Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish Reja
Download 256.48 Kb.
|
11 мавзу. Тафаккурнинг асосий шакллари
To‘liq induksiya xulosasi muayyan turkumga mansub ayrim xulosalarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi. Odatda to‘liq induksiyadan isbot talab etiladigan muhokama jarayonida foydalaniladi. Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi 180* ga teng. Bunda o‘tkir, o‘tmas, to‘g‘ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi.
Noto‘liq induksiya xulosasi shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni Bunda o‘tkir, o‘tmas, to‘g‘ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi. Noto‘liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi shart emas. Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat. Noto‘liq induksiya ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo‘ladi. Masalan: Isitilganda azot, kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, degan xulosaga kelish mumkin. Noto‘liq induktiv xulosa chiqarish 3 ko‘rinishda uchraydi: Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi. Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish. Sababiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya. Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish deganda, shu turkumga mansub ayrim predmetlar asosida chiqarilgan xulosa nazarda tutiladi. To‘liq bo‘lmagan induksiyaning bu turi fikrning aniq predmetlardan boshqalariga o‘tish imkoniyatini beradi. Bunday xulosa doimo taxminiy bo‘lib qoladi, chunki unda ko‘zga tashlanmagan boshqa predmetlar ham nazarda tutiladi. Shunday hol kuzatilishi mumkinki, u yoki bu zidlikni ifodalovchi predmet ko‘zdan yashirin bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu hol biz uni yetarlicha to‘liq bilmaganimizdan dalolat beradi. Noto‘liq induktiv xulosa chiqarishda faktlarni tanlash va mantiqiy tahlil etish uslubidan foydalanish mumkin. Agar ommabop (oddiy) induksiyada kuzatiladigan ob’ekt tasodifan tanlab olinsa, ilmiy induksiyada umumlashda tasodifga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda predmetlar qat’iy tanlab olinadi va tahlil qilinadi. Shu asosda, masalan, yerning hosildorligi, foydali qazilmalarning tuzilishi va miqdori aniqlangan. Odamlar qadimdan kumush ichimlik suvini tozalashini bilganlar, quyishni davolashda undan foydalanganlar. Shu kabi faktlarni ajratib olish orqali kumush davo xususiyatiga ega ekanligini aniqlaganlar. Keyinchalik esa ilmiy izlanishlarda kumush kislorodni aktivlashtirishi, bakteriyalarni halok etishi tasdiqlangan. Noto‘liq induktiv xulosaning chinligini oshirmoq uchun quyidagi shartlarga amal qilmoq lozim: 1. Turkum haqidagi xulosaning chinligini oshirmoq uchun unga mansub bo‘lga ko‘proq predmetlarni ko‘rib chiqmoq 2. Elementlar, xususiyatlar asosli tanlab olinmog‘i lozim. 3. O‘rganilayotgan xossa, belgi tipik bo‘lmog‘i, yani ko‘pchilik hollarda predmetga xos bo‘lmog‘i lozim. 4. O‘rganilayotgan xossa, belgi predmetlar mohiyatini aks ettirmog‘i lozim. Ilmiy induksiya shunday mantiqiy uslubki, sinfga, turkumga mansub predmetlarning belgilari, xossalari, munosabatlarini o‘rganish asosida shu sinfga oid umumiy xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. «Issiq havo yuqoriga ko‘tariladi» xulosasi bunga misol bo‘ladi, chunki unda sababiy bog‘lanishlar aniqlangan. Havo isitilganda, kengayadi, suyuqlashadi, sovuq havoga nisbatan yengillashadi. Shuning uchun ham u yuqoriga ko‘tariladi. Bu uslubning yutuq tomoni shundaki, unda chuqur, ichki, sababiy aloqadorliklar tadqiq qilinadi. Barcha fan qonunlar ilmiy induksiyaga misol bo‘la oladi. Masalan: Arximed qonuni: suyuqlikka solingan jism o‘z hajmi miqdoridagi suyuqlikni siqib chiqaradi. Hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni tekshirishning induktiv metodlari bor. Bular: o‘xshatish, tafovutlash, qoldiqlar, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodlaridir. Ilmiy induksiyadan foydalanib, tabiatshunoslik, ijtimoiy – gumanitar, texnik fanlar qonunlarini aniqlash va ifodalash mumkin. Ilmiy induksiya obektni har tomonlama o‘rganishni, uning xossa-xususiyatlari, munosabatlarini aniqlash orqali uning mohiyati, qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. Ilmiy induksiyada narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishlari ochib beriladi. Yuqorida ko‘rganimizdek induksiya ikki manoda qo‘llanadi: a) xulosa chiqarishning mantiqiy usuli; b) ilmiy bilimlarni hosil qilishning induktiv metodlari. Bilimlarni hosil qilishning induktiv metodlari deganda: a) o‘xshashlik metodi b) tafovutlash metodi v) qoldiqlar metodi g) yo‘ldagi o‘zgarishlar metodi nazarda tutilad. Download 256.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling