1-modul. Dehqonchilik 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi, ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari mavzu maqsadi


Download 0.62 Mb.
bet1/11
Sana01.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1316173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-МАВЗУ


1-MODUL. DEHQONCHILIK
1-MAVZU. KIRISH. FANNING MAQSADI, VAZIFASI, ILMIY ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mavzu maqsadi. Fanning maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi. O’zbekistonda Dexqonchilikning xozirgi davrdagi xolati. Sug’oriladigan va lalmikor yerlarda Dexqonchilikning asosiy xususiyatlari. Sug’oriladigan va lalmikor yerlarning maydoni xaqida ma'lumotlar. Dexqonchilik fanining rivojlanish bosqichlari. Dexqonchilik fanini rivojlanishida olimlarning roli. O’simliklarning xayot omillari va ilmiy Dexqonchilikning konunlari. Madaniy O’simliklarning yorug’lik, xarorat, xavo, oziq va suvga bo’lgan talabini o’rganishdan iborat.
Kalit so’zlar: Dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi, tuproq unumdorligi, yer, oqilona foydalanish, dehqonchilikning ilmiy asoslari, tuproq rejimi, suv, issiqlik, havo, yorug‘lik, ozuqa, rejim, o‘simlik hayot omillari, yerning eskirmasligi.
Asosiy masalalar
(Reja)
1. Dehqonchilik fanining maqsad va vazifalari
2. Dehqonchilik fanining rivojlanish tarixi
3. Dehqonchilikni rivojlanishida xorij va O‘zbekiton olimlarinig qo‘shgan hissalari.
4. Dehqonchilikning ilmiy asoslari
Adabiyotlar: 1; 4; 6; 9.


1. Dehqonchilik fanining maqsad va vazifalari
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi nafaqat ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, balki ekinlar plantatsiyalaridan biznes sifatida foydalanish, ulardan iqtisodiy foyda olishga keng qaratilgan. Hozirgi kunda dehqonchilikning rivojlanish asosi sifatida gidrologik, mexanik, kimyoviy, genetik va texnologik jihatlari keng rivojlantirilmoqda.
Hukumatlar milliy byudjetining katta ulushini qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun taqsimlamoqdalar. Kichik va kam daromadli fyermyerlarni qo‘llab quvatlash va rivojlantirish uchun subsidiya bilan ta’min etilmoqda. Dehqonchilikni saqlash va rivojlantirish, qayta ishlash, baholash, marketing, mahsulotlarni tarqatish, iste’mol qilish, eksport va import siyosati rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda.
Dehqonchilikka asoslangan kichik ishlab chiqarish va hunarmandchilik tez rivojlanib bormoqda. Dehqonchilikni rivojlantirishda qishloq xo‘jaligini rejalashtirish, dasturiy ta’minot va ijrosini ta’minlash lozim.
Global dehqonchilik. Taraqqiyot (sivilizatsiya) ning darajasi aholini iste’mol darajasini qondirish uchun oziq-ovqat ishlab chiqarish orqali dehqonchilik bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirgi kunda oziq-ovqatga bo‘lgan talabni qondirish uchun uni oziq-ovqat, ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirish kerak. Biroq, qariyib bir milliard odam qashshoqlik va taraqqayoti past, oziq-ovqat bilan ta’minlanishi kerak bo‘lgan jamiyatda yashamoqda. Ba’zi, rivojlangan davlatlar daromadlarini oshirish natijasida, iste’mol darajasidan ko‘p mahsulot ishlab chiqarib, boshqa davlatlarga etkazib berish va iste’molini qondirishni amalga oshirish lozim. SHuning uchun, oziq-ovqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda keyingi avlodlarni ham oziq-ovqat bilan ta’minlay oladigan ishlab chiqarishga maqsad qilish kerak.1
YER resurslari. Qishloq xo‘jalik ekinlarni etishtirish uchun asosan YER resurlaridan foydalaniladi. YER sharida qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan 15,2 milliard gektar maydon mavjud bulib u kishi boshiga o‘rtacha 3,8 ga (Kanadada 50, Avstraliya 50, Janubiy Amyerikada 10, AQSHda 4, Fransiyada 1,2, Hindistonda 0,8 va Yaponiyada 0,4) ga to‘g‘ri keladi. Butun dunyoda aholining o‘sish darajasi bilan bu ko‘rsatkich ham kamayib bormoqda, 1980 yilda 0,3 ga dan 2050 yilga 0,17 ga, rivojlangan davlatlarda esa jon boshiga 0,11 ga kamayishiga olib keladi. Eng unumdor tuproqda yeroziya jarayoni tufayli tuproqdan organik moddalar bilan o‘rtacha 4 kg N, 1 kg P2O5, 20 kg K2O va 2 kg CaO oziq moddalari yo‘qotiladi. Ekin ekiladigan maydonlarning deyarli 10-11% qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishga qulay hisoblanadi. FAOning ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, 93 rivojlanayotgan mamlakatlarning 63 % da hosildorlikni intensiv ravishda 15 % ga oshirishi lozim, faqat 22% zaxira yerlar hisobidan oshirishi kutilmoqda.
Umumiy 6444 mm yomg‘irlarining faqat 30 % foydali (yaroqli), 10 % kam foydali, 60% turli malakatlardagi foydalanilmaydigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Yarim arid tropiklar dunyoning besh qit’asida (Markaziy Amyerika, Janubiy g‘arbiy Osiyo, Afrika, Janubiy Amyerika va Janubiy SHarqiy Osiyo)dagi 50 mamlakatda 700 million odam doimiy qurg‘oqchilik va vaqti-vaqti bilan ro‘y byeradigan ochlik tahdid ostida yashashadi. Haydaladigan yerlarning taxminan 65 % donli, dukakkli va moyli ekinlar uchun noqo‘lay (nepochatnыy) hisoblanib, oziq ovqat etishtirishni yaxshilash uchun qishloq xo‘jaligini tubdan yaxshilashni taqozo etadi. Hindistonni 10 % maydoni Yarimarid tropik mintaqaga to‘g‘ri keladi.
Atrof-muhit ifloslanishi, tuproq unumdorligining pasayishi, degradatsiyasi natijasida qishloq hududlarida xalq farovonligini pasayish sur’atlari ortib bormoqda. Tuproq degradatsiyasi Global baholash tashkilotning ta’kidlashicha tuproq degradatsiyasi, inson hayotini qo‘llab-quvvatlash yoki kelajakda hayot darajasini pasayishini belgilaydigan hodisalardan hisoblanadi deb ta’riflaydi. Tuproq degradatsiyasi uchun quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • Dehqonchilikda tuproqlarni tozalashda ustki o‘simlik qoplamini yo‘qotilishi

  • o‘rmonlarni kesilishi, yoqilishi va boshqalar natijasida tuproq qoplamining emirilishi.

  • chorvachilik, yaylov etaklarida me’yoridan ortiq ravishda mol boqish, mollarning tuyoqlar ostida yerlarni ochilib qolishi.

  • arid hududlarda, noto‘g‘ri sug‘orish va og‘ir mashinasozlik foydalanish, tik yonbag‘irlarda yeroziyaga qarshi tadbirlarni qo‘llamaslik kabi dehqonchilik natijasida.

  • tuproqlarni turli kimyoviy o‘g‘itlarni tuproq xossalarini hisobga olmasdan, ko‘p miqdorda qo‘llashlik natijasida ifloslanishi.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari kam unumdor, yomon tuproqlarga nisbatan yaxshi tuproqlarda yanada samarali bo‘ladi. Texnologiya hosilni oshirib, vaqtincha tuproq degradatsiyasini ta’sirini kamaytirib hosildorlikni saqlash mumkin. Hosildorlik oshishi bilan texnologiyani ham rivojlantirib, oshirib borish orqali tuproq yeroziyasini oldini olish.
Respublika hukumati rivojlanib borayotgan sanoatni va aholini qishloq-xo‘jalik mahsulotlariga talabini qondirishni nazarda tutib endilikda ularni etishtirish bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqdi. Bu dasturda sanoatni muntazam ishlab turishi va aholini jon boshiga qancha dehqonchilik mahsuloti kerakligi tahlil qilinib borilmoqda. Ana shu talabdan kelib chiqib har yili Respublikada dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Respublikada etishtirilayotgan mahsulotning bir qismi xorijga ekport qilinmoqda. Hukumatimiz sanoatni va o‘sib kelayotgan aholini tub manfaatlarini tahlil qilib, hamda uzoqni ko‘zlab strategik maqsadlarni nazarda tutib, Respublikada etishtiriladigan dehqonchilik mahsulotlaridan ikki turiga – paxta va g‘allaga davlat shartnomasini qoldirdi.
Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, uning vazifasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yanada o‘stirish va uni barqarorligini ta’minlash, o‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatni xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyojini to‘liqroq ta’minlashdan iboratdir. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi, ularning hayoti tashqi muhit omillariga bevosita bog‘liqdir. Ilmiy dehqonchilikning vazifasi o‘simliklarning tashqi muhit sharoitlariga bo‘lgan talablarini o‘rganish va shuning asosida ularni qondirish usullarini ishlab chiqishdir. Ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bilan shug‘ullanadi.
Yerning asosiy xususiyatlaridan biri uning eskirmasligidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanish qishloq xo‘jaligi xodimlarining eng muhim vazifasidir. Aholini o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi. Respublikada yerdan to‘g‘ri va unumli foydalanish avvalo qishloq xo‘jalik xodimlarining eng muhim vazifasidir.
Respublika dehqonchiligida yerdan foydalanish va yer fondi masalasi bugungi kunda birinchi masalalardan bo‘lib bormoqda. Endilikda aholini tobora o‘sib kelishi bilan dehqonchilik qilinadigan yer maydonlarining kengaytirish imkoniyati cheklangan. Respublika hukumati mavjud yerlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalasidek muhim masalani fyermerlar oldiga qo‘yib to‘g‘ri yo‘l tutgan. Ana shu o‘rinda dehqonchilikning jadallashtirilgan tizimiga o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikaning umumiy yer maydoni 447,4 ming kvadrat kilometr bo‘lib, sug‘oriladigan yer maydoni 4,280,8 ming gektar, 333,7 ming gektar ko‘p yillik ko‘chatlar, 96,5 ming gektar bo‘z yerlarni tashkil qiladi. Mavjud sug‘oriladigan ushbu yer maydonlari umumiy yer maydonining atiga 9,5- 10% ini tashkil etadi.
O‘zbekistonda 1 km2 YERga 51,4 kishi, Qozog‘istonda - 6,1 Qirg‘izistonda - 22,7, Turkmanistonda esa 9,4 kishi to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda har bir kishiga 0,17 gektar, Qozog‘istonda - 1,54, Qirg‘izistonda - 0,26, Ukrainada -0,59, Rossiyada 0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillar mobaynida sug‘oriladigan yerlar maydonlari 2,46 mln. gektardan 4,3 mln gektarga etkazildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda dehqonchilik qilayotgan fermer xo‘jaliklari soni 73,000 dan ortiq. Jami haydaladigan yerlarning 85% fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga byerilgan bo‘lib, ular hissasiga Respublikada etishtirilayotgan paxta xom ashyosining 99,5 %, pillaning qariyib 98 %, boshoqli donning 85 %, meva sabzovot va poliz mahsulotlarining 65 % to‘g‘ri keladi. Bu sohada O‘zbekiston Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478 sonli Farmoni asosida O‘zbekiston Fermerlari Kengashini tarkib topishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2008-2013 yillarda dehqonchilikdagi ekin maydonlari paxtachilik bo‘yicha
15.0 % qisqargani holda g‘alla ekinlari aksincha 5,1 % ko‘paydi. SHu davrda paxta hosildorligi 28,8ss/ga.dan 31,3ssentnerga yoki 10,9 % ga, g‘alla hosildorligi esa 60,2ss/ga dan 63,5ssentnerga yoki 3,3 % ga ko‘tarildi. Oxirgi 5 yilda iqtisodiy samaradorlikning asosiy yakunlovchi ko‘rsatgichi bo‘lgan rentabellik paxtachilikda 2,4 marta oshdi, g‘allachilikda esa 3,4 % ga ko‘paydi. Fermer xo‘jaliklarida paxta va g‘alla etishtirish rentabelligi hali optimal darajadan ancha past bo‘lib, uni mos holda kamida tegishlicha 30-35 va 45-50 % ga ko‘tarish dehqonchiligimiz oldida turgan muhim masalalardan hisoblanadi.
Bu o‘rinda dehqonchilikka xorijning ilg‘or texnologiyalarini jalb etish masalasi muhimdir. Bugungi kunda xorijning ilg‘or texnika va texnologiyalarini respublika hududiga kirib kelishi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirishning to‘g‘ri ilmiy asoslangan uslublaridan samarali foydalanish hisobiga paxta, g‘alla, sabzovot mahsulotlari, kartoshka, bog‘dorchilik mahsulotlari etishtirishda misli ko‘rilmagan yutuqlarga yerishmoqdamiz. Birgina ichki imkoniyatlarimizni hisobga olib aytadigan bo‘lsak respublikaning hozirgi aholisidan bir necha marta ko‘p aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va xorijga ko‘p miqdorda, yuqori sifatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekport qilish imkoniyatimiz mavjud.
Hozirgi vaqtda yer yuzida aholi soni 7 milliard kishidan oshgan bo‘lib, aholi jon boshiga o‘rta hisobda 1 gektar yer to‘g‘ri keladi. Agar har bir gektar haydaladigan yerdan o‘rta hisobda 30ss mahsulot (don hisobida) etishtirilganda, yer yuzida 13,6 milliard kishini boqish mumkin bo‘lar edi.
Umumiy dehqonchilik fanining asosiy vazifasi-talabalarni dehqonchilikning nazariy asoslari bilan tanishtirish, xorijiy davlatlarinng ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish, va ularni ishlab-chiqarish jarayonlarida qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini yaratishdan iboratdir.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling