Mavzu : 1 § Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davr va guruhlarda elementlar xossalarning o’zgarishi


Mavzu : 6-§ ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYALANISH NAZARIYASI


Download 39.91 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi39.91 Kb.
#221084
1   2   3
Bog'liq
KIMYO OCHIQ DARS

Mavzu : 6-§ ELEKTROLITIK DISSOTSIATSIYALANISH NAZARIYASI

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi haqida tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad:Nutq ravonligi, munozara madaniyati kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish,

mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Mashg’ulot bosqichlari:

№ Bosqichlar Vaqti

1 Tashkiliy qism 3 daqiqa

2 O’tilgan mavzuni takrorlash 12 daqiqa

3 Yangi mavzuni bayoni 12 daqiqa

4 Mustahkamlash 15 daqiqa

5 Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa

berish


3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.

2. Davomat.

3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr tokini o‘tkazadi, aksincha,

elektrolitmaslarning suvli eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydi?

Bu savolga javobni 1887-yilda shved olimi Svante Arrenius o‘zining elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasida

javob bergan. U elektrolitlar sohasida olib borgan ilmiy ishlari uchun 1903-yilda Nobel mukofotiga sazovor

bo‘lgan. Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) — suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga

ajraladi:

KCl ↔ K

+

+ Cl



yoki NaOH ↔ Na

+

+ OH


Ionlar musbat zaryadlangan (kationlar) yoki manfiy zaryadlangan (anionlar) zarralardir. Ular bitta atomdan yoki

bir necha atomdan iborat atomlar guruhi bo‘lishi mumkin. Ammo atomlar bilan ionlar bir-biridan keskin farq

qiladi. Masalan, natriy atomi, o‘yuvchi xossaga ega bo‘lib kuchli qaytaruvchi, xlor atomi esa kuchli zahar bo‘lib

oksidlovchidir. Natriy va xlor ionlaridan iborat bo‘lgan osh tuzi sizga juda yaxshi tanish. Ion bog‘lanishli

birikmalarning suvda eritilganda ionlarga ajralishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, osh tuzi qattiq

holatda elektr tokini o‘tkazmaydi. Suvda eritilganda esa ionlarga ajraladi. Buning sababi:

1. Osh tuzi kristallari ion bog‘lanishli birikma bo‘lib, kristall panjara tugunlarida ionlar bo‘ladi (15-rasm).

2. Suv molekulasi esa qutbli kovalent bog‘lanishli modda bo‘lib, 16-rasmda ko‘rsatilgandek tuzilgan.

3. Osh tuzi suvda eritilganda 17-rasmda tasvirlangan sxema asosida dissotsiatsiyalanadi.

O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________ 5

Osh tuzi kristalining tuzilishi. Suv molekulasining qutbli ko‘rinishi.

Demak, eritmada osh tuzi kristallari suvning qutblangan molekulalari ta’sirida erib gidratlangan ionlarni hosil

qiladi.Vodorod va metallar elektron berib, ammiak esa o‘zining xususiy juft elektroni hisobiga proton biriktirib olib

kationlarga aylanadi (H

+

, Na



+

, Zn


2+

, Al


3+

, NH


4+

).Musbat zaryadlangan ionlar elektr manbaining katodi tomon

harakatlanadi (shuning uchun biz musbat ionlarni kation deymiz). Manfiy zaryadlangan ionlar elektr manbaining

anodi tomon harakatlanadi (shuning uchun biz manfiy zaryadlangan ionlarni anion deymiz). Elektrolitlar (tuzlar va

ishqorlar) suyultirilganda ham ionlarga ajraladi. Buning sababi modda suyultirilganda zarrachalarning tebranma

harakati kuchayib ular orasidagi bog‘lanish zaiflashib qoladi va eletrolit ionlarga oson ajralib ketadi. Kislotalar

kuchli qutblangan molekulalardir, ular ham suvda eriganda ionlarga ajraladi, ammo tuzlar va ishqorlarning suvda

erishida sodir bo‘lgan hodisadan farq qiladi.

Vodorod xlorid suvda eriganda molekulasidagi vodorod elektronini qoldirib, suv molekulasiga ko‘chib o‘tadi.

Natijada xlorda 1 ta elektron ortiqcha bo‘lgan xlor ioni va 1 ta proton (vodorod atomining yadrosi) qo‘shilgan

H

3

O



+

(gidroksoniy) ioni hosil bo‘ladi.

Demak, suvda HCl, HBr, H2

S, HNO3, H2SO

4 va boshqa kislotalar eriganda H

3

O



+

(gidroksoniy) ioni hosil

bo‘ladi: H

3

O



+

↔H

+



+H2O Gidroksoniy ioni suv va vodorod ionini hosil qiladi

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.



Uyga vazifa berish : 6 § konspekt qilish.
Download 39.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling