Mavzu -9 Boshqaruv mehnatini tashkil qilish
Download 126.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-mavzu
Mavzu -9 Boshqaruv mehnatini tashkil qilish (2 soat) 1. Boshqaruv mehnati: ta'rifi, xususiyatlari, turlari. Evristik mehnat. Ma'muriy mehnat. Operator mehnati. 2.Telefondagi sozlashishlar. Yozishmalarni ratsional olib borish. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilishning qurollari. Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatda engib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqdisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. Oz navbatida ishchm kuchidan samarali foydalanish kopincha har xil bajarilishi zarur bolgan ishlarning ayrim ijrochilar ortasida togri taqsimlanishiga, yani ularshshg malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bab-barovar tamin etilishiga bogliqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birinchi navbatda, mehnatni ishchi ishlab chiqarshtsda puxta oylab, oqilona taqsimlashi lozim boladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimoti deganimizda, har xil mehnat turlarnnipg bir-biridan ajratilishini, pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishnlarning xilma-xil mehnat faoliyatlari bilan band bolishini tushunamiz. Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklaridan biri shundaki, bunda ishchi ishning malum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur konikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarni yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus asbob va uskunalar ishlatiladi. Bundan tashqari mehnat taqsimotida xodimlarni ish jarayoniga tayyorlash ham osonroq boladi. Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotishshg uchta turi mavjud boladi: umumiy mehnat taqsimoti, xususiy mehnat taqsimoti, qisman (ayrim) mehnat taqsimoti. Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari ortasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xojaligi, transport, aloqa, savdo, xalq talimi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar ortasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi. Ana shu sohalar ortasida xodimlarning taqsimlanishi umumiy mehnat taqsimoti va jamiyatning ayrim mamlakat va uning mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonidagi ozgarishlar tasnifi bolib xizmat qilishi mumkin. Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan, sanoat tarmoqlari, kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bolinadi; qishloq xojaligi dexqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (galla, paxta, kartoshka etishtirish, bogdorchilik, gosht, sut, jun etishtirish va shu kabilarga) bolinadi. Sanoatda bolgani kabi qishloq xojaligida ham xususiy mehnat taqsimotining pirovard bosqichi ayrim ixtisoslashtirilgan korxona hisoblanadi. Bu xildagi xususiy mehnat taqsimoti noishlab chiqarish sohasining har qanday tarmogida: xalq talimida, tibbiyotda, davlat boshqaruvi va hokazolarda mavjuddir. Ishlab chiqarish va xizmat korsatish korxonalarida mehnat taqsimotining har xil shakllari qollaniladi. Kasb malakali mehnat taqsimoti ishchining mutaxasisligi va bajarilayotgan ishining murakkabligini hisobga olib amalga oshirilida. Bosqichli mehnat taqsimotida ishchilarning kasbi mutaxasisligi boyicha sonini eng optimal holga keltirish maqsadida amalga oshiriladi. Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash (peredel) faza va tsikllariga qarab boladi. Bunda eng muhimi ularni bajarishning texnologaya jihatidan bir xil bolishidir. Funktsional mehnat taqsimoti qollanilganida ayrimlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat korsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi. Sotsial tomon deganda operatsiyalarning shunday strukturasi zarurligi nazarda tutiladiki, unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qoshib olib boriladigan bolib, mehnat yoqimli bolsin, uning mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat ortasidagi tafovug kamayib borsin. Biroq mehnat taqsimoti bu faqat mehnat faoliyatining bir tomonidir, xolos. U ayrim xodimlar va ular guruhlarining umumiy mehnat jarayonidagi ayrim ishchilar mehnatini birlashtirishni talab qiladi. Barcha darajadagi ozaro boglangan mehnat jarayonlarida ayrim ijrochilarning ish orinlaridan tortib butun-butun korxonalar, kichik tarmoqlar va milliy iqtisodiyotning ozaro boglangan tarmoqlarigacha birlashtirishni taqozo qiladi. Bu birlashtirish, mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar ortasidagi aloqalarning ornatiliish mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllarini tanlash mehnatni tashkil qilishning mehnat taqsimotidan keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab mehnat kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi. 1. Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperyatsiyasi. Bunda korxonadagi bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli bolsa-da, bir-biri bilan bogliq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgaliqda ishgirok etishi tushuniladi. Har bir korxonada asosiy ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab berish va chiqarish tsexlari ortasida mehnat kooperatsiyasi mavjud boladi. Bunday tsexlararo mehnat kooperatsiyasi shunga asoslanadiki, tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlab berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan taminlab turadilar, yarim fabrikatlar bu tsexlarda ishlanib, chiqarish tsexiga otkaziladi, chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib boladi. Mazkur tsexlar ortasida maxkam mehnat kooperadiyasi, bundagi jamoalarning mehnat faoliyatida tola uygunlik bolgan takdirdagina istagan bir korxonasida rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish tamin etiladi. 2. Ixtisoslashtiralgan uchastkalarining tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu tsex ichidagi bir necha uchastka kollektivlarining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki har xil bolsa-da, bir-biri bilan bogliq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir. Uchastka ichidagi mehnat kooperatsiyasi ayrim ijrochilar va brigadalardagi ishchilar kooperatsiyasidir. Oz navbatida brigada ichida ham ishchilarning mehnat kooperatsiyasi tashkil etiladi. Bu mehnat kooperatsiyasining eng oddiy formasi bolib, uni ichki uchastka mehnat kooperatsiyasining brigada turi deb yuritiladi. Ishlab chiqarish brigadasi bu boshlangich mehnat jamoasidir, brigada bir yoki bir necha kasblardagi yagona ishlab chiqarish topshirigini bajaradigan ishchilarni birlashtiradi. Kompleks (majmuaviy) brngadalar murakkab ishlarning tugallangan turlarini bajaradigan turli kasb ishchilarini oz tarkibiga qamrab oladi. Kompleks ishlab chiqarish brigadalari uch xil boladi: mehnat tola taqsim qilingan kompleks brigada, bunda har bir xodim doimo bir xil ishni bajaradi (masalan: chilangar) svarka ishi, vaqt-vaqti bilan boladigan texnologik yoki tashkiliy tanaffuslarda bosh qolgan ishchi boshqa ortoqlariga yordamlashadi, chunki bu brigadada ish haqi jamoa (bugun brigada bajargan ish natijalariga qarab tolanadi, shuning uchun ham har bir ishchi umumiy natijaning yuqori bolishidan manfaatdor boladi; mehnat qisman taqsim qilingan kompleks brigada. Bunda ishchi oz ixtisosiga doir operatsiyalarni bajarish bilan birga yana ikkinchi kasbni ham ozlashtiradi; mehnat taqsim qilinmagan kompleks brigada. Bunda brigada azolarining har biri ishda boshqasini almashtiradi va topshiriq doirasidagi har qanday ishni ham bajaradi. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning obektiv zarur ekanligini korxonalarni ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi talab qiladi. Xodimlarning va bolimlar jamoalarining manfaatlarshsh hisobga olgan holda ularni maqsadga muvofiq ixtisoslashuvisiz, vakolat doirasini qatiy chegaralab, birgalikda ish bajaruvchi barcha qatnashchilarning aniq ozaro yordam korsatishni tashkil etmasdan turib, mehnat samarali bolishi mumkin emas. Mehnat taqsimoti va kooperatsiya ozaro boglangan hamda bir-birini taqozo etadi. U shu narsada ifodalanadiki, mehnat vazifalarini chegaralab, ularni muayyan xodimlarga (xodimlar guruhiga) biriktirib qoyish ularning ozaro yordam korsatish predmetini oldindan belgilab beradi. Shuning uchun ham mehnat taqsimoti tushunchasi keng manoda undan ajratib bolmaydigan kooperatsiya tushunchasini ham tariflab beradi. Shu bilan birga odamlarning birgalikdagi faoliyat jarayonidagi ozaro yordam korsatish shakllari, oz navbatida yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi mehnat taqsimotining tegishli chegaralarini belgilab beradi. Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlangich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning kolamlarini, texnologik jaryonlar, mashina va asbob-uskunalarning oziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish orinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Ishchilar mehnatining murakkabligshsh tahpil qilish: kasb-malaka darajasiga qoyiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi; xodim kasb ixgisosining kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini ozgartirish imkoniyatlaridir. Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bolinishini; ayrim operatsiyalarni alohidalash zarurligiga va yiriklashtirish yoki tabaqalashtirish darajasiga baho berish; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar ortasidagi aloqalarni organish; mehnat buyumlarini tashishga va operatsiyalararo turib qolishiga vaqt sarflanishi; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qoshib bajarib turish yoki qismlarga bolish, shuningdek xodimlarning oz funktsional vazifalariga kiradigan ish bilan bandligini, ish razryadlari va ishchilarning bir-biriga mos kelishini aniqlashdir. Ish vaqtidan mashinalar hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahpil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf bolishini hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi qaltis joylar"ni aniqlash, bunda mehnat sarfining yuqori bolishi yoki ishchilarning ulgurmasligi sababli ayrim operatsiyalarni bajarishda kechikib ketishlar sodir boladi, keyingi operatsiyalarda bekor turib qolish va kutib qolishlar, shuningdek mehnat va ishlab chiqarish intizomining buzilishi oqibatida yagona ishlab chiqarish jarayonining borishida uzilishlar roy beradi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilishda ish bilan bandlikning mazkur turiga mos kelmaydigan tasodifiy ishlarni bajarish vaqgi ham, asbob-uskunalarning ishini passiv ravishda kuzatib turish vaqti (bu mehnat funksiyalarini birga qoshib bajarish uchun rezerv sifatida qaraladi), jihozlarni sozlashni va rejadan tashqari tamirlash ishlarini amalga oshirishni kutish munosabati bilan ishchilarning bekor turib qolish vaqti ham hisobga olinadi. Korxonada kollaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil kilish: ishchilar mehnatini taqsimlash va kooperatsiyasi ahvoliga tahlil qilishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu tahlilga quyidagi yonalishlar kiradi: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar boyicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini organish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funksiyalari va ijrochi-ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; bajariladigan ishlarning mehnat sarfi darajasini hisobga olgan holda ishchilarni ishlab chiqarishning ayrim uchastkalariga va ish joylariga joylashtirishni tahlil qilish; kasblar, mehnat funksiyalarini birga qoshib olib borish hamda kop stanokli xizmat korsatishni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash; mehnatni brigada usulida tahlil etish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini organish; mehnat sharoitlarini yaxishlashning asosiy yonalishlarini organish. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling