Mavzu : 1 § Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davr va guruhlarda elementlar xossalarning o’zgarishi
Download 39.91 Kb.
|
KIMYO OCHIQ DARS
Sana:__________________________________________________________ Sinf -: 9- Fan : Kimyo.
Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. 2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash. 3.Rivojlantiruvchi maqsad:Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: 1869-yilda rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning Davriy qonuniga quyidagicha ta’rif berdi: "Oddiy jismlarning, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liq boiadi". Dmitriy Ivanovich Mendeleyev (1834-1907) Buyuk rus olimi. Davriy qonun kashfiyotchisi. Ele-mentlar davriy jadvalining foydalanish uchun qulay bo‘lgan dastlabki namunasini taklif etgan. Ø 1869-yilda D.LMendeleyev davriy qonunni kashf etdi. Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari, asoslari, kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi. 1911-yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Ø Atom markazida musbat zaryadlangan yadro bor. Ø Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi. Ø Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Ø Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng. Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, xp bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi 1 ga teng. Neytron \n bilan belgilanadi. Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik? demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz. zaryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elektronni e bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________ 2 Ø Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan yadro qobig‘idan iborat. Ø Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi. Ø Vodorod atomining yadrosida 1 ta proton boladi. Zaryadi +7, massasi 1a.m.b. Uning yadrosi atrofida 1 ta elektron harakat qiladi. Ø Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng: Ar=N + Z N — neytronlar soni, Z — tartib raqami (ptotonlar soni). Demak, atom musbat zaryadlangan protonlar va zaryadsiz zarra-cha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng boigan sondagi yadro atrofida harakatlanu-vchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir Atom tuzilishining electron nazariyasiga ko’ra , kimyoviy reaksiyalar asosida electron munosabatlar-- atom electron pog’onalarning qayta qutilishi jarayonlari yotadi. Bunda asosan tashqi electron qavatidagi elektronlar ishtirok etadi Ionlanish energiyasi—elektronning atomdan ajralishi uchun zarur energiya miqdori Elektronga moillik -- neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori Guruglarda element tartib raqamini ortishi bilan metall xossalari kuchayadi Metallmaslik xossalari kamayadi Davrlarda element tartib raqamini ortishi bilan metal xossalari kamayadi Metallmaslik xossalari kuchayadi Eng kuchli metal xossalari seziyda , eng kuchli metallmaslik xossalari ftorda namoyon bo’ladi
Katta davrlarda kichik davrlarga nisbatan metallic xossalari sekinlik bilan zaiflashadi, metallmaslik xossalari esa sekinlik bilan bo’lsada kuchayadi Yangi mavzuni mustahkamlash 1. Qaysi metal faolroq nima uchun u faol? 2.Qaysi metallmas faolroq? 3. Kichik davrlarda atomlar tuzilishi va xossalari qanday o’zgaradi? 4. Katta davrlardachi Uyga vazifa: Mavzudagi savollarga javob yozish Sana:________________________________________ Sinf: 9-Fan : Kimyo. Download 39.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling