Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish Reja
Download 256.48 Kb.
|
11 мавзу. Тафаккурнинг асосий шакллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodda sillogizm
- Murakkab sillogizm
Sillogizmning asosiy turlari
Xulosa uchun asos bo‘lgan mushohadalar mohiyatiga ko‘ra sillogizm xulosalari uch turkumga bo‘linadi: Qat’iy sillogizm Shartli sillogizm Ayiruvchi (bo‘linuvchi) sillogizm Qat’iy sillogizmda asoslar qat’iy mushohadalardan iborat bo‘ladi. Masalan: Hamma uglevodlar –organik birikma. Metan – uglevodorod. Demak, metan organik birikma Asoslar yoki asoslardan biri shartli mushohadadan iborat sillogizm shartli sillogizm deb yuritiladi. Masalan: Teraklarning barglari uchidan sarg‘aysa, qish qattiq keladi. Teraklarning barglari uchi sarg‘aygan Demak, qish qattiq kelishi mumkin. Asoslardan bir ayiruvchi (bo‘lingan) mushohadadan iborat bo‘lsa, ayiruvchi (bo‘lingan) sillogizm, hosil bo‘ladi. Burchapklar yo o‘tkir, yo o‘tmas, yo to‘g‘ri bo‘ladi
Sillogizm tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab –qisqartma turlarga bo‘linadi. Sodda sillogizm Sodda sillogizm 3 qism (katta asos, kichik asos, xulosa) hamda 3 termin (R, M, S) dan iborat bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda sodda sillogizmlar har doim ham to‘liq holda ham uchravermaydi. Aksari hollarda sillogizmlarning sodda qisqartma shakllari uchraydi. Sodda qisqartma sillogizmlar mantiqda entimema deb yuritiladi. Entimema – asoslardan biri yoki xulosasi qoldirib ifoda etilgan sillogizm. Masalan: Bu baliq – akula. Demak, bu baliq – yirtqich. Bu misolda katta asos (Ayrim baliqlar - yirtqich) tushirib qoldirilgan. Murakkab sillogizm Murakkab sillogizm mantiqda polisillogizm deb yuritiladi. Polisillogizmlar ikki va undan ortiq sodda sillogizmlardan tashkil topadi. Masalan: Sport sog‘liqni mustahkamlaydi. Gimnastika – sport. Gimnastika sog‘likni mustahkamlaydi. Ritmik gimnastika – gimnastika. Ritmik gimnastika – sog‘liqni mustahkamlaydi. Pollisilogizmning 2turi mavjud: a) Progressiv polisillogizm b) Regressiv polisillogizm. Progressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizmning xulosasi yangi sillogizm uchun asos vazifasini bajaradi. Masalan: Sanat qalbni davolaydi. Teatr - sanat Demak, teatr – qalbni davolaydi. Dramatik teatr – teatr. Demak,Dramatik teatr qalbni davolaydi. Regressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizmning xulosasi kichik asos vazifasini o‘taydi. Masalan: Chinor - daraxt Daraxt - o‘simlik Chinor - o‘simlik O‘simlik - organizm Chinor – organizm Organizm - parchalanadi Chinor parchalanadi Murakkab sillogizmlar epixeyrema va soritlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan iborat bo‘ladi. Masalan: Yolg‘on nafratga loyiq, chunki u axloqsizlik. Yolg‘ondaka maqtov – yolg‘on, chunki unda xaqiqat buzib ko‘rsatiladi. Demak, yolg‘ondaka maqtov – nafratga loyiq. Demak, Yolg‘ondaka maqtov - nafratga loyiq Sorit - - qisqartma sillogizmlar yig‘indisi. Uch - toq son Hamma toq sonlar – natural son Hamma natural sonlar – ratsional sonlar. Demak, uch – ratsional son. Download 256.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling