1-modul. Dehqonchilik 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi, ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari mavzu maqsadi


Madaniy o‘simliklarning hayot omillari


Download 0.62 Mb.
bet6/11
Sana01.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1316173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-МАВЗУ

Madaniy o‘simliklarning hayot omillari
O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi uning hayot omillari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu sharoitlar mavjud bo‘lsa o‘simlikda kechadigan barcha fiziologik, kimyoviy, biokimyoviy, va boshqa jarayonlar me’yorda o‘tib u kutilgan hosilni shakllantiradi. Demak, o‘simlik-larning hayot omillari deb uni o‘sishiga, rivojlanishiga, hosil-dorligiga, etishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisiga madaniy o‘simliklarning hayot omillari deyiladi.
O‘simliklarning hayot omillari ikki guruhga bo‘linadi: birinchisi kosmik yoki enyergetik omil, bunga yorug‘lik va issiqlik; ikkinchisi, yer omillari, bunga suv, oziq elementlari va hokazolar kiradi.
Ilmiy dehqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi bo‘lsa ham, u tuproq hosil bo‘lish jarayonida to‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Madaniy o‘simliklarning hayot omillariga talabi. Uzoq evolyusion davrdan boshlab o‘simliklarni o‘sib rivojlanishi uchun tashqiy sharoit muhim ahamiyat kasb etib kelgan desak yanglishmaymiz. Ko‘p holatda barcha o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan. Qachonki o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun tashqi muhit sharoitlari, ya’ni yorug‘lik, issiqlik, havo, suv va oziq elementlari mavjud ekan u yaxshi o‘sib rivojlangan. Bu esa o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini ta’minlaydigan hayot omillari tushunchasini oldi.
Yorug‘lik. O‘simliklarda foto-sintez jarayoni faqat yorug‘likda ro‘y beradi Fotosintez jarayoni tufayli yashil o‘simliklar quyosh nuridan foydalanib tuproq va havodagi anorganik moddalarni organik (kraxmal, shakar, oqsil) moddalarga aylantiradi. Bunda organik sintezning dastlabki mahsuli - shakar hosil bo‘ladi va yerkin kislorod ajralib chiqadi. Ma’lumki, kislorod barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur.
Quyosh nuri tekis tushib turgan sharoitda fotosintez jarayoni ta’sirida o‘simlikning 1 m2 barg sathi sutkasiga o‘rtacha 10-20 g organik modda sintezlashi mumkin. Masalan, g‘o‘za bargining 1 m2 satxida bir soatda yorug‘likda 1,45 -1 46 g, havo bulut paytda esa 0,06 - 0,073 g organik modda sintezlangan. Agar o‘simlik yorug‘lik bilan etarlik darajada ta’minlanmasa, u yaxshi o‘smaydi, poyasi ingichka bulib ko‘proq yotib koladi, yorug‘likning etishmasligi mahsulotning sifatiga ham salbiy ta’sir etadi, masalan, g‘alla ekinlarining boshoqlarida don va undagi oqsil, kartoshkada kraxmal va shakar, lavlagida esa shakar to‘planishi kamayadi.
Hozirgi vaqtda o‘rtacha agrotexnika tadbirlari qo‘llanilib o‘stirilayotgan ikki pallali o‘simliklarning 1 m2 barg sathida sutkasiga 4-5 g; g‘alla o‘simliklarida esa 6-8 g miqdorda fotosintez mahsuloti sintez qilinadi.
Uzun kun o‘simliklariga appa bug‘doy, suli, javdar, ko‘k no‘xat, kartoshka, karam, vika, zig‘ir kabi ekinlar kirib, ular shimoliy hududlarda yaxshi o‘sib mo‘l hosil beradi Lekin yuqorida ta’kidlangan ekinlarning ayrimlarini janubiy tumanlarda ham etishtirish mumkin.
Qisqa kun o‘simliklariga g‘o‘za, kanop, makkajo‘xori, oq-jo‘xori, beda, kungaboqar, tariq, soya, loviya va boshqalar mansub bo‘lib, ular asosan janubiy hududlarda etishtiriladi. Bu ekinlarning yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun qisqa kun qulay hisoblanadi. Qisqa kun (janub) o‘simliklari uzun kunli shimoliy tumanlarga ekilsa, ularning vegetatsiya davri cho‘zilib ketadi, ayrim turdagi o‘simliklar esa hatto hosil ham byermaydi va shu bilan vegetatsiyasini tugatadi.
SHu bilan bir qatorda barcha madaniy o‘simliklar yorug‘likka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra asosan ikki guruhga yorug‘sevar va soyaga chidamli o‘simliklarga bo‘linadi. CHunonchi, g‘o‘za yorug‘sevar o‘simlik, agar yorug‘lik etishmasa, u ingichka bo‘lib bo‘yiga o‘sib ketadi, rangi sarg‘ish bo‘lib o‘sadi, barglarida xlorofil donachalari bo‘lmaydi.
O‘simliklar yerga tushayotgan quyosh nuri enyergiyasining 2-5% dan foydalanadi. SHuning uchun o‘simliklar barg sathining fotosintez mahsulotini ko‘paytirish lozim. CHunki vegetatsiya davri 100 kun davom etadigan o‘simlik 1 m2 barg satxining fotosintez mahsuloti sutkasiga
8-10 g ga etkazilganda, gektaridan 15-30 vegetatsiya davri 150 kun davom etadiganlaridan esa 40-60 t quruq massa hisobidan hosil etishtirish mumkin.
Buning uchun eng avvalo qishloq xo‘jlik ekinlarini unib chiqqandan boshlab to‘g‘ri parvarishiga e’tiborni qaratish talab etiladi. Madaniy o‘simliklarni soyalatishdan saqlash, begona o‘tlarga qarshi kurashni o‘z vaqtida tashkil etish, ularni madaniy o‘simliklarni soyalatib qo‘ymasliklarini oldini olish, o‘simliklarni o‘sish va rivojlanish jarayonida zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tqazish, har bir o‘simlik va maydon birligida barg sathiga ega bo‘lish, umuman olganda o‘simliklarni quyoshning faol radiatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish tadbir-larini ishlab chiqish bu o‘rinda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling