Mavyu: Konsentrlar (“O’nliklar” “Yuzliklar” “Minglik” “Ko’p xonali sonlar” konsentratsiyasi ) bo’yicha nomerlarni o;rganish metodikasi


Minglik ichida raqamlash metodikasi


Download 83.92 Kb.
bet4/7
Sana27.03.2023
Hajmi83.92 Kb.
#1298991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
308-guruh X.Dilfuza 4 mavzu

2. Minglik ichida raqamlash metodikasi Ming ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi bolalarni quyidagilarni o‘rgatishdan iborat. 1. Predmetlarni bittalab, o‘ntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib sanash. 2. Ming ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish. 3. Sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qila olish. 4. O‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar, o‘nliklar, yuzliklar qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash. 5. Sonni xona qo ‘ shiluvchilarining yig ‘ indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish. Ming ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga oid ishni bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.

I. Tayyorgarlik ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida raqamlashga doir materiallardan 1000 ichida sonlarni raqamlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat. SHu maqsadda o‘quvchilarga taxminan bunday mashqlarni taklif qilish mumkin. 1. Sonlarni tartib bilan 18 dan 23 gacha, 36 dan 45 gacha, 77 dan 89 gacha ayting. 2. Har qaysi qatorning yana 4-5 ta sonini ayting: 76, 77, 78, … 45, 46, 47, … 20, 30, 40, …. 3. 3 o‘nlik 3 birlikdan iborat sonni ayting. Bundan oldingi sonni ayting. Bundan keyingi sonni qanday hosil mumkin? Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo ‘ ladi? 83 sonni qanday xona qo ‘ shiluvchilarining yig‘indisi bilan tasvirlash mumkin? 4. 79, 85, 92 sonlari qanday qo ‘ shni sonlar orasida turadi? 5. 5 o ‘ nlik 4 birlikdan, 8 o ‘ nlik 0 birlikdan iborat sonni yozing. 6. 62, 44, 70 soni nechta har xil raqamdan tuzilgan?

II. O‘quvchilarni yangi sanoq birligi – minglik bilan tanishtirish. Bu tanishtirish ko‘rsatma qo‘llanmalar cho‘plar va cho‘plar dastasi (10 ta alohida cho‘p, har bir bog‘lamda 10 tadan cho‘p bo‘lgan 9 bog‘lam dasta) har birida 100 tadan cho‘pi bo‘lgan 9 bog‘lamdan foydalanib amalga oshirish mumkin. YAngi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishni bunday boshlash mumkin. 1 dan 10 gacha alohida cho‘plarni sanaladi va 10 ta cho‘p rezina bilan bir bog‘ – o‘nlik qilib bog‘lanadi. 9 bog‘lam o‘nlik cho‘plar yoniga 1 bog‘ o‘nlik qo‘yilib 10 ta bog‘ o‘nlik 1 o‘nlik, 2 o‘nlik … 10 o‘nlik hosil qilinadi. Bu dastalarning hammasida qancha birlik borligini qanday sanash mumkin ( o‘n, yigirma, o‘ttiz, …. yuz). SHundan keyin 10 bog‘ o‘nliklar rezina bilan bir bog‘ yuzlik qilib bog‘lanadi va bog‘lash yordamida yuztalab sanash amalga oshiriladi: 1 ta yuzlik – yuz, 2 ta yuzlik ikki yuz, … 10 ta yuzlik minglikni hosil qilinishi va mingtalab sanash mumkinligi tushuntiriladi (III sinf – 27 bet).


Download 83.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling