalikda millatlarao va diniy bag‘rikenglik siyosatini olib borish unchalik oson kechmadi. Prezidentimizning jamiki yurtimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ziyod millat va elatlarning manfaatlarini bir xil himoya qilish, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan dono siyosati tufayli, buguni kunda barcha o‘zbekistonliklar shu yurt, shu Vatan ravnaqi yo‘lida bir xil kurashish bilan birgalikda o‘z milliy qadriyatlari, madaniyati, san’ati, yashash tarzini hurmat qilishga, uning eng jozibali va tarbiyaviy nuqtai nazardan noyob an’analarini davom ettirish, namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Har qanday millat, u naqadar kichik bo‘lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo‘lmog‘i kerak.” Demak, mustaqil yurtimizda millatlararo va elamtlar ichidagi o‘zaro aloqalar muammolari strategik ahamiyatli bo‘lib, bu o‘z navbatida olimlar, xususan, etnopsixologlar oldiga millatlar do‘stlikni va bahamjihatlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan fundamental va tatbiqiy ishlarni amalga oshirish, natijalari bilan yurtimizda tinchlik va totuvlikni barqarorlashtirishga hissa qo‘shish vazifasini qo‘yadi. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyat tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa falsafiy qarashlar ta’sirida bo’lib sof ijtimoiy –psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo’lganligini guvoxi bo’lamiz. Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy-psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarini kuzatamiz. Lekin ular bu hodisalarni o’z davri ruhida, o’z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli oqimlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Shning uchun ham ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yoritilgan asar yoki kashfiyotchining yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini o’rganish lozim. Ayniqsa fan tarqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli hissasini qo’shgan. Bu haqida mutafakkirlarning qarashlari Shning uchun ham amerikalik olim S. Olport ijtimoiy psixologik g’oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblardan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq deb yozgan edi. Platon o’zining “Davlat”va Qonunlar” deb nomlangan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aoqasi masalasiga to’xtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlariga bo’ysinadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. 2.1-sxema. Shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga Platonda jamiyat foydasiga hal bo’lgan 2.2- sxema. U lardan keyingi - yangi davr faylasuflari – Gobbs, Gelvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, sharq faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda izohlashga uringanlar, lekin hech qaysisi bu muammoni ijtimoiy - psixologik muammo darajasiga ko’tara olmadilar. XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o’sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chishi – migratsiya munosabati bilan bir qator ijtimoiy fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo’ldi. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling