Mavuz: dpm larda inolantiruvchi nurlanish manbalarindan foydalanganda xodimlar va pasientlarni himoyalash


Download 23.38 Kb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi23.38 Kb.
#1026963
  1   2   3   4
Bog'liq
DPM larda inolantiruvchi nurlanish manbalarindan foydalanganda xodimlar


Mavuz: DPM larda inolantiruvchi nurlanish manbalarindan foydalanganda xodimlar va pasientlarni himoyalash.

INM DPM larida ham tashxis qo‘yish, va ham ayrim kasalliklami
davolash maqsadlarida qoilanadi. DPM-larida qoilanadigan hamma
INM o‘zining vazifasi va xarakteriga qarab uchta guruhga boiinishi
mumkin: nurlanish generatorlari (misol, rentgen moslamalari, tezlatgichlar), yopiq izotopli manbalar (masalan, onkologik bemorlarni masofa orqali nurlantirish uchun gamma-apparatlar, bemorlarning ichki bo‘shliqlariga kiritib nurlantirish uchun INM) va ochiq IN manbalari, (masalan, ayrim kasalliklarga tashxis qo‘yish uchun radiofarm preparatlar)

Harqanday turdagi ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda
xodimlar uchun asosiy xavfni, foydalanilayotgan manbaning xarakteri
va radiatsion himoyaning tashkil etilishiga bog‘liq holda nurlanish tashqi
va ichki boiishi mumkin.
Xodimlar tashqi nurlanishni har qanday ko‘rinishdagi manbadan
olishi mumkin. Izotopli manbalardan foydalanilganda tashqi nurlanish
dozasi ish joyidagi manbaning aktivligi, ular bilan ishlash vaqti,
manbagacha bo‘lgan masofa va foydalaniladigan himoya to‘sig‘ining
samara berish darajasi bilan belgilanadi. Nurlanish generatorlari bilan
ishlaganda tashqi nurlanish dozasi moslamaning quvvati, u bilan ishlash
vaqti, ungacha boigan masofa va to‘siqlar bilan himoyalanishga
bogiiq. Shunga muvofiq holda tashqi nurlanishdan himoyalanishda
himoyalanishning 4 ta asosiy prinsiplaridan foydalanish zarur:
- miqdor orqali himoyalanish: ish joylarida radioaktiv moddaning
(RM) kerak boiadigan minimal aktivligi boiishi kerak. Bu prinsipning
cheklanganligi shundan iborat-ki, ish joylarida RM - ning aktivligini
pasaytirishni har qachon ham amalga oshirib boimaydi, chunki u yoki
bu operatsiyani bajarishda talab etiladigan samarani olishga faqat
m aium miqdordagi RM-dan foydalanishdagina erishiladi;
- vaqt orqali himoyalanish: INM bilan boiadigan aloqa muddatini
qisqartirish orqaligina erishiladi. Vaqt orqali himoyalanishga rentgenradiologik boiimlardagi xodimlarning ish vaqtlarini qisqartirish, ta’til muddatlarini uzaytirish, nafaqaga ertaroq yoshdan chiqish kiradi.
Xodimlarning kasbiy mahorat darajalari katta ahamiyatga egadir,
chunki xodimlarning mahorati zaruriy operatsiyalami o‘tkazish vaqtini
kamaytirishga imkon beradi, demak INM bilan boiadigan aloqani
kamaytiradi. - masofa orqali himoyalanish: Tashqi nurlanish dozasi INMdan ishchigacha boigan masofaning kvadratiga teskari praportsionaldir, shuning uchun bu masofani uzaytirish tashqi nurlanish darajasini keskin pasaytiradi. Rentgen-radiologik boiimlarda masofa orqali himoyalanishga maxsus rejalashtiriluvchi qarorlar, masofa orqali boshqarish,
zaruriyat tug‘Uganda ayrim turdagi INM bilan manipulyatorlar bilan
ishlash (turli konstruktsiyadagi mexanik tarzda oluvchi mexanizmlar,
avtomat - robotlar, mexanik qoilar ) orqali erishiladi.
- to‘siqlar bilan himoyalanish - ham xodimlar va ham patsientlar
uchun eng ko‘p qoilanadigan usullar qatoriga kiradi. Rentgenradiologik boiim-larda qoilanadigan to‘siqlarni o‘zining foydalanish
xarakteriga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin - statsionar yoki ko‘chmas va ko‘tarib ko‘chiriladigan to‘siqlar.
Statsionar to‘siqlar - bu devorlar, qo‘rg‘oshin yoki tunuka yopishtirilgan eshiklar, qo‘rg‘oshin shimdirilgan oynali derazalar, “labirintlar”,
RM bilan ishlashga moijallangan maxsus bokslar.
Ko‘chiriladigan to‘siqlar - suriladigan shirmalar, fartuklar, qoiqoplar, qo‘rg‘oshinli materiallardan tayyorlangan ko‘zoynaklar, himoyali
devorni hosil qilish uchun qo‘rg‘oshindan tayyorlangan maxsus modulli
bloklar.
Himoya to‘siqlari tayyorlanadigan materiallaming xarakteri numing
turiga bog‘liq. Mas., radiatsiyaning o‘tib ketadigan turlaridan (gamma,
rentgen nurlari) himoyalanish uchun og‘ir material lardan foydalaniladi -
g‘isht, beton, qo‘rg‘oshin, temir. Beta-nurlanishdan himoyalanish uchun
yengil materiallardan foydalanish mumkin - alyuminiy, organik shisha.
RED dan ortiqcha nurlanish bo‘lganda xodimlaming nurlanib
qolishlarini oldini olish uchun (20 mZv/yil) rentgen-radiologik bo‘limlarda muntazam ravishda dozimetrik nazorat o‘tkazib boriladi va u ikki
turda - umumiy va shaxsiy dozimetrik nazoratga bo‘linadi.
Umumiy dozimetrik nazoratning asosiy vazifasiga xodimlarning ish
joylarida va yondosh xonalardagi nurlanishning ekspozitsion doza
quvvatini aniqlash kiradi. Nazoratning bu turi qo‘llanayotgan himoyaning samarasini baholashga imkon beradi. 0029-94 SanQ va M- ga
muvofiq xodimlaming ish joylaridagi dozaning quvvati 1,2 mr/soat (12
mZv/soat) ni tashkil qiladi. Umumiy dozimetrik nazorat SEOA ning
radiologik bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi va u 2 yilda 1 tadan kam
boTmasligi kerak hamda yangi moslamalarni ishga tushirishda yoki
ishlab turgan apparatlarni, kabinetlar yoki boiim lam i rekonstruksiya
qilishda o‘tkaziladi. Umumiy dozimetrik nazoratni o‘tkazish uchun
rentgenmetr asboblaridan foydalaniladi va ularda qabul qiluvchi qismi
sifatida ko‘pincha ionizatsiyali kamera qoilanadi. Nurlanish ta’sirida
asbob zanjirida elektr toki hosil bo‘ladi, uning qiymati nurlanishning
doza quvvatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Asbobning qayd qiluvchi
qismining shkalasi nurlanish dozasini mZv/soat, mkZv/soat yoki
mr/soat, mkr/soatlarda o‘lchashga moslab darajalangan. Doza quvvatlarni o‘lchash ish joylari va yondosh xonalarda o‘tkaziladi; bunda asbobning uzatuvchi qismi nurlanish manbaiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shaxsiy dozimetrik nazorat - rentgen - radiologik bo‘limlarda
ishlovchi har bir xodimning shaxsiy tarzda oladigan nurlanish dozasini
qilish maqsadida o‘tkaziladi. Shaxsiy dozimetriya uchun turli
lurkumdagi shaxsiy dozimetrlardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda bu
maqsadda TLD dozimetrlarni (termolyuministsentli dozimetrlar) qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ularning ishlash prinsipi
shundan iborat-ki, bu asboblar tayyorlangan materiallar (mas., LiF) o‘zida energiyani to‘plash xususiyatiga ega va u dozimetrlarning qizishi jarayonida fotonlar ko‘rinishidagi yorug‘likni chiqaradi. Dozimetrlarning
chaqnash jadalligi to‘plangan nurlanish dozasiga to‘g‘ri proporsionaldir.
TLD dozimetrlari "tabletka" ko‘rinishida tayyorlanadi yoki kichkina
plastinka ko‘rinishida bo‘ladi va ulami ishchilaming kiyimlariga o‘rnatib qo‘yiladi. Har bir dozimetr o‘zining qayd qilish raqamiga ega.
Turli xildagi nurlanishlar (beta, gamma, rentgen, neytron) hisobiga
nurlanish dozasini o‘lchash uchun IFKU (takomillashtirilgan foto
nazorat) dozimetri qo‘llanishi mumkin. Bu dozimetrda nurlanishni qayd
qilish uchun fotoplenkadan foydalaniladi; ionlantiruvchi nurlanish ta’sir
etganda fotoplenka qorayadi, qorayiash darajasi esa nurlanish dozasiga
to‘g‘ri proporsionaldir. Kassetadagi ekranlarning borligiga muvofiq
(alyuminli, qo‘rg‘oshinli) IFKU kassetasi devorlarida turli xildagi nurlanishlar filtrlanib ajratiladi, shunga bog‘liq holda fotoplenkadagi ayrim
bo‘laklarining qorayish darajasi turlicha boiadi; bu o‘z o‘mida turli
xildagi nurlanishlarning nurlanish dozalarini aniqlashga imkon beradi.
Fotoplenkadagi qorayish darajasini oichash densitometrda amalga
oshiriladi va uning shkalasi yutilgan (yoki ekvivalent) doza birligida
darajalangan.
Xodimlar tomonidan olinadigan nurldanish dozalari kvartalda bir
marta oichanadi yoki zaruryat tug‘ilsa tezroq aniqlanishi mumkin.
Xodimlaming yillik nurlanish dozalari 20 mZv/yilni (5 mZv/kvartal)
tashkil qiladi.
Radiometrik nazorat DPM larida ochiq turdagi INM dan foydalanilgan sharoitda o‘tkazilishi kerak, mas., radiofarmpreparatlar (RFP).
Bunday manbalar qoTlanganda turli ishchi yuzlalar, ishchilaming
qo‘llari va kiyimlari, xona havosi ifloslanishi mumkin. Bunday sharoitda
RM - ning inkorporatsiyalanish xavfi tug‘iladi, shuning uchun ochiq
INM bilan ishlovchilar ham tashqi, ham ichki nurlanish xavfiga duchor
bo‘Iadilar. Shunga bog‘liq holda ochiq RM bilan ishlashga yuqori
darajadagi talablar qo‘yiladi: bunday boiimlarni alohida joylashtirish,
RM foydalanishdagi eng optimal texnologik ketma-ketlikni ta’minlovchi
xonalami joylashishiga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari xonalaming
465
ichki pardozini amalga oshirishda o‘ziga RM yutmaydigan maxsus
materiallardan foydalanish, maxsus jihozlarni qo‘llash (bokslar, ishchi
yuzasi maxsus qoplamaga ega bo‘lgan stollar, maxsus konstruksiyaga
ega bo‘lgan qo‘l yuvish chig‘anoqlari va chiqindilarni to‘plash uchun
maxsus konteynerlar).
Inkorporatsiyalanuvchi RM hisobiga ichki nurlanishni oldini olish
uchun bu bo‘limlarda, umumiy va shaxsiy dozimetrik nazoratdan
tashqari, havo muhitini, ishchi yuzalami, ishchilarning qoilari va kiyimlarini RM bilan ifloslanish darajasini muntazam nazorat qilish zarur.
Bunday nazorat SEOA vrachlari tomonidan radiometr asboblari yordamida muntazam o‘tkazilib turiladi. Barcha radiometrlar qabul qiluvchi
va qayd qiluvchi qismlardan tashkil topgan. Qabul qiluvchi qismi
sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi yoki stsintillyatsion uzatgichdan
foydalaniladi. Ularga nurlanish zarrachasi yoki nurlanish kvanti ta’sir
etganda hisoblagich zaryadsizlanadi va u qayd qilish qismida hisobga
olinadi. Hozirgi kunda radiometrik nazoratni o‘tkazish uchun RUP
(ko‘tarib yuriladigan universal radiometr) yoki UIM (universal tibbiy
o‘lchagich) tipidagi asboblardan foydalaniladi. Ammo xavfsiz ish
sharoitlarini ta’minlash uchun ko‘chmas radiometr-signalizatorlarni
boiim ning o‘ziga, masalan, muolaja xonasidan chiqish joyiga o‘rnatish
kerak. Davolash protseduralari o‘tkazilib bo‘lingandan so‘ng vrach yoki
hamshira muolaja xonasidan chiqishidan oldin qo‘l, kiyimlarning tozaligini radiometr yordamida radiometrik nazoratidan o‘tkazadi. Asbob esa
belgilangan ruxsat etiladigan radioaktiv zararlanish darajasiga moslashtirilgan. Agar xodimdagi nurlanish darajasi undan ortiq boTsa yorug‘lik
(indikatorning qizil rangi yonadi) yoki tovush signali ishlab bizga xabar
beradi. Bunday holatda tibbiy xodim muolaja xonasiga qaytib kirishi va
qo‘llarini qayta yuvishi va maxsus kiyimni almashtirishi kerak.

Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling